talablari
quyidagilardan iborat:
• adabiy ta’lim amaliyotida muammoli vaziyatni tashkil qi
-
lish uchun shunday amaliy yoki nazariy masala qo‘yilishi ke
-
rakki, uning yechilishi davomida o‘quvchi o‘zlashtirishi lozim
bo‘lgan yangi bilimlarni o‘zi o‘rganib olsin. Muammoli vaziyatni
hosil qiluvchi masalani qo‘yishda quyidagi shartlarga amal qili
-
nadi: 1. Muammoli topshiriq o‘quvchilarda oldin shakllantiril
-
gan bilim, ko‘nikma va malakalarga tayanishi lozim. O‘quvchilar
topshiriqning shartlarini tushunib olish va uni bajarishga astoydil
urinishlar natijasida uning yechimiga mustaqil ravishda yetib kela
olishlari kerak. Muammo tarkibiga o‘quvchi uni hal qilish davo
-
mida aniqlashi zarur bo‘ladigan bitta noma’lum masala (faoliyat-
ning yo‘llari, shartlari yoki munosabat), qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
2. O‘quvchi oldiga qo‘yilgan muammoni hal qilish uchun shu kabi
masalalarga doir umumiy qonuniyatni, shu xildagi topshiriqlarni
bajarishning umumiy yo‘llari yoxud ayrim shartlarini o‘zlashtirgan
bo‘lishi lozim. 3. Muammoli masalani yechish o‘quvchilarda yangi
bilimlarni o‘zlashtirishga ehtiyoj uyg‘otishi o‘rnili bo‘ladi.
•
adabiyot darslarida o‘quvchiga taklif etilayotgan muammo
-
li masala uning intellektual imkoniyatlariga mos tushishi lozim.
Qo‘yiladigan muammoli masalaning murakkabligini o‘zlashtirilishi
lozim bo‘lgan o‘quv materialining yangiligi va umumlashganlik
60
Yo‘ldoshev Q., Qodirov V. Adabiyot. Umumta’lim maktablarining 7-sinflari
uchun darslik-majmua
. – T.: «Sharq», 2005. 277-bet.
134
135
darajasiga qarab aniqlash mumkin. O‘quvchilarning intellektual
imkoniyatlari qancha katta bo‘lsa, o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan
bilimlarning yangilik darajasi va umumlashganligi shunchalik ba
-
land bo‘ladi. Muammoli masalani hal qilish uchun zarur bo‘lgan
harakat turlari va yechish yo‘llari ham shu darajada yuqori bo‘li
shi
mqsadga muvofiq;
•
adabiyot darslarida qo‘yilgan muammoli masala
o‘rganilishi lozim bo‘lgan bilimlardan oldinda bo‘lishi kerak.
Agar o‘quvchilarda o‘rganiladigan hodisa haqida yetarli darajada
ma’lumot bo‘lmasa yoki o‘quvchi mustaqil faoliyatining dastlabki
belgilari aniq bo‘lmasa, ularga shunday tushunchalarni beradigan
bosqich tashkil qilinishi lozim. Yoki ular hosil qilingan muammoli
vaziyatda faoliyat yuritishga maxsus tayyorlanishlari kerak bo‘ladi.
Muammoli vaziyatda o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘quv materialini
to‘g‘ri ajrata bilish zarur. O‘quv materialini tayyorlash jarayonida
o‘quvchilar o‘zlashtiradigan material bilan ular ijodiy o‘rganishi va
o‘zligiga singdirishi darkor deb topilgan sifatlar aniq belgilanishi
kerak. O‘quv materialining birinchi turiga daliliy ma’lumotlar va
zarur ko‘nikmalar kiradi. Ikkinchi turiga esa faoliyatning umumiy
qonuniyatlari, harakat yo‘llari, o‘zlashtiriladigan bilim va ma’naviy
fazilatlarning umumiy shartlari kiradi;
•
adabiyot darslarida muammoli topshiriq sifatida adabiy-
nazariy masalalar, mulohaza yuritishga yo‘naltiradigan savollar,
amaliy ishlarni ham sanash mumkin. Ammo muammoli vaziyat bi-
lan muammoli masalani aralashtirib yubormaslik kerak. Muammoli
masala o‘z-o‘zidan muammoli vaziyat hosil qila olmaydi. Yuqori-
dagi shartlarga to‘liq amal qilingandagina muammoli vaziyat vu-
judga kelishi mumkin. O‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan har qanday
savol o‘z-o‘zidan muammoli vaziyatni paydo qilavermaydi;
•
o‘quvchilarning oldiga qo‘yilgan amaliy yoki nazariy ma
-
sala ularda muammoli holatni paydo qilsa, muammoli vaziyat
ko‘rsatgichiga aylanishi mumkin. Buning uchun o‘qituvchi to
-
monidan muammoli savolga aylantirilgan masala o‘quvchilar
ko‘nglidagi savollarga mutanosib bo‘lishi talab qilinadi. Agar
o‘qituvchi tomonidan shakllantirilgan muammo o‘quvchilarning
shaxsiy muammolariga muvofiq kelmasa, bu muammoli ta’lim ta
-
lablariga mos tushmaydi va o‘quvchilarda ijodiy holat uyg‘otishga
xizmat qilmaydi;
135
•
adabiyot darslarida tashkil qilingan bitta muammoli vazi-
yat har xil turdagi topshiriqlar bo‘yicha ham yaratilishi mumkin.
Muammoli vaziyat tushuntirish, ma’lum voqea-hodisani oldindan
aytish talab qilinadigan nazariy masalalar bo‘yicha ham chiqarili
-
shi mumkin. Bunday holatlarda muammoli nazariy masala zarur
faktlar haqida ma’lumot berishga xizmat qilishi kerak. Muammo-
li vaziyatni talab qiladigan nazariy masala muammoli masalani
yechish shartlariga mos keladigan faktlarga asoslanishi lozim.
Muammoli vaziyatni amaliy masalalar yuzasidan ham tashkil etish
mumkin. Bunday muammoli vaziyat o‘quvchi oldiga qo‘yilgan
nazariy masalani bajara olmagan holatlarda vujudga keltiriladi.
O‘quvchiga oldindan ma’lum yo‘llarga tayanib, masalani yech
-
ish mumkin bo‘lmagan hollarda tabiiy ravishda muammoli vaziyat
paydo bo‘ladi, o‘quvchiga harakat va faoliyatning yangi, noma’lum
yo‘llarini topish kerak bo‘ladi;
•
adabiyot darslarida muammoli vaziyatni o‘qituvchi masalani
bajarishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarning sabablarini anglatish yoki
biror dalilni bu yo‘lda tushuntirib bo‘lmasligini ko‘rsatish uchun
ham tashkil etishi mumkin.
Muammoli ta’limga bag‘ishlangan metodik adabiyotlarda
muammoli vaziyatda o‘quvchilarning o‘zlashtirish jarayonini tash
-
kil etish va boshqarishga doir qator talablar qo‘yilgan
61
. Shularga
asoslangan holda bugungi adabiyot darslaridagi muammoli vazi-
yatlarni boshqarishga quyidagi talablarni qo‘yish mumkin:
1. Adabiyot darslarida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan o‘quv
materiali yaratiladigan muammoli vaziyatga asos bo‘lishi va ular
61
Айзерман А.
С. Современный урок литературы и проблемное преподавание.
–
Москва: «Просвещение», 1969;
Кудрявцев В.
Т. Внедрение принципа проб
-
лемности в обучении.
–
Москва, «Высшая школа», 1968; Кудряшов Н.И. Взаи
-
мосвязь методов обучения на уроках литературы.
–
Москва: «Просвещение»,
1981
; Лесохина Л.
Н. О проблемности урока литературы. // Литература в школе,
1965
; № 6. Маранцман В.
Г., Черкасова Т.
В. Проблемное изучение литератур
-
ного произведения в школе.
–
Москва: «Просвещение», 1977; Махмутов М.И.
Организация проблемного обучения.
–
Москва: «Просвещение», 1977; Махму
-
тов М.
И. Развитие позновательной активности и самостоятельности учащихся.
–
Казань: Татарское книжное издательство, 1963; Махмутов М.
И. Современ
-
ный урок.
–
Москва: «Педагогика», 1985; Махмутов М.
И. Теория и практика
проб
лемного обучения.
–
Казань: Татарское книжное издательство, 1972; Слад
-
кова Д.
А. Проблемное преподавание литературы в старшых классах средней
школы.
–
Казань: Казанский университет, 1967.
136
137
o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq kelishi ke
-
rak. An’anaviy usullarda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlarni
o‘quvchilar o‘qituvchi, darslik yoki boshqa ta’limiy vositalar orqa
-
li o‘rganardi. Muammoli ta’limda esa o‘quv materiali muammoli
vaziyat orqali o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan o‘zlashtiriladi.
2. Adabiyot darslarida o‘quvchilar o‘zlashtirishlari lozim
bo‘lgan ma’lumotlarni yetkazish ba’zan bolalarning har xil ijodiy
imkoniyatlaridan foydalanish yo‘li bilan ham tashkil etilishi mum-
kin. O‘quvchilarning ma’lum qonuniyatlarni mustaqil ravishda
ang lashlari, zarur yo‘llar yoki harakat shartlarini belgilashlari, ay-
rim hollarda, ulardan katta tayyorgarlikni talab qilsa, ba’zan kich
-
kinagina turtki ham yetarli bo‘ladi. Ba’zi bir holatlarda o‘quvchiga
o‘zlashtirish qonuniyatlarini o‘rganishda ko‘maklashish, unga
harakat yo‘llarini ko‘rsatish, vaziyat talab qilganidek ish tutishni
o‘rgatish kerak bo‘ladi.
3. Adabiy ta’lim ama
liyotida o‘quvchi muammoli masalani hal
qilishning dastlabki bosqichida avval olgan ma’lumotlaridan yoki
talab qilingan faoliyat yo‘nalishidan foydalanishi lozim. Ba’zi hol-
larda o‘zlashtirilgan ma’lumotlardan foydalanish ayrim faktlarni
tushuntirishdangina iborat bo‘ladi, boshqasida zarur xatti-harakat-
lar tizimini amalga oshirish talab qilinadi.
4. Adabiyot darslaridagi o‘quv topshiriqlari nisbatan qi yin
bo‘lgan hollarda u o‘quvchi tomonidan hozir yechilishi zarur
bo‘lgan xususiy muammoli masala sifatida umumiy noma’lumliklar
tizimining izchil davomi bo‘lishi mumkin. Bitta muammoli masala
bir yoki ketma-ket keladigan ikki muammoning davomi sifatida
ham taqdim etilishi mumkin. Darslarda tashkil qilingan muammo-
li holatlarda o‘quvchilar o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan adabiy-
nazariy bilim hamda ma’naviy-axloqiy sifatlar ularning ongli
ishtiroki va mehnati bilan amalga oshiriladi. Keltirib chiqariladi
-
gan muammoli vaziyatga noma’lum bilimlarni o‘zlashtirish, oldin
tuyilmagan insoniy kechinmalarni tuyish va odamni his qilishga
ehtiyoj uyg‘otadigan, harakatning to‘g‘ri bajarilishiga xizmat qi-
ladigan, o‘quvchini adabiy ta’lim maqsadi sari yetaklaydigan na
-
zariy-amaliy, ma’naviy-axloqiy masalalar asos bo‘ladi.
Adabiy ta’limda o‘qituvchi tomonidan ma’lum mavzu yu
-
zasidan uyushtiriladigan didaktik muammoli vaziyatdagi fikr
-
lash jara yoni subyekt va obyektning o‘zaro maxsus faoliyat turi
sanaladi. U o‘quvchi ruhiy holatining shunday turiki, unda subyekt
137
(o‘quvchi)
ga avval ma’lum bo‘lmagan yangilik bo‘lmish bilimni
egallash yoki ma’naviy xislat (obyekt)ni kashf qilish va o‘zlashtirish
muammoli topshiriqni bajarish hisoblanadi.
Muammoli vaziyatning psixologik tizimi insonni intellektual
faoliyatga undovchi bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj, o‘zlashtiriladigan
bilim, faoliyat turi, o‘quvchining intellektual imkoniyatlari
hamda
ijodiy qobiliyati kabi jihatlarni qamrab oladi. Muammoli vaziyat-
ning paydo bo‘lishi tafakkurning ikki bosqichi: tafakkur jarayo
-
nining quyi chegarasi, ya’ni o‘zlashtirilgan bilimlar muammoning
hal etilishi uchun yetarli ekani, tafakkurning yuqori bosqichi esa
o‘zlashtirilgan bilimlar yetarli bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi.
Ta’limiy muammo tortishuvlar, bahs-munozaraga, fikrlar xilma-
xilligini keltirib chiqarishga arziydigan, faoliyatning noma’lum
yo‘llari, qonuniyatlarini belgilaydigan, o‘zlashtirilgan bilimlar aso-
sida aniqlanishi mumkin bo‘lgan hodisadir.
Muammoli vaziyatni Said Ahmadning 8-sinf «Adabiyot»
darslik-majmuasiga kiritilgan «Ufq» romanidan keltirilgan par-
cha
62
bo‘yicha quyidagicha tashkil etish mumkin: «Qochoq» par
-
chasini o‘rganish uchun dasturda ikki soat ajratilgan. Bu ikki soat
birlashtirilib romandan olingan bob mutolaasi va uning ustida ish-
lashni yaxlitligicha bir kunda o‘tkazil
a
di. Parchaning o‘qituvchi to
-
monidan o‘qib chiqilishi uchun birinchi darsning 26 daqiqasi talab
qilina
di. Birinchi darsning qolgan qismi va ikkinchi dars to‘lig‘icha
asar ustida ishlashga sarflan
a
di. O‘qituvchi o‘tgan darsning oxiri
-
da o‘quvchilarga keyingi mavzu muammoli tarzda o‘rganilishini
ma’lum qilib,
Do'stlaringiz bilan baham: |