O’zbekiston respublikasida bank omonati shartnomasining mohiyati Mustaqillik yillaridanoq bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini tanlagan O’zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiyotni o’sishiga qulay vaziyat va imkoniyat yaratib berish muhim ahamiyat kasb etar edi. Shuning uchun yirik iqtisodiy institut hisoblangan banklarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek bank va mijozlar o’rtasida huquqiy me’zonlarni o’rnatish uchun bir necha qonunlar ishlab chiqildi. Pul kredit munosabatini tartibga solish, tadbirkorlar yoki jismoniy shaxslarning pullarini bankka omonatga topshirishlari va ularning xavfsizligini ta’minlash, aholi orasida omonatga pul mablag’lari qo’yilishi uchun daxlsizlik, xavfsizlikni kuchaytirish omonat shartnomalarining ko’payishi iqtisodiy rivojlanishning bir bosqichi sifatida bank oldida turgan katta vazifa hisoblangan. Ayniqsa, SSSR davrida omonat shartnomasiga nisbatan ishonchsizlik juda ham kuchaygan, banklar bilan omonat shartnomasi tuzgan jismoniy va yuridik shaxslar o’z omonatlariga kuyib qolgan edi. Keyingi 30 yillikda ham aynan O’zbekiston Respublikasida omonatlarni bankka qo’yish juda sekin rivojlandi. Agarda statistikaga qaraydigan bo’lsak, keyingi 5 yilda omonatlar q’yish hajmi ortgan. Bu ham O’zbekiston Respublikasida ko’plab tarmoqlarda bo’layotgan o’zgarish va islohot tufaylidir. Omonat nima? Omonat bu bank amalga oshiradigan operatsiyalarning asosiy turi hisoblanadi. Demak, omonat orqali ikki tomon ham manfaat ko’ra oladi, ya’ni omonat topshiruvchi va bank(omonat oluvchi) bir biriga ushbu omonat orqali bank tomonidan mijozlariga taklif etiladigan foizlar orqali foyda olishadi. Omonatlarning muddati turli ko’rinishda bo’ladi. Misol uchun 6 oyga beriladigan omonat, 1 yilga beriladigan omonat va boshqalar. Bank omonati shartnomasi qachon tuzilgan hisoblanadi, qachonki omonatchining pul mablag’i bankka kelib tushsa yoki topshirilsa unda bank omonati shartnomasi tuzilgan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi hududida bank omonati shartnomasi ikki tarafning shartlarga roziligi asosida yozma shaklda tuzilib, har ikki taraf ham ushbu shartnomani imzolaydigan maxsus hujjat tarzida tuzilishi lozim. Mijoz bank bilan omonat shartnomasi tuzayotgan vaqtda u to’liq omonat shartnomasi shartlari bilan tanishib chiqishi lozim, aks holda omonat shartnomasi bilan to’liq tanishib chiqmaslik faqat va faqat mijozning o’ziga ziyon bo’ladi. Shartnoma tuzilishi bilanoq mijoz va bank o’rtasida majburiyatlar vujudga keladi. Undan tashqari faqat bank omonat shartnomasining o’zigina ushbu shartnom shartlarini belgilamaydi ya’ni bank omonat shartnomasiga xos xususiyatlarni o’zida aks ettiruvchi hujjat bo’lganda va bu mijozga taqdim etilganda omonat shartnomasi tuzilganligi bo’yicha fakt hisoblanadi. Bank omonat shartnomasi mijozlarning huquqlari poymol etilgan vaqtda o’z huquqlarini talab qilib, mablag’larini bankdan undirish uchun birdan bir manba hisoblanadi. Mijoz bank bilan omonat shatnomasini tuzganda ushbu shartnoma nusxasini so’rashga to’la haq-huquqi bor. Omonat shartlariga alohida e’tibor berish lozim, ayniqsa bank tomonidan shartnoma shartlariga bir tomonlama o‘zgartirish kiritilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, shartnomani imzolamaslik lozim. Xulosa qilib aytganda O’zbekiston Respublikasi hududida bank omonat olish faoliyati bilan shug’ullanar ekan fuqarolar huquqlarini banklar tomonidan poymol etmaslik uchun omonat shartnomasining o’rni katta. Shuningdek Fuqarolik kodeksining 759-moddasiga binoan omonat shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi va bank unga murojaat etgan har qanday fuqarolarda pullarni omonatga qabul qilishi lozim.