Adabiyot darslarida muammoli vaziyat yaratishning o‘ziga
xos xususiyatlari.
Adabiyotning inson shaxsi shakllantirilishiga
ta’siri bebaho ekanini alohida ta’kidlash shart emas. Gap shundaki,
badiiy asarlarning mazmuni bevosita inson hayotining mohiyati
bo‘lmish o‘zaro ijtimoiy munosabatlar, inson faoliyatining yutuq,
mag‘lubiyat, parvoz va qulashlari bilan bog‘liq. Tarbiyalanuvchi
-
lar hayotdan o‘z o‘rnini izlar ekan, adabiyot darslaridan o‘ziga ke-
rakli ma’naviy saboqni olishlari mumkin.
Yangilangan pedagogik tafakkur sharoitida adabiy ta’lim
ma’naviyatli odam tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Maktab adabiyot
darslarida badiiy asarlar tahlil qilinar, adabiy qahramonlarning
shaxsi, xatti-harakatlari muhokamaga tortilar, o‘quvchi odam va
olam sirlarini o‘rganar, asar muallifi hamda adabiy qahramonlar
timsolida insonni kashf etar ekan, bu bilan bola o‘zligini anglash-
ga yuz tutadi. Allohning go‘zal va betakror yaratig‘i bo‘lmish o‘z
shaxsini, siyratini o‘rgana boradi.
Asar matni yuzasidan qo‘yilgan savol-topshiriqlar
o‘quvchilarning faqat bu masalalarni hal qilganlaridagina emas,
balki muammoga javob topolmay qolganlarida ham foydali bo‘ladi.
Agar o‘quvchilar muammo yechimini topishsa, ular matndagi
qonuniy aloqalarni oson tushungan bo‘lishadi. Aks holda esa,
qo‘yilgan masala izlanishlar jarayonida hal etiladi, o‘zlashtirish
ham boshqacharoq, o‘ziga xos bo‘ladi. O‘quvchilar materialni
129
o‘zlashtirish uchun ongli va faol ishlaydilar, ularda muammo
-
ni mustaqil ravishda yangicha yo‘llar bilan yechish istagi paydo
bo‘ladi.
Badiiy asarning muammoli tahlilidagi yana bir muhim jihat
asar ustida ishlash bilan o‘quvchi badiiy tafakkurining rivojlanishi
orasidagi bog‘liqlikdir. Asar syujeti, undagi xarakterli muammolar,
adibning uslubi haqida mulohaza yuritish jarayonida o‘quvchining
badiiy tafakkuri rivojlanishi va kamol topishi zarur. Masala shun-
dan iboratki, o‘quvchilar ma’lum asar, yozuvchi, janr, obraz va
yo‘nalishning badiiy mantig‘ini anglab yetishi kerak. Ma’lumki, in-
son o‘zga bir odamdagi o‘ziga xush kelgan biror sifat yoki fazilatni
o‘zlashtirishni istasa, o‘sha narsa uning tabiatiga o‘tadi. Adabiyot
o‘qituvchisi mana shu haqiqatni hisobga olib ish yuritishi kerak.
Masalan, 6-sinfda P. Qodirovning «Avlodlar dovoni» romanidan
olingan «Nizomning tantiligi» nomli parcha o‘rganish uchun beril
-
gan
51
. Mana shu parcha ustida ishlash mobaynida o‘qituvchi Nizom
va Humoyunning shaxsiga daxldor bo‘lgan birorta ham detalning
o‘quvchilar nazaridan chetda qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Qahramonlarning har bir xatti-harakati, so‘zi, ko‘nglidan kech
-
gan tuyg‘ulari, fikrlari, ruhiyatidagi chizgilarga o‘quvchilarning
e’tibori tortilishi lozim. Shu tariqa o‘quvchilarda ular intiladigan
ideal shaxslarni yaratish mumkin. Ideallar esa yoshlarni kamolot
sari yetaklaydi.
Asar muallifi yoki qahramonning shaxsiy sifatlari, tuyg‘ulari,
shodlik va iztiroblarining o‘quvchilar tomonidan ilg‘anishiga im
-
kon yaratish uchun ularning diqqatini ayni shunga qaratadigan
savol-topshiriqni o‘rtaga tashlashi kerak. Masalan, «Matndan
Ra’noning iztiroblari ifodalangan o‘rinlarni qayta o‘qing va buning
sabablari haqida fikringizni ayting», yoki «Bo‘ri polvonning davra
-
da Nasim polvonni ko‘rgandagi hayajoni sabablari haqida nima
deya olasiz?», yoxud «Tog‘ay Murodning Bo‘ri polvon tilidan ayt
-
gan chinakam erkak va asl ayol haqidagi fikrlariga tayanib uning
shaxsi haqida o‘ylab ko‘ring» va hk. Asar qahramoni yoki muallifi
shaxsiga xos sifatlar o‘quvchi tomonidan anglashilganda u o‘ziga
ham shu nazar bilan qaray boshlaydi. Orada tabiiy bog‘liqlik paydo
bo‘ladi va bu aloqa bola shaxsining shakllanishiga xizmat qiladi.
51
Ahmedov S., Qosimov B., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot. 6-sinf uchun
darslik. – T.: Ma’naviyat, 2009
; –
243 – 268-betlar.
130
131
Darslarda adabiy muammolarni hal etish o‘quvchini shaxs si
-
fatida namoyon etib, uning individual xususiyatlarini ochib beradi.
Shunday qilib, adabiyot o‘qitishda o‘quvchilarni mustaqil fikrlash
-
ga o‘rgatish har bir o‘quvchi bilan individual shug‘ullana bilishni
talab qiladi. Topshiriqlar individuallashgani sari o‘quvchilarning
mustaqil mulohaza yuritishdagi imkoniyatlari kengaya boradi.
Adabiy ta’lim amaliyotini yuqorida talab qilingandek tash-
kil etishda, shubhasiz, muammoli ta’limning o‘rni katta. Maktab
ada biy ta’limidagi muammoli vaziyatlar masalasi zamirida ham,
barcha o‘quv fanlaridagidek, o‘quvchiga ko‘proq bilim berish,
bilimlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirishga ichki ehtiyoj va qizi
-
qishni uyg‘otish, bilim olish jarayonida erkinlik berish asosida
dars samaradorligini ta’minlash va malakali mutaxassis tayyorlash
maqsadiga qaratilgan. Jumladan, V.
Maransman
52
, D. Sladkova
53
,
T. Kudryavsev
54
, N. Kudryashov
55
, M. Lesoxina
56
, L. Ayzerman
57
va boshqalar adabiyot darslarida muammoli ta’limdan foydalanish-
da biror mavzuni imkon qadar chuqurroq tushunishni ta’minlash va
ta’lim jarayoni faollashishiga erishishni nazarda tutishgan.
Aytish kerakki, boshqa o‘quv predmetlari uchun muammoli
ta’limni xuddi shu maqsadda tatbiq etish bugun ham yetarli bo‘lishi
mumkin. Lekin adabiyot darslarida muammoli ta’lim ma’naviyat
shakllantirishga, o‘quvchi shaxsida o‘zlikni kashf qilishga, ichki
«men»ni anglashga, ulardan barkamol odam tarbiyalashga xizmat
qilishga yo‘naltirilishi shart.
Adabiyot darslarida tashkil qilingan muammoli vaziyatlarda
o‘quvchilarning mustaqil mulohaza yuritishi va adabiy asarlarni
baholashi asosida ta’lim samaradorligini oshirish, o‘qitishda ta’lim
52
Маранцман В.
Г., Черкасова Т.
В. Проблемное изучение литературного
произведения в школе.
–
Москва: «Просвещение», 1977.
53
Сладкова Д.
А. Проблемное преподавание литературы в старшых классах
средней школы.
–
Казань: Казанский университет, 1967.
54
Кудрявцев В.
Т. Внедрение принципа проблемности в обучении.
–
Москва, «Высшая школа», 1968.
55
Кудряшов Н.
И. Взаимосвязь методов обучения на уроках литературы.
–
Москва: «Просвещение», 1981.
56
Лесохина Л.
Н. О проблемности урока литературы. // Литература в школе,
1965 № 6.
57
Айзерман А.
С. Современный урок литературы и проблемное преподавание.
–
Москва: «Просвещение», 1969.
131
metodlarining xilma-xilligiga erishishdan ta
shqari, o‘quvchilarning
ongli faolligini oshirish, ularda shaxslik sifatlarini shakllantirish
singari ma’naviy maqsadlar ham yotadi. Shu bilan birga, darsda
ham, sinfdan tashqari ishlarda ham o‘quvchilarda mustaqil fikrlash
-
ni tarbiyalovchi, ularda badiiy asarni anglash, so‘zdan ta’sirlanish
ko‘nikmasini shakllantiruvchi maxsus ta’lim usullaridan foydala
-
nish lozim. Chunki mustaqil fikrlash shaxs shakllanishining bosh
mezonidir. Adabiy asarlar ustida ishlashda, u badiiy tahlil shaklida
bo‘ladimi, muammoli tarzda amalga oshiriladimi, o‘quvchilarda
hissiyot va tafakkur tarkib toptirish birinchi, adabiyotga doir bilim
berish ikkinchi o‘rinda bo‘lishi kerak.
Badiiy asarlar ustida muammoli ishlash o‘zida adabiy asar ta-
biatiga mos xususiyatlarni, uning umumiy va doimiy qonuniyat-
larini ham, auditoriyaning sinfdan sinfga, yildan yilga o‘tish bilan
o‘zgaradigan xususiy jihatlarini ham qamrab oladi. Yuqori sinflar,
adabiyot darslaridagi muammoli vaziyatlarda o‘quvchilarning
diqqati, qiziqishi faqat qahramonlar shaxsi bilan chegaralanib
qolmay, muallifga ham qaratilishi, o‘quvchi adibning fikrlari
yo‘nalishiga ham nazar tashlashi hamisha o‘qituvchining diqqat
markazida bo‘lmog‘i lozim.
Adabiyot o‘qitish tizimiga muammoli ta’limni olib kirish
yo‘llari haqida gapirishdan oldin, muammoli adabiy ta’lim, didak-
tik muammo, muammoli savol, muammoli vaziyat tushunchalariga
aniqlik kiritib olish zarur bo‘ladi.
Adabiyot darslarida o‘quvchilar o‘zlashtirishlari lozim
bo‘lgan bilimlarni o‘zlarining kuchi, tafakkuri, bilimi va mehna-
ti bilan o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida bolalar oldiga
muammo qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladigan o‘qitish jarayo-
nini
Do'stlaringiz bilan baham: |