3
KIRISH
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank faoliyatining barqa-
rorligi, uning raqobatbardoshliligi va istiqbollari ko‘p ji-
hatdan o‘tgan davrda erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni aniqlashga bog‘liq. Istiqbolni belgilash tah-
lilga asoslanmog‘i lozim.
«Tijorat banklari faoliyati tahlili»
fani bank faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni uzluksiz ravishda o‘rganadi.
O‘rganishda ko‘rsatkichlarni guruhlash, taqqoslash, bog‘ -
lash,
induksiya, deduksiya, sintez, korrelyatsiya – regris sion
tahlil kabi usullardan foydalaniladi.
Tahlil natijasida erishilgan
yutuqlarning sabablari, fao-
liyatning samarali va samarasiz qirralari o‘rganiladi ham-
da yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish
bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatlari
yaratiladi. Tahlil jarayoni faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini
qamrab oladi
va u bankning likvidliligi, daromadliligini o‘s-
tirish va mijozlar ishonchini qozonishga asos bo‘ladi.
«Tijorat banklari faoliyati tahlili» fanida o‘z va chetdan
jalb etilgan mablag‘lari tarkibi tuzilmasi,
dinamikasi va ular
o‘rtasidagi mutanosibliklar o‘rganiladi.
Bank aktivlari tahliliga keng e’tibor qaratiladi. Asosiy
maqsad yuqori foyda olishdan iboratligini inobatga olgan
holda bank daromadlari va xarajatlari tarkibini o‘rganadi.
Foydani tashkil etish va unga ta’sir
etuvchi omillar tahlil
qilinadi.
Keyingi yillarda banklar tomonidan to‘lanadigan soliq-
larning turlari, ularning faoliyat samaradorligiga ta’siri chu-
qur talqin qilinadi.
4
Banklarning raqobatbardoshligini aniqlashda ularning
likvidliligi va to‘lov qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Tahlil davomida banklarning likvidliligi va to‘lov qobili-
yatiga ta’sir etuvchi omillar to‘liq o‘rganiladi.
Har qanday tahlildan maqsad
kamchiliklarni aniqlash va
ularni tugatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
«Tijorat banklari faoliyati tahlili» fani «Pul, kredit va
bank lar» nazariy fanining amaliy davomi bo‘lib, «Bank ishi,
«Bank menejmenti va marketingi», «Bank auditi», «Bank-
larda buxgalteriya hisobi» kabi fanlar bilan bog‘liqlikda
o‘rganiladi.
O‘quv qo‘llanma «Tijorat banklari faoliyati tahlili» jara-
yonlarini o‘rganishda iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim
olayot gan oliy o‘quv yurtlari talabalari,
qiziquvchi iqtisod-
chilarga muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘llanmadan
oliy o‘quv yurtlari talabalari, auditorlar,
bank xodimlari va
boshqa qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.