5.5. Bank aktivlaridan samarali foydalanish tahlili
Banklar mavjud aktivlaridan samarali foydalanishlari lo-
zim. Bank aktivlari turli-tuman bo‘lib, ular har xil faoliyat-
da ishtirok etadilar. Lekin barcha aktivlarning foydalani-
shini umumiy ko‘rsatkichlar bilan ifodalash mumkin. Tah-
lildan barcha aktivlarning foydalanishidan tashqari, bank-
lar faoliyatida bir xil foydalanishda bo‘lgan aktivlar guru-
hini alohida o‘rganish lozim. Masalan, asosiy vositalardan,
kreditga berilgan mablag‘lardan, qimmatli qog‘ozlarga qo‘-
yilgan mablag‘lardan qanday foydalanilmoqda.
Bank barcha aktivlarining samarali foydalanishini ifo-
dalovchi umumiy ko‘rsatkichlarga: aktivlarning natijaviyligi
(An), aktivlarning daromadliligi (Ad), aktivlarning tejam-
korligi (At) va aktivlarning foydaliligi (Af) ko‘rsatkichlarini
kiritish mumkin.
Bank aktivlarining natijaviyligi (An), deganda bank fa-
103
oliyatining asosiysi bo‘lgan kredit aylanmasini aktivlarining
o‘rtacha summasiga nisbati tushuniladi. Bu ko‘rsatkich bank
mavjud aktivlaridan foydalanib, hisobot davrida (oy, kvar-
tal, yil) ularning har bir so‘miga necha so‘mlik kredit aylan-
masiga erishdi, degan savolga javob beradi.
.
‘
=
Kredit aylanmasi
An
aktivlar o rtacha summasi
Bank kredit aylanmasi, deganda tahlil qilinayotgan
davrda (chorak, 6 oy, 9 oy, bir yil va hokazo) mijozlarga
kredit berib, qaytarib olingan summa tushuniladi.
Masalan, bank hisobot yilida 126,0 mlrd so‘m kredit
berib, qaytarib olgan, aktivlarining o‘rtacha summasi esa
41,0 mlrd so‘m. Bank barcha aktivlarining natijaviyligi
126,0
3,07 bo‘lgan.
41,0
=
=
An
Bank aktivlarining daromadliligi bank kredit va bosh-
qa operatsiyalaridan olingan barcha daromad summalarini,
ya’ni hisobot davrida olingan barcha daromad summalarini
aktivlarining o‘rtacha summasiga bo‘lib topiladi.
.
‘
=
barcha daromadlar summasi
Ad
aktivlar o rtacha summasi
Bank aktivlari tejamkorligi (At), deganda bank mav-
jud aktivlardan foydalanish uchun ularning har bir so‘miga
qan cha xarajat qilayapti, degan savolga javob beradi. Bu
ko‘rsatkich At bankning tahlil qilinayotgan davridagi xa-
rajatlar summasini aktivlar o‘rtacha summasiga bo‘lib to-
piladi.
.
‘
=
xarajatlar summasi
At
aktivlar o rtacha summasi
Aktivlarning foydaliligi (Af) ko‘rsatkichi bank foydasini
aktivlarning o‘rtacha summasiga bo‘lib topiladi va bank ak-
104
tivlaridan foydalanib, ularning har bir so‘miga, qancha foy-
da olayapti, degan savolga javob beradi.
.
‘
=
sof foyda summasi
Af
aktivlar o rtacha summasi
«A» bankimiz misolida uning aktivlaridan olgan daro-
madlari va ularning o‘zgarishini ko‘rib chiqamiz:
5.7-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |