143
o‘z-o‘zini boshqarish, nomuntazam hodisalarni o‘rganish, dun-
yoviy hodisalarni yangicha izohlash, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy
murakkab tizimli jarayonlarning tabiatini bilishga
qaratilgan ilmiy
yo‘nalish, tafakkur usulidir
63
.
Sinergetika, ya’ni hamkorlik ilmiy yo‘nalish sifatida XX asr-
ning 60 – 70-yillarida shakllangan. XXI asrda paydo bo‘lgan peda-
gogik sinergetikani esa ta’lim-tarbiya jarayonining subyektlari
hamkorligini anglashga ko‘maklashadigan nazariy-amaliy yon-
dashuv sifatida talqin etish o‘rinlidir.
Ma’lumki, XX asrning oxiri XXI
asrning boshlariga kelib
ta’lim jarayoni subyektlari faoliyatiga nisbatan yangicha yon
-
dashuvlar vujudga keldi. Bu yondashuvlarning ahamiyati shun-
daki, shaxslararo munosabatlar o‘zaro hamkorlik jarayonida yan-
gi sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi va kutilgan natijani beradi.
Pedagogik hamkorlik ta’lim jarayoni subyektlari faoliyatida yan-
gicha sifat o‘zgarishlarining shakllanishi va namoyon bo‘lishiga
ko‘maklashadi. Pedagogik hamkorlikning muhim jihati shun-
daki, u ta’lim jarayoni subyektlari faoliyatini muayyan
tarzda
uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
Kuzatishlar ko‘rsatmoqdaki, nafaqat turg‘unlik, balki mus-
taqillikning dastlabki yillarida yaratilgan pedagogikaga oid dars-
lik va ilmiy manbalarda ham «pedagogik hamkorlik» tushunchasi
bevosita muammo sifatida ko‘tarilmagan. Vaholanki, pedagogik
hamkorlik va uni o‘qitish kechimida qo‘llash zamonaviy ta’limda
hal etilishi zarur bo‘lgan muammolardandir. Maktab o‘qituvchilari
pedagogik hamkorlik, uning dialektik tabiati, o‘ziga xos xususi-
yatlari,
samaradorligi, bunday hamkorlikni tashkil etish yo‘llari
haqida yetarlicha tasavvur, bilim va tajribaga ega emaslar. Bular
-
ning barchasi mazkur hodisani har tomonlama tadqiq etish ehtiyoji
mavjudligidan dalolat beradi.
Hamkorlik masalasining pedagogika ilmida chuqur
o‘rganilmaganligi sababi quyidagilardan iborat:
1) pedagogik hamkorlik hodisasi milliy pedagogika va didak
-
tika uchun yangi fenomen ekanligi;
2) ta’lim jarayonini subyekt-subyekt asosida tashkil etish ke
-
chagi jamiyatda shakllangan talablar
maqsadiga monand emasligi;
63
Азимов Э. Г., Щукин А. Н. Новый словарь методических терминов и
понятий (теория и практика обучения языкам). – Москва: «ИКАР», 2009. –
С
. 247.
144
145
3) o‘qituvchi va o‘quvch
i faoliyatida subyekt-obyekt munosa-
batlari barqarorlashib qolganligi;
4) ijtimoiy-siyosiy sabablarga ko‘ra
soha mutaxassislarining
e’tiborini jalb qilmaganligi;
5) bu tushunchaning o‘qituvchi o‘rganib qolgan hokimlik faoli
-
yatiga mos tushmasligi;
6) pedagogik faoliyatning tezkorligi, bilimlarni o‘zlashtirishda
o‘quvchi erkinligining ustuvorligi va hk.lardir.
Pedagogik hamkorlik jarayon subyektlari uchun o‘zligini
namo
yon qilish imkoniyatidirki, unda o‘qituvchi bilan o‘quvchining
o‘zaro hamkorligi: o‘quvchining
erkinligi; ijodkorligi; bu jara
-
yonda tartibsizlikning namoyon bo‘lishi singari jihatlarni yuzaga
keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: