Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining afzalliklari va
istiqboli.
Pedagogik hamkorlik ta’lim subyektlari faoliyatining
tadrijiy yo‘lini namoyon qiladi. Pedagogik hamkorlik jarayonida
o‘qituvchi bilan o‘quvchi faoliyati uyg‘unlashib, ijodiy xarakter
kasb etadi. U ta’lim jarayoni subyektlaridagi har bir o‘ziga xos
jihatni hisobga olishni taqozo qiladi. Pedagogik hamkorlikning
yuzaga kelishi uchun o‘qituvchi va o‘quvchi pedagogik jarayon
-
ning o‘zaro aloqador subyektlari darajasiga ko‘tarilishlari kerak.
Zero, o‘quv-biluv jarayonining shaxsga yo‘naltirilganligi marka
-
zida subyektlar orasidagi hamkorlik yotadi. O‘quv-tarbiya jara-
yonidagi hamkorlik subyektlarning birgalikda yangi axborotlarni
o‘zlashtirishlari va ularni o‘z faoliyatlarida ijodiy qo‘llashlariga
ko‘maklashadi.
Pedagogik hamkorlik, avvalo, bilimlarni o‘zlashtirishda ja-
moa bo‘lib faoliyat ko‘rsatishni nazarda tutadi va uning asosiy
maqsadi – ishtirokchilarning his-tuyg‘uga asoslangan obrazli ta
-
fakkurini shakllantirishdir. Bu serqirra usuldan murakkab didak-
tik-ijodiy masalalarni yechish, pedagogik amaliyotda esa o‘quv-
biluv muammolarini hal etish yo‘li sifatida foydalaniladi. Bu usul
o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishi mo‘ljallangan o‘quv materia
-
liga ijodiy yondashish imkoniyatini kengaytiradi.
Pedagogik hamkorlik jarayonida jamoa bo‘lib ishlash guruh-
da mavzu doirasida yangi mushtarak g‘oyalar tug‘ilishiga zamin
hozirlaydi. Tabiiyki, pedagogik hamkorlik texnologiyasi ta’lim ja-
145
rayonida samaradorligi sinalgan ilg‘or metodlardan foydalanishni
taqozo etadi. Ta’lim jarayonida ulardan vaqti va o‘rnida foydalanil-
sa, o‘quvchining izlanuvchanlik qobiliyati muntazam rivojlanib bo
-
rayotganini payqash mumkin. Hamkorlikda ishlaganda qo‘yilgan
muammoning yechimiga yo‘naltirilgan savol va topshiriqlardan
foydalanish o‘quvchilarni yangi farazlar, his-tuyg‘uga asoslangan
xulosalar chiqarishga undaydi va bunga ma’lum miqdorda erishila
-
di ham. O‘quvchilar o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilishga
odatlanib boradilar.
Amerikada o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab hamkorlikka
asoslangan ta’lim jarayoni, o‘qitish metod va usullari, o‘quv top-
shiriqlari variantlarini ishlab chiqish, tajriba-sinovdan o‘tkazishga
kirishilgan va bu borada jahon pedagogikasi foydalanishiga arzigu-
lik yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Ta’limiy ishlarni hamkorlikda tashkil
etishda quyidagi asosiy holatlar mujassamlashadi:
1) ta’limiy muammoning o‘quvchi muhokamasiga dastlabki
ko‘rinishda qo‘yilishi;
2) o‘quvchida ta’limiy muammoning tahlili va buning uchun
zarur bilimlar haqida tasavvur uyg‘otish;
3) ta’limiy muammoni yechish imkoniyatlarini aniqlash va
chegaralash;
4) o‘quvchi ongida uning shaxsiy dunyoqarashi va ilmiy-
amaliy tushunchasi doirasida muammoni qayta shakllantirishga
erishish;
5) qayta shakllantirilgan muammo variantlaridan qulayini tan
-
lay olish;
6) hamkorlik uchun asosiy bo‘lgan bosqichlardan o‘tish;
7) qo‘yilgan muammo yechimi talablariga asoslangan holda
yondashuvlar yoki tayyor javoblarni bayon qilish
64
.
Hamkorlik asosida o‘rganishda (o‘rgatish emas!) e’tibor
subyekt sifatida muayyan o‘quvchi emas, balki o‘quvchilar
guruhiga qaratiladi. Bu o‘rinda o‘qituvchi bilan o‘quvchilar
guruhi subyekt-subyekt munosabatlariga kirishadilar. Bunday
jarayonning xarakterli jihati izlanuvchanlik faoliyatining bir
-
galikda amalga oshirilishi dadir. Hissiy-obrazli muhokama va
tanlov natijasida shaxslararo mustahkam birgalikdagi harakat
64
https://ru.wikipedia.org/wiki.
Википедия
.
Свободная
энциклопедия
.
146
147
vujudga keladi, hamkorlikka oid ishlab chiqilgan qat’iy talablar uni
o‘quv jarayonida to‘g‘ri amalga oshirilishiga asos bo‘ladi. Mazkur
murakkab va serqirra texnologiyadan ko‘zlangan maqsad yo‘lida
foydalanish o‘qituvchidan yuksak darajadagi bilim, pedagogik-
psixologik tayyorgarlik, mahorat va fidoyilikni talab qiladi. Agar
ta’lim beruvchida shu jihatlar
ning birortasi yetishmasa yoki qaysidir
jihatida «kemtik»lik sezilsa, mazkur jarayon o‘rganish faoliyatiga
aks ta’sir ko‘rsatishi ham hech gap emas. Pedagogik hamkorlikning
o‘ziga xos jihatlaridan yana biri har xil ta’limiy sharoitlarda turlicha
tabiatga, dunyoqarashga ega bo‘lgan subyektlar imkoniyatlarini
ro‘yobga chiqara oli
shidadir. Bu sohadagi dastlabki yondashuvlar
shuni ko‘rsatadiki, pedagogik hamkorlikka oid konsepsiyalar
murakkab, muntazam bo‘lmagan ochiq didaktik vaziyatlar, uning
tarkibiy qismlari va tarbiya jarayonini qamrab oladi. Bugungi kunga
kelib, ta’lim jarayonidagi hamkorlik ta’limni rivojlantiruvchi ilg‘or
g‘oya sifatida namoyon bo‘lmoqda. Zero, pedagogik hamkorlik
tushunchasi ostida mustahkam nuqtai nazarga ega bo‘lgan
pedagogik yondashuvlar, nazariyalar, qonuniyatlar, pedagogik
tizimlar birlashadi, mushtaraklik kasb etadi.
O‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik hamkorlik g‘oyasining
tatbiq etilishi, an’anaviy pedagogik tafakkurda bir tomonlama
qotib qolishga barham beradi. Bu nazariyani milliy tarbiya-
shunoslik amaliyotiga joriy etish alohida dolzarblik kasb etmoq-
da. Maktab o‘quvchisida pedagogik hamkorlik asosida faoliyat
ko‘rsatish ko‘nikma, malakalarini shakllantirish va rivojlantirishni
boshlang‘ich ta’lim jarayonidayoq tashkil etish maqsadga muvo
-
fiqdir. Chunki ta’limning mazkur bosqichida o‘quvchida ijodiy
faoliyat ko‘rsatishning ilk ko‘rinishlari shakllanadi va o‘zining
rivojlanish bosqichiga kiradi. Bolada ijodkorlik imkoniyatlarini
yuzaga chiqarish va o‘z-o‘zini namoyon qilish ko‘nikmalari tarkib
topadi. O‘qituvchi bilan muloqotga kirishish, hamkorlik, hamjihat
-
lik ko‘nikmalarini ta’limning ushbu bosqichida shakllantirish ni
-
hoyatda zarurligini amaliy tajribalar yaqqol ko‘rsatmoqda.
Hamkorlikda o‘qitish g‘oyasi Amerikadagi J. Xopkins univer
-
siteti professori R.Slavin, Minnesot universiteti professori R. Jon
-
son, D. Jonson, Kaliforniya universiteti professori Sh. Sharonlar
tomonidan ishlab chiqilgan
65
.
65
Азимов Э. Г., Щукин А. Н. Новый словарь методических терминов и поня
-
тий (теория и практика обучения языкам). – Москва: «ИКАР», 2009. – . С. 133.
147
Amerika olimlari tomonidan yaratilgan hamkorlikda o‘qitish
g‘oyasi, asosan o‘quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan
bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Is-
roil va Yevropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda
o‘qitish nazariyasi o‘quv materialini barcha o‘quvchilar tomoni
-
dan qayta ishlash, loyihalashtirishni bahs-munozara asosida tashkil
etishni nazarda tutadi. Mazkur g‘oyalar bir-birini to‘ldiradi, didak-
tik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi.
Hamkorlikda o‘qitish g‘oyasi didaktikada 1970-yillarda paydo
bo‘lgan. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi Amerika qo‘shma
shtatlari, Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Nider
-
landiya, Yaponiya, Isroil mamlakatlari ta’lim muassasalarida keng
qo‘llanilmoqda. Tom ma’noda, pedagogik hamkorlik masalasi
uzoq yillardan buyon dunyo didaktlari va pedagoglarini qiziqtirib
kelgan. Jumladan, rus olimi V. M. Myasishevning qarashlarida,
shaxs – o‘zaro hamkorlik va boshqalar bilan munosabat asnosida
o‘zligini namoyon etishi ta’kidlanadi. O‘tgan asrning 80 – 90-yil-
larida ijtimoiy psixologiya, mehnat va boshqaruv psixologiyasi
sohalarida hamkorlik faoliyatini amalga oshiradigan guruhlarga
qiziqish birmuncha o‘sdi. Rus olimi B. F. Lomov: «insonning indi
-
vidual xususiyatlari jamoa bilan hamkorlikdagi faoliyati asnosida
namoyon bo‘ladi», deya ta’kidlagan edi
66
.
Rus pedagogi B. G. Ananev hamkorlikdagi faoliyatning
muhim omili hisoblangan muomala madaniyatiga oid tadqiqot-
larida o‘qituvchining baholash, tahlil qilish, tarbiyachilik im
-
koniyatlari o‘quvchilarning aqliy va axloqiy rivojlanishlari uchun
muhim manba ekanini alohida ta’kidlagan
67
. A. V. Petrovskiy esa
shaxslararo munosabatlar jamoadagi faoliyatdan kelib chiqishini
o‘rgangan holda, ta’lim jarayonida o‘qituvchining o‘quvchilar bi
-
lan hamkorligini tashkil etish faqat ularning muloqot, muomalaga
nisbatan ehtiyojini qondirish vositasi emas, balki o‘quv materialini
o‘zlashtirishning ham muhim sharti ekanligini ta’kidlaydi
68
.
Hamkorlikda o‘qitishning asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini
nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o‘qish-o‘rganishdir.
66
https://ru.wikipedia.org/wiki.
Википедия
.
Свободная
энциклопедия
.
67
O‘sha asar.
68
https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия.
148
149
Hamkorlikda o‘qitish har bir o‘quvchini kundalik qizg‘in aqliy
mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish, shaxs sifa
-
tida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o‘quvchida shaxsiy
qadr-qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish, o‘z kuchi va qobiliyatiga
bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas’uliyat hissini
shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi har bir o‘quvchining ta’lim
olishdagi muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini ang-
lagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o‘quv
topshiriqlarini to‘liq va sifatli bajarishga, o‘quv materialini puxta
o‘zlashtirishga, o‘rtoqlariga hamkor bo‘lib, o‘zaro yordam uyushti-
rishga zamin tayyorlaydi.
Hamkorlikda o‘qitishda o‘quvchilarga topshiriqni hamkor
-
likda bajarish uchun ko‘rsatma berilishining o‘zi yetarli emas.
O‘quvchilar tom ma’nodagi hamkorlikda ishlashlari, har bir
o‘quvchi qo‘lga kiritgan muvafaqqiyatidan quvonishi, bir-biriga
sidqidildan yordam berish hissini tuyishi uchun qulay ijtimoiy-
psixologik muhit vujudga keltirilishi zarur. Mazkur texnologiyada
o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish sifatini aniqlashda ularni
bir-biri bilan emas, balki har bir o‘quvchining kundalik natijasi
avval qo‘lga kiritilgan natijasi bilan taqqoslanadi. Shunda har bir
o‘quvchi o‘zining dars davomida erishgan natijasi o‘z jamoasiga
foyda keltirishini anglagan holda mas’uliyatni his qilib, ko‘proq
izlanishga, bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga intiladi.
O‘quv jarayonida o‘zaro hamkorlikka asoslangan do‘stona
muhitni vujudga keltirish shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini
tashkil etish nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Maktab-
dagi o‘quv-biluv jarayoni o‘quvchining huquqlari va erkinliklarini
himoya qilish asosida tashkil qilinishi lozim. O‘qituvchi bilan
o‘quvchi orasida o‘zaro hamkorlik muhiti yaratilayotganda barcha
o‘quvchilarning imkoniyatlari va ehtiyojlari hisobga olinishi juda
muhimdir. Bu jarayonda o‘zaro tenglik muhiti hukmron bo‘ladi,
o‘quv jarayonida o‘quvchilarning aksariyat muammolarini
yechishga ko‘maklashadigan ta’lim-tarbiyaviy muhit tashkil etiladi.
Ta’lim-tarbiya maktab, ota-onalar, mahalla va o‘quvchilar jamoasi
hamkorligida, demokratik va tolerantlik tamoyillari asosida amalga
oshiriladi. Bu jarayonda o‘quvchilar oddiy ta’lim oluvchilar emas,
149
ta’lim-tarbiya jarayonining teng huquqli, hamkorlik asosida
jipslashgan ishtirokchilari bo‘lishlariga erishiladi. Sinfdagi barcha
o‘quvchiga bir xil muomala va munosabat, hamkorlikdagi ta’lim,
o‘quvchi, o‘qituvchi va ma’muriyat orasida do‘stona munosabat
ustuvorligi asosida sifatli ta’lim berish jarayoni vujudga keladi.
O‘quvchilarga nisbatan do‘stona munosabat muhiti o‘zaro adolatli
munosabatlar zamirida yaratiladi. Adolat bor joyda haqiqat, haqiqat
bor joyda o‘zaro hurmat muhiti hukm suradi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘qituvchi o‘quv-biluv jara
-
yonini tashkil etar ekan, har bir o‘quvchining betakror ekanligi, uning
ta’lim-tarbiyasi oilaviy muhitga, sinfdagi mavqeiga, ustozlarining
munosabatiga, ruhiy kechinmalari va kayfiyatiga ko‘p jihatdan
bog‘liq bo‘lishini unutmasligi lozim. Ta’lim muassasasidagi har
bir pedagog o‘quvchining qalbidan chuqur joy ola bilishi, ularning
hurmat-ehtiromiga erishishi, o‘quvchining eng yaqin kishilaridan
biriga aylanishi, quvonch va tashvishiga sherik bo‘lishi, muammoli
vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olishi zarur. Shunda ta’lim-tarbiya
oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish mumkin bo‘ladi.
O‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasidagi o‘zaro hamkorlik muhi
-
tini shakllantirish uchun, avvalo, quyidagilarni amalga oshirish
kerak:
− o‘quv jarayonida ijodkorlik muhitini vujudga keltirish;
− o‘quvchilar faoliyatini muayyan tartib asosida tashkil etish;
− o‘quvchilar orasida o‘zaro do‘stona muhitni vujudga kelti
-
rish kabilar.
O‘zaro hamkorlik va do‘stona muhitni vujudga keltirish uchun
o‘quv-tarbiya jarayonining ochiq xarakter kasb etishi va o‘zaro ax
-
borotlar almashinuvi uchun qulay bo‘lishini ta’minlash muhimdir.
Ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun
o‘quvchilarda ongli faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmasini tarkib topti
-
rish, ularni mustaqil, ijodiy fikrlashga o‘rgatish alohida ahamiyatga
ega.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning hamkorlikka asoslangan
ijodiy faoliyatini tashkil etish uchun axborotlardan oqilona foy
-
dalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimlarni modellashtirish
turli ilmiy yo‘nalishlarda turli maqsadlarda amalga oshiriladi.
Ekspert tizimlar nazariyasida bu metoddan intellektual vazi-
150
151
falarni kompyuter vositasida yechishda foydalaniladi. O‘quv
muhitida o‘qituvchi ham jismoniy, ham virtual ekspert model si
-
fatida namoyon bo‘ladi. Pedagogik amaliyotda o‘quvchilarning
bor imkoniyatlarini ularning o‘zlari uchun maksimal darajada
yuzaga chiqara bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni yangi
bilimlarni o‘zlashtirishda bor imkoniyatdan samarali foydalana
bilish zarur.
Jumladan:
1) o‘quvchilar aniq ilmiy, amaliy muammolarni yechishga jalb
etilishi, bu jarayonda ularda muayyan qiziqishlar hosil bo‘lishi;
2) mantiqiy-lingvistik modeldan topshiriqlarni yechish vositasi
va ularning yechimlarini tekshirish usuli sifatida foydalanish im
-
koniyati vujudga kelishi;
3) qo‘lga kiritilgan natijalar aksariyat hollarda elektron
ko‘rinishlarda ifodalanishi lozimligi.
Buning natijasida o‘quvchilarda kompyuterdan ma’lum
maqsadlar yo‘lida foydalanishga oid dastlabki ko‘nikmalar tarkib
topadi va har bir o‘quvchida o‘zi uchun zarur bo‘lgan axborotlar
bazasini yaratishga bo‘lgan intilish vujudga keladi. Bu jarayonda
ular birgalikda harakat qila boshlaydilar, har bir o‘quvchi o‘z bi
-
lim zahirasini sinfdoshlari egallagan bilimlar yordamida boyi tish
imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Bunda ularga yangi bilimlar bilan
boyitilgan o‘quv materiallari yaqindan yordam beradi. O‘qituvchi
intellektual xarakterdagi o‘quv topshiriqlaridan kengroq foydalan-
gan holda hamkorlikka asoslangan o‘quv muhitini vujudga keltiri-
shi lozim. Ta’lim-tarbiya tizimiga bunday yodashuvni tatbiq qilish
natijasida maktab ta’limida yangi yo‘nalish vujudga keladi.
Pedagogik hamkorlik va hamjihatlikka asoslangan bilimlar
to‘rt ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Hamkorlik nazariyasi:
1) fundamental ilmiy nazariyalarning vujudga kelishiga asos
bo‘ladigan, umumiy ilmiy nazariyalar, dunyoqarashlar, g‘oyalar,
tamoyillar, timsollar, tasavvurlar tizimidan iborat paradigma;
2) nomuntazamlik, ochiqlik, o‘tish xarakteridagi jarayonlar-
ning tengsizligiga asoslangan g‘oya atrofida birlashadigan muayy
-
an xususiy ilmiy qarashlar;
3) tizimlarning o‘z-o‘zini tashkil etish yoki o‘tish jarayonlariga
oid umumiy ilmiy yondashuvlar;
151
4) ilmda mavjud bo‘lgan hukmron tafakkurga barham berish,
o‘zgarmas tushunchalar va barqaror tafakkur, o‘tish xarakteridagi
daliliy shakllar va obrazlar, yangicha dunyoqarash
69
.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar faoliyatini, dunyoqarashini har to
-
monlama o‘zgartirish tamoman yangi ilmiy-pedagogik asoslarga taya-
nishni taqozo qilmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim oldiga qo‘yilgan maqsad,
vazifa va tamoyillarni amalga oshirish nafaqat ta’lim mazmunini
o‘zgartirishni talab qilmoqda, balki uning shakllari, metodlari, o‘qituvchi
faoliyatini ham takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoj kuchaymoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |