Rejalashtirish tizimi ko`rsatkichlari



Download 61 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi61 Kb.

Aim.uz

Rejalashtirish tizimi ko`rsatkichlari

Rejalashtirish uchun talab etiladigan dastlabki ma’lumotlar hamda istiqbol, joriy, operativ va biznes-rejalarni ishlab chiqish - rejalashtirish tizimini (12-chizma) tashkil etadi.

Rejalashtirish uchun talab etiladigan dastlabki (birlamchi) ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:


    - xo`jaligining o`tgan yillarda erishgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko`rsatkichlari;



12-chizma. Qishloq xo`jaligi korxonalarida ichki rejalashtirish

tizimi ko`rsatkichlari

    -davlat buyurtmalari bo`yicha nazorat ko`rsatkichlari;

    -ilmiy-ishlab chiqarish tavsiyalari;

    -ilmiy asoslangan limitlar, normalar va normativlar;

    -istiqbolda rivojlanishning texnikaviy-iqtisodiy prognoz ko`rsatkichlari;

    -hududiy xo`jaliл yuritish tizimining shart-sharoitlari va usullari.


Rejalashtirish uchun dastlabki ma’lumotlar bazasi sifatida o`tgan yillarda korxona erishgan ishlab chiqarish natijalari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar asos qilib olinadi. Buning uchun o`tgan yillar uchun statistik, moliyaviy va operativ hisobotlar ko`rsatkichlari chuqur tahlill etiladi va ular asosida joriy yoki kelgusi yillar uchun reja ko`rsatkichlari belgilab olinadi.

Davlat buyurtmalari va erkin sotish bo`yicha mahsulot ishlab chiqarishga ishlatiladigan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni sarflash normativlari, ilmiy-ishlab chiqarish sohasida to`plangan tajribalar va tavsiyalar, istiqbolda rivojlanishning prognoz ko`rsatkichlari rejalashtirish jarayonining haqqoniyligi va ilmiy asoslanganligini ta’minlaydi.

Qo`yilgan maqsad va vazifalarning mazmunidan kelib chiqib rejalarning quyidagi shakllarini ajratib ko`rsatish mumkin:


    rejalashtirilayotgan davrning davomiyligidan kelib chiqib – qisqa muddatli (joriy, operativ), o`rta muddatli va uzoq muddatli (istiqbolli) rejalar;

    korxona faoliyatining yo`nalishi jihatidan – tashkiliy reja, ishlab chiqarish rejasi, marketing rejasi, moddiy ta’minot rejasi va moliyaviy reja;

    mo`ljallanishi jihatidan – korxona boshqaruvchilariga, statistik organlar va yuqori tashkilotlarga, tashqi investorlarga taqdim etiladigan rejalar.

Joriy yoki yillik rejalar korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yillik ishlab chiqarish-moliyaviy biznes-rejasidan, bo`lim, ferma va ishlab chiqarish bo`linmalarining (brigada, ferma, oila pudrati) yillik ishlab chiqarish rejalari va topshiriqlaridan iborat bo`ladi.

Operativ yoki ish rejalari – yillik rejalarni yanada detallashtirish maqsadida tuziladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • ayrim ish davrlari (yer haydash, ekish, ekinlarga ishlov berish, hosilni yig`ib-terib olish, qo`zilatish, chorva mollarini semirtirish va h.k.) uchun texnologik kartalar asosida tuzilgan ishchi rejalar;

  • chorvachilik tarmog`i, yordamchi va xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlarda haftalik, oylik va choraklik rejalar;

  • ayrim ishlarni bajarish uchun berilgan qisqa muddatli reja-naryadlar.

Rejalarning barcha turlari o`zaro bog`liqlikka ega va ularning hammasi yagona maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Istiqbol rejalar kelgusi bir necha yilda korxonani ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari, sur’atlari va ko`lamini belgilab beradi. Istiqbol rejalar ko`pincha prognoz xarakteriga ega bo`ladi.

Prognozlar joriy rejalardan farq qilib direktiv xarakterga ega emas, balki ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning asosiy yo`nalishlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Qo`yilgan vazifani bajarish muddatiga ko`ra, istiqbol rejalar uzoq muddatli (5-15 yil) va o`rta muddatli (2-5 yil) rejalarga bo`linadi.



Investitsion loyihalarni moliyalashtirishga mo`ljallangan biznes rejalar biror bir loyihani amalga oshirish maqsadida korxonaga investitsiyalar yoki kreditlar jalb etish maqsadida tuziladi. Biznes-reja biznes g`oyalarini kelajakda muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiladigan muhim hujjat hisoblanadi.

Aim.uz


Каталог: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa