Korxona mulkiga aksionerlarning qo‘shgan hissasini tasdiqlovchi hujjat. Aktivlarning likvidatsiya qiymati



Download 15,64 Kb.
Sana05.12.2019
Hajmi15,64 Kb.
#28415
Bog'liq
investitsiya javoblar

Aksiya - korxona mulkiga aksionerlarning qo‘shgan hissasini tasdiqlovchi hujjat.

Aktivlarning likvidatsiya qiymati – to‘liq amortizatsiya qilingan aktivlarni sotish bahosi.

Amortizatsiya - asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni normativ xizmati muddati davomida qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkazib borish jarayoni.

Annuitet – bir xil davr mobaynida bir xil foiz stavka asosida bir xil to‘lovlarning yoki pul oqimlarining kelib tushishi.

Emissiya – qog‘oz pullarning g‘aznaxonaga yoki boshqa davlat moliya organlari tomonidan muomalaga chiqarilishi va barcha shakldagi pul belgilarini muomalaga chiqarish.

Erkin iqtisodiy hudud – bu ma’lum hududda chet el investitsiyalarining erkin kirib kelishi va ularga nisbatan qator imtiyozlar belgilangan hudud.

Fond bozori – qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi- sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor.

Immobilizatsiya - aylanma manbalarning chetga tortilishi. Ya’ni o‘z maqsadidan tashqari sarflanishi.

Inflyatsiya – pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida milliy valyutaning qadrsizlanishi, narxlarning o‘sishi.

Inflyatsiya darajasi – ma’lum vaqt ichida baholar darajasining foizdagi o‘zgarishi.

Infratuzilma – tovar ishlab chiqarish shartlarini ta’minlovchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari kompleksi: yo‘llar, aloqa, transport, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash.

Dividend – aksionerlik jamiyati sof foydasining bir qismi, aksionerlarga daromadlar naqd pul yoki aksiyalar bilan to‘lanadi.

Investitsion kreditlar – ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiyalash va qayta ta’mirlash, yangi bino va inshootlarni qurish uchun zarur bo‘lgan vositalarni sotib olish maqsadida olingan kreditlar.

Investitsiya obyekti - mablag‘larni, ya’ni qonun doirasidagi barcha boyliklarni safarbar etayotgan obyektlar. Ular yangi korxonalar yoki amalda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar, qimmatli qog‘ozlar, bank depozitlari, intellektual mulk va boshqalar bo‘lishi mumkin

Investitsiya subyekti – investitsiya faoliyatida ishtirok etuvchi mulkiy va intellektual boyliklarga ega bo‘lgan jismoniy, huquqiy shaxslar yoki davlat.

Investitsiya siyosati – iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash, markazlashgan investitsiyalash jarayonidan nomarkaz- lashgan investitsiya jarayoniga o‘tish, ustuvor investitsion loyihalarni qo‘llab- quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig‘indisi.

Investitsiya dasturi – ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida mamlakat yoki chet ellarda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga uzoq muddatli kapital kiritish uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar kompleksi.

Investitsiya lоyihаsi - iqtisоdiy, ijtimоiy vа bоshqа mаnfааt ko‘rish mаqsаdidа investitsiyalаr kiritgаn hоldа оldindаn bеlgilаngаn muddаt mоbаynidа аmаlgа оshirilаdigаn o‘zаrо bоg‘liq tаdbirlаr vа ishlаr kоmplеksi.

Investitsiya muhiti – investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmuyi.

Kapital qurilish – yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, obyektlar va vositalarni mukammal ta’mirlash, shu jumladan, loyiha-qidiruv ishlarini bajarish.

Kapital qo‘yilmalar – quvvatlarni takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlarini qurishga qaratilgan resurslar hamda jami ijtimoiy mehnatning qiymatini aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriya.

Diskontlash usuli - pul mablag‘larining qiymati muayyan vaqtda bir xil emasligi, ya’ni bugungi bir so‘m bir yildan keyingi bir so‘mga (iste’mol qiymati bo‘yicha) teng emasligi.

Foydaning ichki me’yori usuli (IRR) - pul tushumlarining diskont qiymati pul chiqimlarining diskont stavkasiga teng bo‘lgandagi daromadlilik darajasi yoki bo‘lmasa, loyihadan olingan sof tushumlarning diskontlangan qiymati investitsiyalarning diskontlangan qiymatiga, sof joriy qiymat esa nolga teng bo‘lgandagi diskont me’yori.

Investitsiyalarning qoplash muddati - pul oqimlarini diskontlashga asoslangan usullardan farqli ravishda, investitsiyalarning nominal miqdorda qaytarilishi mumkin bo‘lgan davrni aniqlash.
Download 15,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish