75
Bankning aktiv operatsiyalarini to‘rt guruhga bo‘lish
mum kin:
• kredit operatsiyalari, buning natijasida bankning kre-
dit portfeli shakllanadi;
• investitsiya operatsiyalari, investitsiya portfelini shakl-
lantirish uchun asos bo‘ladi;
• kassa va hisob-kitob operatsiyalari, bank o‘z mijo-
zlariga ko‘rsatadigan
asosiy xizmat turlari;
• boshqa aktiv operatsiyalar, ya’ni barcha bank opera-
tsiyalarini samarali amalga oshirishga tegishli infrastruktura
yaratish bilan bog‘liq operatsiyalar.
Bank aktivlarining tarkibi, deyilganda balans yakuniga
nisbatan har xil sifatdagi aktivlar salmog‘i tushuniladi.
Bank aktivlari holati, dinamikasi,
samaradorligi kabi
ma salalar doimiy ravishda tahlil etilmog‘i lozim. Shu bi-
lan birga aktivlarning likvidliligi, daromadliligi va risklilik
da rajasi tahlili faoliyat muvaffaqiyatining garovi hisobla-
nadi. Bank aktivlarining uning passivlari bilan mutanosibli-
gini ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning
uchun ham bank aktivlari uning xodimlari,
auditorlar va
markaziy bank tomonidan o‘rganilib, tahlil qilib borishning
davr talabi bo‘lib qoladi.
Har qanday bank ham aktivlarining tarkibini samara-
li shakllantirishda ma’lum bir muammolarga uchraydilar.
Bank aktivlarining sifati, aktivlarning maqsadga muvofiq tu-
zilishiga, likvidligi, aktiv operatsiyalarning diversifikatsiya-
siga, riskli aktivlarning hajmiga,
muammoli va sifatsiz ak-
tivlarning salmog‘i va aktivlarning o‘zgaruvchanlik sifatlari-
ga bog‘liq.
Bank aktivlarini tahlil qilganda quyidagilarni aniqlash
lozim:
– bank aktivlarining umumiy qoldig‘i hisobot davrida
qancha o‘zgarganligini;
76
– aktivlarning tarkibini – bank mablag‘lari asosan qaysi
aktivlarga sarflanganini;
– bank aktivlari tarkibining hisobot davrida (tahlil qili-
nayotgan davrda) qanchalik o‘zgarganligini va ularning
o‘zgarish sabablarini;
– bank
aktivlarining likvidligini;
– bank aktivlarining samarali foydalanish ko‘rsatkichlari-
ni hamda ularning hisobot va o‘tgan davrdagi tafovutlarini;
– bank aktivlaridan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi
omillarni (ijobiy va salbiy) hamda foydalanish samarador-
ligini oshirish yo‘llarini.
Bu ko‘rsatkichlarni aniqlab tahlil qilib, bank aktivlari-
dan foydalanish samadorligini oshirish yo‘llarini belgilash
lozim bo‘ladi.
Bank aktivlarining holati uning faoliyati davomida ijobiy
yoki salbiy tomonga o‘zgarishi mumkin.
Bank aktivlari ning
qanday o‘zgarishi aktivlarni boshqarishga va to‘g‘ri yo‘-
naltirishga bog‘liq. Shuning uchun ham bank aktivlarining
holatini muntazam ravishda o‘rganib, ularning o‘zgarishini
tahlil qilib borish lozim.
Tahlilda birinchi navbatda bank aktivlarining umu miy
summasi hisobot davrida qanchalik o‘zgarganligini (ko‘-
paygan yoki kamayganligini), undan keyin esa o‘zgarish sa-
bablarini aniqlash lozim (5.1-jadvalga qarang).
Bankning aktivlari holatini tahlil qiladigan bo‘lsak, eng
likvid sanalgan kassadagi naqd pullar yil davomida 1,7 mlrd
so‘mdan 1,6 mlrd so‘mgacha kamaygan, ya’ni yil davomi-
da kassadagi naqd pul qoldig‘i 168 mln so‘mga kamaygan.
Markaziy bankdagi mablag‘lar esa aksincha, yil davomida
2,03 mlrd so‘mdan 2.15 mlrd so‘m (yoki 105,55 %)ga osh-
gan, bu bankning likvidligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bank-
ning boshqa banklardagi pul mablag‘lari o‘zgarishsiz qol-
gan, ammo uning aktivlardagi tutgan ulushi biroz kamaygan
xolos, bu bankda boshqa banklar bilan pul mablag‘larining