43
lib olingunicha saqlanadigan depozitlari miqdori tahlil qi-
linayotgan davrda deyarli o‘zgarishsiz qolgan. Lekin jam-
g‘arma depozitlari miqdori 140 mln so‘m, ya’ni 12,3 foiz-
ga, muddatli depozitlar esa 200 mln so‘m, ya’ni 2,5 foiz-
ga kamayib ketgan. Shu bilan birga, boshqa banklarning hi-
sob raqamlaridagi mablag‘lar 300 mln so‘m, ya‘ni 6,8
foizga
va olingan uzoq muddatli kreditlar ham 500 mln so‘m, 3,3
foizga kamayganligi kuzatilgan. Tahlil qilinayotgan davr-
da mijozlarning boshqa depozitlari miqdori 1330 mln so‘m,
ya’ni 58,6 foizga o‘sgan.
Bankning jamg‘arma va muddatli depozitlarining kama-
yib ketishi uning depozit siyosatida kamchiliklar mavjudli-
gini bildiradi.
Jamg‘arma va muddatli depozitlar bank uchun eng bar-
qaror resurslardan hisoblanadi. Ularning barcha depozit-
lar hajmida salmog‘ining qisqarishi bank depozit baza-
sining barqarorlik darajasining
pasayib borishidan dalolat
beradi. Bank tomonidan jamg‘arma va muddatli depozit-
larni jalb etish borasida muhim chora va tadbirlar belgila-
nishi talab etiladi. Boshqa banklar hisob raqamlarida pul
mablag‘larining kamayishi ushbu bankning boshqa banklar
bilan korrespondentlik munosabatlarining qisqarib borishi-
ni bildiradi.
Olingan uzoq muddatli kreditlar salmog‘ining kamayishi
ularning o‘z muddatlarida qaytarilganligini bildiradi.
Lekin
bank uning likvidligini ta’minlash, oldiga qo‘ygan rejalari-
ni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hollarda Markaziy
bank va boshqa Banklardan uzoq muddatli kreditlarga doi-
mo ehtiyoj sezadi.
Talab qilib olinadigan depozit mablag‘larining o‘zgar-
masligi ko‘p hollarda uning mijozlari tarkibi va ular faoli-
yatida sezilarli darjada rivojlanish bo‘lmaganligini bildiradi.
Bank o‘zining mijozlari tarkibini son va sifat jihatidan yax-
shilab borishiga e’tibor qaratmog‘i lozim bo‘ladi.
44
Tahlil qilinayotgan davrda bank mijozlarining boshqa
depozitlari miqdorining 58,6 foizga oshganligi kuzatilgan.
Uning sabablarini aniqlash uchun bank balansida 22600-
mijozlarning
boshqa depozitlari, 22800-forvard, opsion,
fyuchers, svop operatsiyalarida realizatsiya qilinmagan zarar-
lar, 23200-kliring transaksiyalari, 23400-hukumat hisob ra-
qamlari daromad va boshqa tushumlari, 23600-bank tomo-
nidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar, 29800-
boshqa majburiyatlar tarkibi o‘rganilmog‘i lozim bo‘ladi.
Biz tahlil qilayotgan bankda mijozlarning boshqa depo-
zitlari mablag‘larining o‘sishi asosan 22618-jismoniy shaxslar
plastik kartochkalari bo‘yicha
majburiyat, 22600-korporativ
plastik kartochkalar bo‘yicha majburiyatlar, 23218-Moliya
vazirligi fondidan ajratilgan maqsadli mablag‘lar, 23220-
Moliya vazirligi maxsus fondidan olingan mablag‘alar,
23222-Moliya vazirligining maqsadli mablag‘lari hisobi-
ga tashkil topgan. Bu holat hisobot davrida plastik kar-
tochkalar muammosi yo‘lga qo‘yilganligi va bank mijoz-
lari orasida Moliya vazirligi qoshida tashkil etilgan qishloq
xo‘jaligini moliyalashtirish fondi mablag‘laridan foydala-
nuvchi paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining
ko‘payganligini bildiradi.
Bank majburiyatlari tarkibida
olingan qisqa muddatli
kreditlarning o‘sishi, asosan, bankning joriy likvidligi hola-
tini yaxshilashdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, bank keyingi yil uchun o‘zining
depozit siyosatini ishlab chiqishda mijozlari tarkibini bar-
qarorlashtirishga, jamg‘arma va muddatli depozitlar jozi-
badorligini oshirishga hamda uzoq muddat foydalanishi
mumkin bo‘lgan muomalaga chiqariladigan obligatsiya va
depozit sertifikatlarining jozibadorligini oshirishga e’tibor
qaratmog‘i lozim.
Bank majburiyatlarini tahlil
qilishda ularning tarkibi, di-
namikasi va barqarorlik darajasini o‘rganish bilan birga maj-
45
buriyatlar samaradorligi tahlili ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
Odatda majburiyatlar samaradorligi faoliyat natijasida
olingan sof foydaning majburiyatlarga nisbati bilan aniqla-
nadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu ko‘rsatkich ko‘p hollarda
majburiyatlar rentabelligi deb ham ataladi.
Bank majburiyatlaridan daromad olish maqsadida daro-
mad keltiruvchi aktiv operatsiyalarni
amalga oshirishda foy-
dalaniladi. Shuning uchun ham biz majburiyatlar samara-
dorligini olingan foizli sof foyda (foizli daromadlar-foizli
xarajatlar)ning majburiyatlar summasiga nisbatini olishni
maqsadga muvofiq deb topdik.
Shunday ekan, majburiyatlar samaradorligini quyidagi
formula orqali aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: