30
larining tahlil qilingan davr mobaynida o‘zgarishi quyida-
gicha bo‘ldi: 2012-yilda banklararo kreditlar summasining
2010-yilga nisbatan o‘sishi 34,8 foizni tashkil qildi. Bu esa,
sezilarli darajadagi o‘sish hisoblanadi.
«O‘zsanoatqurilishbanki» hukumatimizning iqtisodiy si-
yosatini hayotga tatbiq etishda muhim rol o‘ynayotgan
yirik
tijorat banklaridan biri hisoblanadi. Bankning bu mavqe-
yi uning depozit-ssuda operatsiyalarining mohiyatiga bevo-
sita ta’sir qiladi. Mazkur ta’sir bankning kreditlari hajmida
hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlarning salmog‘ini
yuqori ekanligida va resurslarning umumiy hajmida mar-
kazlashgan resurslarning salmog‘i yuqori ekanligida namo-
yon bo‘ladi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar
tijorat banklarining re-
surs bazasi hajmida markazlashgan resurslarning salmog‘i
juda kichik. Chunki rivojlangan xorijiy davlatlarning bank
amaliyotida Markaziy bankning kreditlaridan tijorat bank-
larining faoliyatida doimiy moliyalashtirish manbayi sifatida
foydalanilmaydi. Markaziy bankning kreditlaridan, odatda,
tijorat banklarining faoliyatida yuzaga keladigan qisqa mud-
datli pul mablag‘larining yetishmasligini
qoplash maqsadida
foydalaniladi. Shuning uchun ham markaziy bank tomoni-
dan tijorat banklariga beriladigan kreditlarning asosiy qis-
mi overdraft kreditlaridan iborat. O‘zbekiston Respublika-
si bank amaliyotida esa, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari-
ni kreditlash uchun zarur bo‘lgan
resurslar tijorat banklari-
da mavjud emas. Shuning uchun ham iqtisodiyotning ustu-
vor tarmoqlariga xizmat ko‘rsatayotgan mamlakatimizning
yirik tijorat banklarining balansida markazlashgan kreditlar-
ning salmog‘i yuqori hisoblanadi.
Biz yuqorida yirik tijorat banklarining depozit siyosa-
ti holatini tahlil qildik. Endi kichik xususiy tijorat bankla-
rining depozit siyosatiga xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rib
chiqamiz.
31
Respublikamizning kichik
xususiy banklarining asosiy
qismida transaksion depozitlarning depozit bazasi hajmida-
gi salmog‘i yuqori. Shunisi xarakterliki, kichik xususiy tijo-
rat banklarida muddatli depozitlarning depozitlar umumiy
hajmidagi salmog‘i juda kichikligicha qolmoqda.
Kichik xususiy banklarning ayrimlarida aholining mud-
datli omonatlarini jalb qilish borasida
sezilarli ishlar olib
borilmoqda. Masalan, «Kapitalbank»da aholining mud-
datli omonatlarining jami depozitlari umumiy hajmidagi
salmog‘i 2010-yilning 1-yanvar holatiga 63,2 foizni tash-
kil qildi.
Xulosa qilib aytganda, respublikamizning yirik tijorat
bank larida depozit siyosatini amalga
oshirish borasida sezi-
larli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni vaqtda, ularning de-
pozit siyosatining sezilarli kamchiliklardan xoli emasligi
tahlil natijalaridan ko‘rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: