Adabiyot, ma’naviyat va mustaqil fikrlash.
Olam sarvari
bo‘lgan Odamning Yaratganga xush yoqadigan fazilatlar bilan
ziynatlanishi ming-ming yillardan beri ta’lim-tarbiyaning asosi
bo‘lib kelgan. Ko‘rinadiki, insonning ma’naviy to‘kislik sari intili-
shi – tabiiy jarayon. Shu tabiiy taraqqiyotga tayangan holda fuqa-
rolari erkinligini ta’minlash, xalqining ham moddiy, ham ma’naviy
to‘kisligiga erishish har qanday mamlakatning kuchli bo‘lishi ga
-
rovidir. Shu ma’noda, yurtimiz ta’lim-tarbiya tizimida ham inson
ma’naviyatining sog‘lomlashuviga, uning yaxshi sifatlar bilan
to‘yinishiga birlamchi yumush sifatida yondashish ustuvor ahami
-
yat kasb eta boshladi.
O‘quv-tarbiya amaliyotida ham muayyan o‘zgarishlar sodir
bo‘layotir. Ta’lim kechimi insoniylashdi, mazmuni insonparvar
-
lashdi. O‘qitish jarayoni oliy maktabga kiruvchi abiturient tay-
yorlashdan barkamol shaxs shakllantirishdek, sog‘lom ma’naviyatli
82
83
odamni tarbiyalashday keng qamrovli maqsadga yo‘naltirildi.
Tarbiyalanuvchilar o‘zgalar tomonidan o‘qitilishi kerak bo‘lgan
ta’lim obyektidan o‘qitish va tarbiyalash kechimida o‘zi bevosita
faol ishtirok etadigan subyekt darajasiga ko‘tarilmoqda. Ya’ni tar-
biyalanuvchi xuddi o‘qituvchi singari dars jarayonining ijrochi
-
siga aylanib bormoqda. Bugungi pedagogika ilmi va amaliyotida
ta’lim-tarbiya tizimining vazifasi o‘quvchidagi ichki imkoniyat
-
larni uyg‘otib, uni o‘zi o‘qiydigan va o‘zini o‘zi tarbiyalaydigan
qilish, bu jarayonda o‘zi tashabbuskor, ehtiyojmand bo‘lishiga eri-
shish lozimligi hamda butun kuchni shunga yo‘naltirish zarurligi
tushunib olindi.
Bolani badiiy adabiyotga oshno qilish uchun, avvalo, oilada
ota-onaning, ayniqsa onaning o‘zida bunga moyillik kuchli bo‘lishi
zarur. Har bir inson ruhiy dunyosining shakllanishida ona muhim
o‘rin tutadi, ayni vaqtda, onaga munosabat uning ma’naviy qiyofa-
sini belgilovchi asosiy omil ham sanaladi. Ma’lumki, bolalar hami
-
sha kattalar bilan birga bo‘lishni, ularning atrofida «o‘ralashib»
yurishni, ota-ona, bog‘cha opa yoki o‘qituvchining maqtovlarini
eshitish yoxud e’tiroflarini his qilib turishni xush ko‘rishadi. Afsus
-
ki, o‘zbek oilalarining ko‘pchiligida kattalar, ayniqsa, onalarning
bolalari bilan o‘ynashga vaqti yo‘q. Ularning bundan «muhim»roq
ishlari ko‘p. Aslida har bir onaning oiladagi asosiy vazifasi – bola-
sining qiziqishlari, intilishlari, xohishlarini anglash, o‘sib kelayot-
gan zurriyodining jismonan sog‘lomligini ta’minlash, uni ma’naviy
barkamollik yo‘liga solib qo‘yishdan iborat.
Bolalarni ko‘rkam asar o‘qishga qiziqtirish, badiiy so‘zni tu-
yish, undan ta’sirlanish va zavq ola bilishga yo‘naltirish ularning
ko‘ngillarini injalashtiradi, tabiatini tozalaydi. Ko‘pchilik ota-ona
-
lar, ta’lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, zi
-
yolilar yosh avlodda badiiy kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni rivoj-
lantirish yo‘lida qayg‘urmoqda.
Ota-onalarni bolalariga kitob o‘qib berishga majbur qilish
lozim. Buning uchun maktabda bolalar va ota-onalarning kitob
o‘qishiga bag‘ishlangan birgalikdagi majlislarini tashkil etish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday majlislarda ota-onalarga far
-
zandlariga o‘qib berishi lozim bo‘lgan badiiy asarlar ro‘yxatini
yozdirish, avvalo, maktab kutubxonasini zaruriy adabiyotlar bi-
lan boyitish yoki sotib olish mumkin bo‘lgan joylar yoxud inter-
83
net sahifalari haqida ma’lumot berish kerak bo‘ladi. Kitoblarning
o‘qilish muddatini belgilash va ota-onalarni bundan xabardor qilish
zarur. Bolasining ertasi uchun qayg‘urayotgan ota-onalar bu ishlar
-
ni bajarishadi. Bog‘cha opa yoki o‘qituvchi belgilangan muddatda
o‘qilgan badiiy asarlar ustida ishlash darslarini tashkil qilishi, suh-
bat asnosida o‘quvchilariga matn mazmunini qayta hikoyalashni
emas munosabat bildirishni talab qiluvchi savol-topshiriqlar bilan
murojaat qilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bolalarning kompyuterga qiziqishlari baland ekani ayon.
O‘qituvchi o‘quvchilardagi shu tabiiy xususiyatdan foydalanishlari
kerak. Ya’ni ular o‘qishlari lozim bo‘lgan badiiy asarlarni elek-
tron kutubxonalardan topib o‘qishni tavsiya qilishi maqsadga mu-
vofiq bo‘ladi. Yoki kompyuter orqali ko‘rilgan multfilm, kinolar
bilan ularning kitob variantini solishtirish borasida ham suhbatlar
tashkil etish mumkin. Bunday taqqoslash darslarida o‘quvchilar
kitob da ifodalangan, kino yoki multfilmda aks ettirish aslo mum
-
kin bo‘lmagan muhim jihatlarni topishga yo‘naltirilishi, buning
sabablari haqida o‘ylab ko‘rishga undalishi, qahramonlar shaxsini
ochishda kitobda aks ettirilgan baland tuyg‘ular tasviri, iztirob
-
lar ifodasining qanchalar muhim ekanini anglashga yo‘naltirilishi
zarur.
O‘quvchilarni kitob o‘qishga yo‘naltirishning yana bir yo‘li
ularni rag‘batlantirishdir. O‘quvchilar ma’lum bir sinfni tamomla
-
salar ularga maqtov yorliqlari beriladi. Ana shu yorliqlar o‘rniga ta-
niqli shoir yoki yozuvchilarning kitoblari sovg‘a qilinsa, foydaliroq
bo‘ladi. Qolaversa, taniqli shoir yoki yozuvchilar bilan o‘quvchilar
uchrashuvlarini tashkil etish, ular bilan yosh kitobxonlar o‘qigan
asarlar yuzasidan suhbatlar uyushtirish ham o‘quvchilarning badiiy
so‘zga muhabbatini oshirishi tabiiy.
Xullas, yosh avlod ma’naviy takomilini ta’minlashda kitobdan
oqilona foydalanish, buni to‘g‘ri tashkil eta bilish oilada ota-ona-
ning, ta’lim muassasalarida tarbiyachi va o‘qituvchilarning burchi
-
dir.
84
85
Do'stlaringiz bilan baham: |