32
dan rejalashtirish sharoitida qo‘llanilgan rejali usullar amal-
da o‘zining ahamiyatini yo‘qotdi.
Natijada tijorat banklari-
da moliyaviy jihatdan barqaror va arzon resurs bazasini ya-
ratish masalasi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qoldi.
Tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarishda aso-
siy e’tibor bank balansi passividagi mablag‘larning manba-
lariga qaratiladi. Ushbu mablag‘lar majburiyatlar va kapital
kabi ikki yirik guruhga bo‘linadi.
Majburiyatlar
– bank tomonidan jalb etilgan mablag‘lar
hisobidan,
kapital
esa bankning o‘z mablag‘lari hisobidan
shakllanadi. Ushbu mablag‘larning
barqaror manbalar hiso-
bidan shakllantirilishi tijorat banklarining samarali ishlashi-
ni va iqtisodiy jihatdan baquvvatligini ta’minlaydi.
Tijorat banklari balansi passivining asosiy ulushini maj-
buriyatlar tashkil etib, ular 85–90 foizdan iborat bo‘ladi.
Majburiyatlarni muddati va vujudga kelish manbayiga qarab
barqaror va nobarqaror, ular uchun to‘lanadigan
xarajatlar
qiymatidan kelib chiqib, arzon va qimmat mablag‘larga aj-
ratish mumkin.
Tijorat banklarining ikkinchi yirik mablag‘lari manbayini
ularning kapitali tashkil etadi. Bank kapitali tarkibida ustav
kapitali tashkil topishi va barqarorligi jihatidan muhim mo-
liyaviy manba bo‘lib hisoblanadi. Bank kapitalini boshqa-
rishda asosiy e’tibor ularning barqaror moliyaviy mablag‘lar
hisobidan shakllanishiga va yetarliligiga qaratiladi.
Xalqaro bank amaliyotida passiv
operatsiyalarning quyi-
dagi to‘rtta shaklidan keng foydalaniladi:
a) banklarning foydasidan fondlarni shakllan
tirish va
ularni ko‘paytirishga ajratmalar;
b) depozit operatsiyalar;
d) yuridik shaxslardan olingan kredit resurslar;
e) qimmatli qog‘ozlar, qog‘oz pullar va tangalarni muo-
malaga chiqarish (emissiya).
Tijorat banklarining
foydasidan ustav kapitaliga, zaxira
33
fondiga, imtiyozli kreditlash fondiga, moddiy rag‘batlantirish
fondi va boshqa fondlarga ajratmalar amalga oshiriladi.
Banklarning ushbu fondlariga ajratmalarning miqdori va
muddati bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining qaroriga
asosan belgilanadi.
Bankning fondlari ichida asosiy o‘rinni ustav kapita-
li egallaydi. Tijorat banklarining
ustav kapitali bank asosiy
kapitali tarkibidagi maxsus zaxiralar, taqsimlanmagan foy-
da va emission daromadlarga qaraganda muddati va man-
bayi jihatidan barqaror hisoblanadi. Tijorat banklari ustav
kapitalining minimal miqdori bankning dastlabki faoliyatini
boshlagan davridayoq shakllantiriladi.
Tijorat banklari kapitalining
minimal miqdori bank aktiv
operatsiyalari hajmining ortishi va iqtisodiyotda yuz bera-
yotgan inflatsiyaning salbiy ta’siri tufayli oshib boradi. Xal-
qaro bank amaliyotida tijorat banklari kapitalining yetarlili-
gini hisoblashda har xil usullardan foydalaniladi. Bank ka-
pitali yetarliligining u yoki bu usul bilan hisoblani shi uning
yetarliligiga qo‘yilgan talablarning bajarilishi jihatidan har
xil natijalarni beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: