Tijorat banklari faoliyati tahlili indd


-BOB. TIJORAT BANKLARI DAROMADLARI VA



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/82
Sana13.04.2023
Hajmi4,18 Mb.
#927822
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82
Bog'liq
115dd3364c44318e301918c89cca9db0 Tijorat banklar faolyati tahlila

6-BOB. TIJORAT BANKLARI DAROMADLARI VA 
XARAJATLARI TAHLILI
6.1. Bank daromadlari tarkibi va dinamikasi tah-
lili.
6.2. Bank xarajatlarining tahlili.
6.1. Bank daromadlari tarkibi va dinamikasi tahlili
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha tijorat faoliyatining 
asosiy maqsadi maksimal darjada olinadigan daromadlari 
miqdorini oshirishdan iborat bo‘lgani kabi tijorat banklari 
ham doimiy olinishi mumkin bo‘lgan daromadlarini oshirib 
borishga harakat qiladi.
Banklarning klassik vazifalaridan kelib chiqadigan bo‘l-
sak, banklarning asosiy daromadlari ularning aktiv opera-
tsiyalari hamda vositachilik faoliyati natijasida vujudga ke-
ladi.
Oxirgi yillarda rivojlangan davlatlarda katta ahamiyat-
ga ega bo‘lib borayotgan nokredit xarakterdagi mijozlarga 
bank xizmatini ko‘rsatish daromad manbayining muhimli-
gi bo‘yicha ikkinchi hisoblanadi. Odatda bu daromadlarni 
komission daromad deyiladi. Xizmatlarga to‘lov, komission 
mukofot ko‘rinishida olinadi. Komission mukofot ham-
ma qilinadigan operatsiya yoki shartnoma summasidan foiz 
ko‘rinishida o‘rnatiladi.
Bank xizmatlari juda ham xilma-xil va doimo har xil 
yangiliklar bilan to‘ldirib boriladi. Bankka komission daro-
mad keltiruvchi asosiy xizmatlarga quyidagilarni kiritish 
mumkin: yuridik va jismoniy shaxslarning hisob-kitob kas-
sa xizmatlari, plastik kartochkalar bilan operatsiyalar, bank 


107
kafolatlarini berish, mijozlarning valuta shartnomalarida-
gi bank xizmatlari, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi brokerlik 
xizmatlar va boshqalar.
Rossiyada, shuningdek, ko‘pgina chet davlatlarda 
ko‘p chilik banklar hisob-kitob, kassa va boshqa xizmatla-
rini mijozlarga tekinga ko‘rsatishardi. Foiz marjasining 
pa sayishi natijasida, ya’ni, resurslarni jalb qilish va joy-
lashtirishning o‘rtacha qiymatlari orasidagi farq tufayli 
bank lar bunday amaliyotdan voz kechishlariga to‘g‘ri kel-
di. Hozirgi paytda Banklar umumiy daromadlari hajmida 
komission daromadlarning o‘sganligini ko‘rishimiz mum-
kin. Bu faqatgina foiz marjasi darajasining qisqargani va 
moliya bozoridagi daromadlaridan tashqari komission da-
ro madlarining foizli daromadlarga nisbatan barqarorligi 
bilan bog‘liq.
Bundan tashqari bank chet el valutasidagi vositalarni 
qayta baholash orqali ham daromad olishi mumkin. Agar 
chet el valutasi kursining oshishi, shu valutadagi nomi-
nallashtirilgan bank aktivlari passivlarni oshiradi va ak-
sincha, chet el valutasi kursining pasayishi, shu valutada 
nominallashgan aktivlarning oshishiga olib keladi. Valuta 
kursining katta tebranishi va bankning valuta bozoridagi 
yuqori aktivligi sharoitida bu daromadlar bankning ope-
ratsion daromadlari tarkibida muhim hissaga ega bo‘lishi 
mumkin.
Qo‘shimcha faoliyatdan daromadlar bank daromadlari 
tarkibida unchalik katta ulushga ega emas. Ular o‘z ichi-
ga nobank xarakterdagi xizmatlar ko‘rsatishdan, korxona va 
tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishdan, ijaraga berish va 
binoni realizatsiya qilishdan va boshqalardan daromadlar 
oladi.
Bank yordamchi bo‘limlarining tijorat faoliyatidan qo‘-
shimcha daromad olishi mumkin. Masalan, agar bank shax-


108
siy reklama xizmatiga ega bo‘lsa, o‘z mijozlariga reklama 
xizmatlarini ko‘rsatishi, shuningdek, boshqa xizmatlar ham 
faqatgina bank faoliyatini ta’minlashga emas, balki mijoz-
larga pullik xizmat ko‘rsatishlari ham mumkin. Bular yuri-
dik, informatsion, telekommunikatsiya, marketing, auditor, 
transport va boshqa xizmatlar bo‘lishi mumkin.
Bank asosiy va qo‘shimcha faoliyat daromadlaridan 
tash qari, boshqa daromadlar kategoriyasiga kiruvchi daro-
madlar ham olishi mumkin. Ular:
– jarima, penyalar, mijozlardan olinadigan jarimalar,
– ortiqcha tushumlarning kassaga tushushi;
– zaxira summasini qayta tiklash;
– hisobot yilida tushgan yoki aniqlangan o‘tgan yilgi da-
romadlar;
– daromadga soliq ortiqcha to‘laganligi uchun budjet-
dan mablag‘ qaytarish va boshqalar.
Bu daromadlar mohiyatan tasodifiy yoki bankning hi-
sobot davrida «Ishlab topilmagan» hisoblanadi. Ular odat-
da, kelasi davrga daromad rejasi tuzilganda hisobga olin-
maydi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan daromad turlarini jadval ko‘ri-
nishida quyidagicha ifodalash mumkin:
6.1.-jadval

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish