Tijorat banklari faoliyati tahlili indd


Kreditlarning qaytuvchanligi tahlili



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/82
Sana13.04.2023
Hajmi4,18 Mb.
#927822
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82
Bog'liq
115dd3364c44318e301918c89cca9db0 Tijorat banklar faolyati tahlila

4.3 Kreditlarning qaytuvchanligi tahlili
Kreditlarning qaytuvchanligini tahlil qilishdan asosiy 
maq sad berilgan kreditlarning tez aylanishini ta’minlash va 
o‘z vaqtida qaytarilmayotgan kreditlarning sabablarini aniq-
lashdan iborat. Berilgan kreditlarning qaytuvchanligi tah-
lilidan muddatida qaytmagan, qaytarish muddati o‘zay ti-
rilgan kreditlar, muammoli kreditlar o‘rnini qoplash uchun 
tashkil etilgan zaxiralar hamda bank daromadi hisobidan 
chiqarilgan kreditlar miqdori o‘rganiladi.


72
Muddatida qaytarilmagan kreditlar miqdori ularning 
y uzaga kelgan muddatlari va kredit qo‘yilmalardagi salmo-
g‘i bo‘yicha tahlil qilinadi.
Ular muddatlari bo‘yicha 1 kundan 30 kungacha, 31-
60, 61-180,181 va undan ortiq kunlarga bo‘lib o‘rganiladi. 
Uzoq muddatdan beri qaytmagan kreditlar qancha ko‘p 
bo‘lsa, bank kredit portfelining shunchalik darajada muam-
moli ekanligini bildiradi. Muddatida qaytarilmagan kreditlar 
bo‘yicha alohida uzluksiz ravishda monitoring o‘rnatilmog‘i 
lozim. Monitoring jarayonida kredit muddatida qaytmay-
otganligining asosiy sabablari o‘rganiladi va undirish yoki 
bank mablag‘lari hisobidan qoplash choralari ko‘riladi.
Albatta, harakatdagi qoidalarga muvofiq muddatida un-
dirilmagan kredit bo‘yicha foiz to‘ lovlarini hisoblash va un-
dirish talablari ham farqlanib boradi.
Kredit qo‘yilmalari tahlil qilinganda qayta ko‘rib chi-
qil gan kreditlar mavjudligi va ularning jami kre 
dit qo‘-
yilmalaridagi ulushiga e’tibor qaratiladi. Bu jarayonda aso-
siy e’tibor qayta ko‘rib chiqilgan kreditlarning sabab larini 
to‘liq o‘rganishga qaratiladi. Ushbu kreditlar bo‘yicha mi-
jozning keyingi davrlarga bo‘sh pul oqimi vujudga kelishi 
sabab lari o‘rganiladi.
Bir necha marta qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar bo‘yicha 
monitoring jarayoniga katta e’tibor beriladi. Tahlil qilina-
yotgan davrda hisobdan chiqarilgan kreditlar miqdori va 
ular ning sabablarini o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb 
etadi. Chunki har bir hisobdan chiqarilgan kredit summasi-
da bank daromadlari qisqarib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, 
bank aksionerlari olishi mumkin bo‘lgan dividentlar miq-
doriga va bankning likvidliligi, to‘lovga qobiliyati va oxir-
oqibatda bank obro‘siga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Kredit lar 
tahlilida berilgan kreditlarni muntazam ravishda tasnifla nib 
borilishi jarayonini hamda tasniflangan kreditlar bo‘yicha 
ehtimoliy yo‘qotishlar o‘rnini qoplash maqsadida tash-


73
kil etiladigan zaxiralar miqdorining mosligiga katta e’tibor 
qaratiladi.
Harakatdagi qoidalarga muvofiq, kreditlar qaytarilishi 
mud datining miqdoriga qarab yaxshi, standart, substandart, 
shubhali va umidsiz kreditlarga bo‘lib o‘rganiladi.
«Yaxshi» deb tasniflangan kreditlardan tashqari kre dit-
lar bo‘yicha belgilangan miqdorda zaxira tashkil etilishi 
shart. Tashkil etilgan zaxiralar miqdorini qo‘yilgan talablar-
ga mosligi darajasi doimimy ravishda o‘rganilmog‘i lozim. 
Ushbu jarayonda tashkil etilishi lozim bo‘lgan zaxiralar ning 
haqiqatda tashkil etilgan zaxira mablag‘lariga mosligi, zaxi-
raga ajratilgan mablag‘lar hisobiga bank daromadlari ning 
kamayishi tahlil qilinadi. Tahlil natijasida tegishli chora-
tadbirlar belgilanadi.
Shunday qilib, kredit operatsiyalari tahlili natijasida kre-
dit risklarini minimallashtirish, bank kreditlari va omonat-
lari manfaatlarini himoyalash, bankning likvidliligi, to‘lov 
qobiliyati va daromadliligini oshirish chora-tadbirlari ishlab 
chiqiladi va ularga mos ravishda kredit siyosatini yaratish-
ga ko‘maklashadi.


74

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish