86
Bunday aktivlar toifasiga bankning boshqa banklardagi
«Nostro» vakillik hisobvarig‘ining qoldig‘i,
inkassatsiya ja-
rayoniga qo‘yilgan pul mablag‘lari kiradi.
4. Risk darajasi 50 foizga teng bo‘lgan aktivlar:
Bunga ipoteka bilan ta’minlangan ssudalar, boshqa bank-
ning qimmatli qog‘ozlari kiradi. Bularga 50 foiz risk dara-
jasining berilishiga sabab banklar boshqa tijorat struktura-
lariga nisbatan yuqori likvidlik va to‘lovga qobillikka ega
bo‘lgan muassasalar hisoblanadi. Shu sababli ularga korxo-
na va tashkilotlarning qimmatli qog‘ozlariga qaraganda past
risk beriladi.
5. Risk darajasi 100 foizga teng bo‘lgan aktivlar:
Bunday aktivlar toifasiga
korxona va tashkilotlarning
qim matli qog‘ozlari, mijozlarga berilgan ssudalar, bankning
asosiy vositalari kabi aktivlar kiradi.
Mijozlarga berilgan ssudalarga 2 xil risk uchraydi: a) kre -
ditning qaytmaslik riski; b) foiz riski.
Bank aktivlarining barchasi riskka moyildir. Ushbu risk-
larni aniqlash va mavjud bank to‘g‘risidagi qonunchilik ham-
da har bir bankning o‘zining olib borayotgan siyosatidan
kelib chiqib ushbu risk larni me’yorida saqlashni ta’minlash
zarur. Bank aktivlarining tarkibini o‘rganib olinadigan na-
tijaga qarab turli xil risklarni tahlil qilish mumkin.
Foiz ris-
kini aktivlarning tuzilishiga, daromadliligiga qarab aniqlash
mumkin. Ammo bank ishida asosiy risk bu aniq operatsiya-
lar bo‘yicha mablag‘larni yo‘qotishdir. Shuning uchun ham
ushbu risklarni kamaytirish uchun aktivlarning tuzilishini
chuqur o‘rganishga to‘g‘ri keladi.
Bank aktivlari birinchi navbatda qisqa muddatli kela-
jakni nazarda tutadi va har kungi bank balansini boshqarish
ishi bilan bog‘liq. U bank faoliyatida
daromadni oshi rish va
risk larni chegaralashga yo‘naltirilgan. Shuning u chun ak-
tivlarni boshqarishning moliyaviy jihatdan asosiy maqsadi:
• uning daromadini oshirish;
87
• faoliyatidagi risklarni pasaytirishdan iborat. Shu-
ningdek, uzoq muddatli strategik rejalashtirishda ham
muhim rol uynaydi. Bank aktivlarini tahlil qilish uchun
muammoli kreditlarni tasniflash asosida berilgan ssuda-
lar va boshqa aktiv larni baholash zarur. Aktivlarni an-
dozaviy, shubhali va zarar keltiradigan turlariga tasnif-
lash tizimi barcha aktivlar
reytingini miqdor jihatdan
aniqlash, shuningdek, kreditlardan zarar ko‘rish hollari-
ga mo‘ljallangan zaxiralar yetarliligini baholash imkoni-
ni beradi. Asosan uzoq muddatli ssudalar, naqd pullar va
vakillik hisobvaraqlari, ssuda va boshqa aktivlar holatiga
e’tibor qaratiladi.
Bankning aktiv operatsiyalari
tahlili daromadlilik, risk
darajasi, likvidlilik nuqtayi nazaridan amalga oshirilishi ke-
rak. Bank taraqqiyoti manbalaridan ma’lumki, bank aktiv-
lari daromadliligi va likvidliligi bir-biriga qarama-qarshidir.
Likvidlilik va uning da
romadliligi o‘rtasidagi aloqadorlik
tahlili likvidlilik ahamiyatining ustunligi to‘g‘risida xulosa
chiqarishga imkon beradi. Bu mezonning ustunligini hisob-
ga olish natijasi ko‘rsatilgan qarama-qarshilikni muvofiq-
lashtirishga va bank faoliyatining aso siy maqsadi bo‘lgan
foyda olishga erishishga olib keladi.
Bankning faoliyatida aktivlarning
tutgan rolini yana ham
mukammalroq o‘rganish uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni
hisoblash muhim:
• tashkilotlar, korxonalar, jismoniy shaxslar va banklar-
ga berilgan kreditlar bo‘yicha umumiy kredit qoldig‘ini hi-
soblash;
• berilgan kreditlarni ularning muddatlari, tarmoqlar-
ga berilishi va ularning umumiy qarzdagi salmog‘i bo‘yicha
hisoblash;
• ssudalarning o‘rtacha foiz stavkalarini hisoblash;
• umumiy ssudalarning ichida muddati o‘tgan qarzlar-
ning salmog‘i bo‘yicha hisoblash.
88
• bank tomonidan berilgan
eng katta kreditlarning haj-
mini hisoblash;
• berilgan turli darajadagi kreditlarning Markaziy bank
yo‘riqnomalariga javob berishini hisoblash;
• bulardan tashqari quyidagi koeffitsiyentlar ham borki,
bularni ham hisoblash foydadan xoli bo‘lmaydi:
• aktivlardan foydalanish samaradorligi;
Do'stlaringiz bilan baham: