78
oldi-sotdisi yil davomida yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligini
ko‘rish mumkin.
Daromad keltiruvchi aktivlarning faqat lizingdan tash-
qari barchasi kamayish tendensiyasini qayd qilgan. Jumla-
dan, davlat obligatsiyalari bilan savdo hajmi yil davomida
o‘zgarishsiz qolgan, demak,
yil davomida davlatning bud-
jet mablag‘lari profitsit bilan chiqqan hamda bank keyin-
chalik ham foyda olish maqsadida bu aktivlarni sotmagan.
Faktoring operatsiyalari tahlilni ko‘radigan bo‘lsak, bank
yil boshida 18 mln so‘m miqdorida debitorlik qarzlarini so-
tib olgan, yil davomida bu miqdor o‘smagan, fikrimizcha,
bank xodimlari sotib olingan debitorlik qarzini yil davomi-
da
undirishga qiynalgan, shuning uchun yil oxiriga kelib
bu aktivdan zo‘rg‘a qutilgan va yilni hech qanday vosita-
chilik mablag‘larisiz yopgan. Kredit operatsiyalari bo‘yicha
ham shu holat, ya’ni yil davomida kredit hajmi 28,9 mlrd
so‘mdan 28,6 mlrd so‘mga kamaygan,
kredit operatsiyala-
rining kamayishi bankning to‘lovga qodirligi hamda likvid-
lik masalalariga ehtiyotkorlik bilan yondashganligidan da-
lolat beradi. Lizing operatsiyalari esa aksincha, yil davomi-
da o‘sish sur’atlarini tashkil qilgan. Yil boshida 2 mlrd so‘m
miqdorda lizing operatsiyalari amalga oshirilgan bo‘lsa, yil
oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 2,8 mlrd so‘mni
tashkil qildi,
ya’ni o‘sish sur’atlari deyarli 1,5 marta yoki 839 mln so‘m
bo‘lgan. Demak, korxona yil davomida daromad keltiruvchi
aktivlardan lizing operatsiyalarini risksizroq va ko‘proq da-
romad olish manbayi sifatida ko‘rgan.
Daromad keltirmaydigan hamda likvidlikni ta’minlaydi-
gan aktivlar miqdori ham o‘sgan, yil boshida asosiy vo-
sitalar 5 mlrd so‘m bo‘lib, yil oxiriga kelib bu 5,2 mlrd
so‘m ni tashkil qilgan, o‘sish sur’atlari 105 % yoki 221 mln
so‘m, bu holni bank yil davomida o‘zining texnologik ho-
latini yaxshilashga qaratilgan siyosati
natijasi sifatida qa-
rash mumkin.
79
Umuman olganda bank aktivlari yil boshida 44,4 mlrd
so‘m bo‘lib, yil oxiriga borib bu 45,1 mlrd so‘mni tashkil
qilgani holda 101,5 %ga o‘sgan. Bunga salmoqli ta’sir qilgan
lizing operatsiyalari (839 mln so‘m), boshqa aktivlar (370
mln so‘m), asosiy vositalar (221 mln so‘m) va Markaziy
bankdan olish kerak bo‘lgan pul mablag‘lari o‘sishini (113
mln so‘m) keltirish mumkin. Kassadagi naqd pullar (–168
mln so‘m) hamda kredit operatsiyalari (–655 mln so‘m)
jami aktivlar miqdorining o‘sishiga salbiy ta’sir o‘tkazgan.
Eng asosiysi, bank mutlaq likvid mablag‘lar
hamda eng
ko‘p daromad keltiruvchi aktivlarining keskin kamayishi
bank daromadliligini pasaytirgan, ammo likvidligini saqlab
qolishga harakat qilgan, demak,
yil davomida bank qanday-
dir yo‘qotish yoki zararlarni qoplash bilan shug‘ullangan,
ikkinchi holda esa bank noto‘g‘ri strategiya tanlovi asosida
harakat qilgan.
Bank aktivlari miqdorining tarkibi va dinamikasini
o‘rgangan holda, ularga ta’sir etuvchi omillar va ularni bar-
taraf etish chora-tadbirlari belgilanmog‘i lozim.
Buning uchun aktivlar daromadliligi nuqtayi nazaridan
ham tahlil etilmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: