94
95
lashni talab qilishi lozim bo‘ladi. So‘ng o‘quvchilardan otaning:
«
To‘g‘ri bo‘ling – bexavotir bo‘lasiz. Maqtanchoq bo‘lmang – xi-
jolatga qolmaysiz. Dangasalik qilmang – baxtsiz bo‘lmaysiz
» tarzi-
dagi nasihatiga o‘z munosabatlarini bildirishlari so‘raladi. To‘g‘ri,
o‘quvchilarning bu nasihat mazmuni
borasida fikrlari sodda, o‘z
bilganlari doirasida bo‘ladi. Lekin muhimi o‘quvchida fikrning,
o‘z qarashining shakllanib borishidir. Uning o‘qituvchi tomonidan
to‘ldirilishi, tuzatilishi metodik jihatdan to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Og‘a-inilarning o‘z sarguzashtlarini bir-birlariga ham dar-
rov aytib bermaganliklari ularga xos yana qanday fazilatning bel-
gisi ekanini o‘quvchilar o‘zlari kashf etsinlar, maqtanchoqlik yot
bo‘lgan botirlarning og‘ir-bosiqligi, kamtarligiga havas
bilan qaray
bilsinlar. Buning uchun o‘quvchilarning e’tiborini shularga qarata
-
digan savollar o‘rtaga tashlanadi. Qahramonlarga xos bo‘lgan si-
fatlarga o‘quvchilarning havasini qo‘zg‘otish, bu sifatlarning yax
-
shi ekanini ularning ko‘ngliga joylash o‘qituvchining vazifasi.
Keyin: «Kenja botir sarguzashtlariga e’tibor bering. Uning
o‘g‘rilarni o‘z holiga qo‘yib ketib qolmaganligi sababini izohlash-
ga urining», «Kenja
botirning tadbirkorligi, topqirligi, jasur-
ligi bilan ertak boshida ota tomonidan aytilgan gaplar o‘rtasidagi
bog‘liqlikka e’tibor qiling» singari topshiriqlar berilganda, ularga
aniqlik kiritish lozim bo‘lsa, qo‘shimcha
savollardan ham foy
-
dalanish mumkin. Kenja botirning fazilatlari uning qaysi amal-
larida ko‘rinishiga o‘quvchilar e’tiborini tortish, qilgan ishlari va
fazilatlariga munosabat bildirishga undash lozim bo‘ladi.
Asar mazmuni yuzasidan taqdim etilgan: «Kenja botir hikoya-
sidagi to‘ti bilan bog‘liq kuzatishlaringizni bildiring. Va’daga vafo
qilish uchun ota-onasi, aka-ukalari, yaqinlari, eng muhimi, ozod
-
ligidan kechib kelgan to‘tining olijanobligiga ko‘rsatilgan oqibatni
izohlang», «Ertakdagi va hikoyadagi shohlarni bir-biriga solishtir-
ing», «Botirlarning saroydan ketish to‘g‘risidagi qaroriga muno-
sabatingizni bildiring» kabi savol-topshiriqlar o‘quvchilarni an
-
cha o‘ylantirishi mumkin. Ularning ko‘pchiligidan kutilgan javob
chiqmasligi ham oddiy hol. Lekin bu savollarga o‘quvchilarning
munosabati keyingi soatda bo‘ladigan ertak darsining samarasini
ta’minlaydi. Hikoyadagi to‘ti va podshoh timsollariga xos sifatlar:
va’daga vafo va o‘ylamay, shoshqaloqlik bilan tadbir ko‘rish haqi-
da o‘quvchilar bolalarcha sodda xulosa chiqaradilar.
95
Suhbat jarayonida: «Og‘a-inilarning ziyofat paytida dastur-
xonga qo‘yilgan go‘sht, shinni, non taxlami to‘g‘risidagi fikrlariga
e’tibor qiling. Yigitlardagi bilgichlikning sababi haqida o‘ylab
ko‘ring», «Podshoning gaplariga asosan to‘ng‘ich botir javob ber
-
ganligini qanday izohlaysiz?», «Qizlar yo‘qotgan tillalariga gavhar
qo‘shib oldilar» – degan ibora zamiridagi yashirin mazmunga e’tibor
qiling va uni izohlang» singari savol-topshiriqlar o‘quvchilarni asar
matnida ilgari surilgan g‘oyalar haqida
mulohaza yuritishga unday-
di. «Ilon bilan bog‘liq voqeada podshoh ko‘rgan choraga muno
-
sabat bildiring. Birovning gapiga kirib, shoshqaloqlik bilan yaqin
kishisini jazolagan hukmdor shaxsiyati haqida mulohaza yuriting»,
«Vazirning xulosasi va maslahatiga munosabatingizni bildiring»
singari topshiriqlar 5-sinf o‘quvchilarini fikrlashga yo‘naltiradi.
Uy vazifasi qilib ertakning ikkinchi, uchinchi tugashini yozish
-
ni topshirish ham o‘quvchilarni keyingi «ertak darsi»ga tayyorlani-
shiga asos bo‘ladi. Ertakdagi: «Kenja
botir podshohga qarab bir
hikoya aytdi...» jumlasidan keyingi hikoyani o‘quvchilar ertakdagi
voqealar rivojiga moslashtirib yangidan yaratishlari ham mumkin.
Uni bajara bilganlarni rag‘batlantirish, eplay olmaganlarni ke-
yingi safar urinib ko‘rish mumkinligini aytib, umidlantirish foydali
bo‘ladi.
Adabiyot darslarida o‘quvchi ma’naviyatining tozarishida
qo‘l keladigan metodlardan yana biri
Do'stlaringiz bilan baham: