javob talab qila
-
digan murojaat; o‘rganiladigan, muhokama qilinadigan predmet,
yechimini talab qiladigan masala
»
44
deb ko‘rsatilgan. «Muammo»
ilmiy savol bo‘lib, u bir necha yechimga egaligi bilan savoldan
farqlanadi. Y
echimlarning har biri salmoqli asosga ega bo‘ladi.
Savolda ifodalangan bilmaslik ilmiy izlanish natijasida ma’lumga,
o‘rganilgan narsaga aylansa, bunday savol muammo bo‘lolmaydi.
Agar savol yangi qonuniyatlarni kashf etish imkoniyatlari haqidagi
tahminlar bilan uyg‘unlashib ketsa, uni muammo deyish mumkin.
Ko‘p muammolarni qisqalik maqsadidan kelib chiqib savol yoki
topshiriq tariqasida qo‘yish ham mumkin.
Polyak pedagogi V. Okon muammoli ta’limga xos vaziyatni
muammoni biror masala yuzasidan tashkil qilish, uni shakllantirish
bilan birga hal etish jarayonida o‘quvchilarga zarur ko‘mak be
rish,
bu jarayonning izchilligini ta’minlash va boshqarish, olingan nati
-
jalarni tekshirish hamda bilimlarni mustahkamlash kabi faoliyatlar
43
Махмутов
М
.
Теория
и
практика
проблемного
обучения
. –
Казан
:
ТКИ
,
1972. С. 191.
44
www.ziyo.comkutubxonasi
. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. –
S.pdf (SECURED)
407-bet.
123
yig‘indisi sifatida baholaydi
45
. I. A. Ilnitskaya muammoli ta’limni
o‘quvchilarning maktab ta’lim-tarbiy
a maqsadlariga mos muammo-
larni o‘qituvchi rahbarligida o‘zlari uchun yangi bo‘lgan ilmiy-
amaliy bir tizimda hal etishda ishtirok qilishidan iborat faoliyati,
deb hisoblaydi
46
. T. Kudryavsev muammoli ta’limning mohiyatini
o‘quvchining oldiga didaktik muammo qo‘yish, o‘quvchilar ularni
yechish
asnosida bilimlarini umumlashtirishi va muammoli masa-
lalarni hal qilish tamoyillarini o‘zlashtirishida, deb hisoblaydi
47
.
A. Matyushkinning fikricha esa muammoli ta’lim
– o‘qitishning
bi limlarni qiziqarli yo‘llar bilan berishga tayanadigan turi
48
.
Muammoli ta’lim masalasi bilan maxsus shug‘ullangan rus
pedagogi M.
Maxmutovning fikricha, muammoli ta’lim bilim
-
larni ijodiy o‘zlashtirish va faoliyatning maxsus qonuniyatlariga
asoslangan, ilmiy izlanishning asosiy jihatlarini o‘zida jamlagan,
o‘qitish hamda o‘qish metodlari, usullarini uyg‘unlikda qamrab ol-
gan didaktik tizimni o‘zida aks ettiradi. U bilimlar asosini chuqur
o‘zlashtirishni ta’minlaydi, o‘quvchining bilim olishdagi mustaqil
-
ligini, ijodiy qobiliyatini oshiradi, dunyoqarashini shakllantiradi,
kengaytiradi
49
.
Olimlarning fikriga qo‘shimcha qilib yana shuni aytish mum
-
kinki, muammoli ta’lim o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobili
-
yatini o‘stirish bilan birga ularda shaxslik sifatlarining shakllani-
shiga, ma’naviyatining boyishiga ham sharoit yaratadi. Muammoli
ta’lim o‘quvchi faoliyatining bilimlarni o‘zlashtirish va muammoli
vaziyatni tahlil qilish yo‘li bilan hal qiluvchi faoliyat turlarida,
muammoli vaziyatlar tashkil qilish hamda ulardan chiqishda o‘z
takliflari, asoslari, isbotlari, farazlarini ilgari surish bilan bog‘liq
alohida tizimdir. Bu aqliy faoliyat bilimlarni, yangi tushunchalarni
o‘qituvchi rahbarligida, ongli ravishda o‘zlashtirish, tafakkur mus
-
45
Оконь
В
.
Основы
проблемного
обучения
. –
Москва
: «
Просвещение
», 1968.
46
Ильницкая
И
.
А
.
Проблемные
ситуации
и
пути
их
создания
на
уроке
. –
Москва
: «
Знание
», 1985.
47
Кудрявцев
В
.
Т
.
Внедрение
принципа
проблемности
в
обучении
. –
Москва
:
«
Высшая
школа
», 1968.
48
Матюшкин
А
.
М
.
Проблемные
ситуации
в
мышлении
и
обучении
. –
Мос
-
ква
: «
Педагогика
», 1972.
49
Махмутов
М
.
Теория
и
практика
проблемного
обучения
. –
Казан
:
ТКИ
,
1972.
124
125
taqilligini ta’minlash va faollashtirishga, shaxs shakllantirishga
xizmat qiladi.
Muammoning, muammoli vaziyatning vujudga kelganini
o‘quvchi hodisa bilan u haqdagi avvalgi tasavvuri orasida qarama-
qarshilik paydo bo‘lganda his qiladi. Bu qarama-qarshilikni barta-
raf qilish uchun unga
avvalgi bilim va tajribaning o‘zi kamlik qila-
di. Olimlar muammoni anglab yetishning o‘zi har qanday fikrlash
jarayonining boshlanishi deb hisoblaydilar.
Ta’limda oddiy savoldan muammoli savolning farq qiladigan
jihati shundaki, savolda, odatda, javob uchun zarur bo‘lgan deyarli
barcha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Savol uni so‘rayotgan odam
javobini biladigan, soddaroq fikrlashni talab qiladigan, butun vazi
-
yatning yetishmayotgan qismlarini to‘ldirishdan iborat bo‘lgan
hodisa. Buni o‘quvchi savolni tushunib, unga javob berish uchun
kerak bo‘ladigan faktlar orasida shunday aloqa o‘rnatadi, deb tu-
shunish mumkin. Ba’zan savolga javob berish uchun qandaydir
bir faktni eslashning o‘zi kifoya. O‘quvchi yo‘naltirilgan fikrlash
usullari, odatda, avvallari foydalanilgan bo‘ladi va u shu andaza
bo‘yicha harakat qiladi.
Muammoda esa uning yechim
i
uchun tayyor javob yoki
ma’lumot yo‘q.
У
ng avvalo, muammoni hal eta oladigan darajada
tiniqlashtirish uchun fikrlash jarayoni yordamida unga mos keladi
-
gan ma’lumotlarni topish talab qilinadi. Muammoni yechmoqchi
bo‘lgan odam, avval unda nimalar yetishmayotganini aniqlashi
va o‘sha faktlarni qanday topishni belgilab olishi kerak bo‘ladi.
Shunday ekan, muammoda yechim to‘liq shakllantirilmaydi.
O‘qituvchining vazifasi ma’lum muammoli vaziyatni tashkil etish
ekan, buning uchun u, avvalo, o‘quvchiga muammo nimadan ibo
-
rat ekanini to‘g‘ri anglatishi, unda shu masalani hal etishga xohish-
qiziqish paydo qilishi, ichki ehtiyoj uyg‘otishi zarur hisoblanadi.
Qo‘yilgan masalaning muammolilik darajasi uni hal etish uchun
qanday fikriy operatsiyalar amalga oshirilishi bilan o‘lchanadi. Bu,
o‘z navbatida, har bir o‘quvchining tayyorlik darajasi, bilimi va
umumiy rivojlanishi bilan ham bog‘liq. Muammoli masalalarni
yechish jarayoni, ayrim holatlarda, o‘quvchi va o‘qituvchining
birgalikdagi faoliyatini taqozo etadi. O‘qituvchining vazifasi
o‘quvchilarga masalani hal etish uchun zarur tavsiyalar berish,
125
ularni bilim olishga yo‘naltirish, masalani mustaqil yechishiga,
bunga ijodiy yondashishiga turtki berib turishdan iborat.
Muammoli ta’limda dastlabki holat o‘quvchida ma’lum na
-
zariy yoki amaliy muammoni yechishga omil bo‘ladigan muammoli
vaziyatni tashkil qilishdan iborat. O‘quvchi muammoga shunchaki
o‘zlashtirish lozim bo‘lgan o‘quv materiali deb emas, uning uchun
qiziqarli va ahamiyatli bo‘lgan, har xil qarashlarni solishtirish, tah-
lillash, aniqlash asosida o‘z nuqtai nazari bo‘lishini talab qiladigan,
uni yechish bo‘yicha rejalar tuzishni taqozo etadigan, to‘g‘ri hal
etish uchun yetishmaydigan bilimlarni o‘zlashtirishga undaydigan
zarur masalaga yondashganday munosabatda bo‘lishi kerak. Bu
yerda gap o‘quvchiga yetkazilishi lozim bo‘lgan shunchaki top
-
shiriq yoki o‘quv materiali haqida ketayotgani yo‘q. Gap shundaki,
muammo bilan qiziqib qolgan bola maqsad sari o‘zi yo‘l qidiradi.
O‘quvchini borliq hodisalariga yondashishga o‘rgatishda ularning
ichki qiziqishini uyg‘otish o‘qituvchining asosiy vazifasi bo‘ladi.
Bunday holat birdaniga, bir yoki bir necha dars davomida shakllan
-
tirilmaydi. Unga asta-sekinlik bilan, ba’zida yillar osha erishiladi.
Muammoli vaziyatni tashkil etish butun ta’lim jarayonini boshqa-
rish bilan bog‘liq bo‘lib, u o‘quv materialining dastlabki tahlili,
mavzular orasidagi aloqadorlik, ta’limga muammoli masalalarni
olib kirish shartlari va ularni muvaffaqiyatli hal etish yo‘llarini
aniq
lashni talab qiladi. O‘quvchilarda mavjud tajribalarni inobatga
olish, ularning uyda o‘qishlari uchun kerak bo‘ladigan qo‘shimcha
adabiyotlar ajratish, zarur didaktik materiallarni tayyorlash kabi
zaruriyatlar nazarda tutiladi.
Muammoli ta’limdagi keyingi masala bevosita muammo-
ning yechilishidan iboratdir. Bu jarayonni quyidagi bosqichlarga
ajratish mumkin:
1. Muammoning tahlili va asoslovini ilgari surish. Muammo
ma’lum qiyinchiliklar bor joyda paydo bo‘ladi va uning yechimi
uchun o‘quvchida mavjud bo‘lgan bilimlarning o‘zi yetarli bo‘lmay
qoladi.
2. Masalaning yechimini qidirish va uni hal etish. Muammo
-
ni tekshirishda uning yangi aloqalari va ilgari ma’lum bo‘lmagan
sifatlari aniqlanadi. Shu tariqa asta-sekinlik bilan obyektga doir
yangi bilim to‘planadi. Har safar uning yangi jihatlari va xususi-
126
127
yatlari ochila boradi. Bu bosqichni masalani hal etish yuzasidan
farazlarning shak
llanish bosqichi deb atash mumkin. Unda urinish
-
lar va xatolar, avvalgi tajribalarga tayanish, yechimning taxminiy
yo‘llarini belgilash, yechish tamoyillarining isboti va fikrlarni
asos lash ishlari amalga oshiriladi.
3. Ye
chish yo‘llarining to‘g‘riligini tekshirish va olingan nati
-
jani baholash
50
.
Har bir bosqich ma’lum umumiy jihatlar, o‘quvchining
muammo
ni yechish yo‘llarini qidirishi va topishidan iborat
faoliyati bilan xarakterlanadi. O‘quvchi xato qilishdan cho‘chimay,
o‘z izlanishlari asosida masalani hal etishning rejasini tuzadi. Bu
jara yonda muqobil yo‘llarni ham ko‘zda tutadi. Masalani anglash
bilan uning yechimigacha bo‘lgan yo‘l qiyin va uzoq bo‘lishi ham
mumkin. Masalaning hal etilishida o‘quvchi uchun eng muhim jihat
uning yechimi haqida o‘z tasavvuriga ega bo‘lishdir. Bu tasavvurga
asta-sekinlik bilan samarasiz urinishlardan keyin, kutilmaganda
erishish ham mumkin.
Murakkab muammoli masalani hal etishda qo‘llaniladigan fikr
-
lash jarayoniga, odatda, aqlning taqqoslash, tahlillash va umum-
lashtirish kabi ishlari kiradi. Bu o‘rinda gap faqat fikriy jarayonni
muqoyasa qilish haqida ketayotgani yo‘q. Eng avvalo, masalani
hal etishda inson aqliy faoliyatining yo‘nalishi nazarda tutilyapti.
Ma’lumki, ta’lim jarayonida o‘quvchi ayrim qiyinchiliklarga duch
keladi. Ammo ular ma’lum izchillikdagi aqliy faoliyat yordamida
yechilishi mumkin bo‘lgan mantiqiy xarakterdagi qiyinchiliklar
-
dir. O‘quvchi mana shu izchillikni, yechish algoritmini topguncha
izlanadi, mustaqil, mahsuldor fikrlashni amalga oshiradi. O‘quvchi
masalani hal qilish yo‘lini o‘zlashtirishi bilan uning fikrlashi
oddiy fikrlashga aylanadi. Muammoli masalani hal etish
da avval
o‘quvchilar masala yoki matnning dastlabki shartlarini tahlil qi
-
lishga o‘rgatiladi. Aynan shular o‘quvchiga muammoli vaziyatda
mo‘ljalga olish va uning muhim jihatlarini topishga imkon beradi.
Berilgan masalaning shartlari va talablarini tahlil qilishda dastlab
noto‘g‘ri yo‘l belgilanishi yechimni qiyinlashtiradi.
Bundan tashqari, qiyinlikning darajasi muammoli topshiriqda
qo‘yilgan savol bilan unga beriladigan javob o‘rtasidagi masofa,
50
Скалкова
Я
.
От
теории
к
практике
обучения
в
средней
общеобразователь
-
ной
школе
. –
Москва
: «
Педагогика
», 1983. C. 49 – 50.
127
ya’ni yechimga olib boradigan oraliqdagi i
shlar soni va murakkablik
darajasiga ham bog‘liq. Muammoli topshiriqning qiyinligini uning
yechimida keltiriladigan xulosalar sonidan ham aniqlash mumkin.
Odatda, muammoli masalalarni mustaqil ravishda hal etishda
o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘lning to‘g‘riligini isbotlashlari
uchun qator dalillarni keltirishda
,
ularni asoslash uchun zarur
bilimlarga ega bo‘lsalar ham, qiyinchilik sezadilar. Bu shundan
dalolat beradiki, ularning tafakkuri tezkorlik sifatiga ega emas.
Fikrning tezkorligi mahsuldor aqliy jarayonning muhim jihatidir.
Topshiriqlarni asta-sekinlik bilan qiyinlashtira borish orqali
o‘quvchilarni bilganlarini kutilmagan sharoitlarda qo‘llay olishga
o‘rgatish mumkin. Masalaning obyektiv qiyinlik jihatlari bilan
birga o‘quvchilarning individual xususiyatlari, ularning intellektual
va umumiy rivojlanishlari bilan bog‘liq subyektiv xarakterdagi
qiyinchiliklarni ham hisobga olish zarur bo‘ladi. Masalaning
o‘quvchi uchun qiyinligi uning shakllantirilganlik darajasiga
ham bog‘liq. Shuning uchun muammo matni aniq ifodalanishi
lozim. O‘quvchi katta hajmdagi umumlashmalarni talab qiladigan
muammolarni yechishga qiynaladi.
Muammoli ta’limda har bir yangi topshiriq o‘quvchi qator
aqliy xatti-harakatlardan foydalanib hal etishi lozim bo‘lgan o‘quv-
biluv masalasi sifatida taqdim etiladi. Didaktikada ta’lim masa-
lalariga yoki muammoga doir umumiy talablar ishlab chiqilgan. U
olam va odam rivoji mantig‘idan kelib chiqishini; o‘rganiladigan
obyektning o‘zigagina xos qarama-qarshiliklarga bog‘liq ma’lum
qiyinchilikni aks ettirgan bo‘lishini; qismlarga bo‘lish, savollar
-
ga aylantirish imkoniyati mavjudligini o‘z ichiga oladi, ularning
har biri o‘z o‘rnida masalaning yechimi sari bir bosqich bo‘ladi.
Bundan tashqari, bu talablar o‘quvchilarni uning yechimi uchun
zarur bo‘lgan bilimlarga yo‘naltirishi, ularni faol izlanishga un-
daydigan hamda o‘quvchilarning yosh va tayyorgarlik darajasiga
mos bo‘lishi lozim. Muammoli ta’limni tashkil etishda eng muhim
jihat bilim va ko‘nikmalarning ongli o‘zlashtirilishiga erishishdir.
Muammoli ta’lim vazifalariga o‘quvchilarning muammoni
hal etishga qaratilgan tadqiqot ishlari, turli ma’naviy qadriyat-
larni tuyishlari, intellektual bilish va amaliy faoliyati ham kiradi.
O‘qitishning bu jihati o‘quvchilarning imkoniyatlaridan maksimal
128
129
foydalangan holda borliqni butun turfaligi bilan bilish va qayta
kashf etishda asosiy yo‘nalish hisoblanadi.
To‘g‘ri qo‘yilgan muammo kishiga ma’lum darajada ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. Agar undagi qiyinlik bartaraf etilsa, individ-
ga xos qandaydir ehtiyoj qondiriladi va masalani hal etish istagi
paydo bo‘ladi. Muammoni yechish bilan tugaydigan ma’lum in
-
tekllektual zo‘riqish sodir bo‘ladi. Mustaqil mulohaza yuritishga
o‘rgatilmagan, aqlan dangasa kishilar bunday zo‘riqishlar va
unga bog‘liq bezovtalikdan o‘zini tortadi. Ammo muammoni hal
qilishning mazasini totgan kishilar bu faoliyatdan zavq oladilar.
Muammoni hal etish uchun mavjud bilimlarning qayta ishlanishi
va to‘ldirilishi yechimni osonlashtiradi.
Yetarli material jamlan-
gach, qayta ishlanib, to‘ldirilgan fikr masala yechimining faraziga
aylanadi. Farazning shakllanishi va uning tekshirilishi maxsus ta
-
fakkur usullari yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |