“ TASDIQLAYMAN ” Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari: ______________ Sh. Karimov “______” _____________2022 y
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI IQTISODIYOT YO‘NALISHI TYUTORI XO‘JAMBERDIYEVA DILDORA ABDISALOMOVNANING FEVRAL Oyida amalga oshirgan ishlari
Hisoboti
Olib borilgan tashkiliy ishlar hamda talabalarni kiyinish madaniyati va davomati , universitet odob - axloq qoidalarida belgilangan ishlar bo‘yicha olib borilgan ishlar.
Menga biriktirilgan 21.108; 21.109; 21.110; 20.144; 20.145; 20.146-guruh talabalarini karantin vaqtidagi mashg‘ulotlari haqida kunlik hisobotni olib bordim.Fan o‘qituvchilari tomonidan ZOOM ilovasida tashkil qilingan onlayn darslarga talabalarni to‘liq jalb etdim.
Talabalarning karantindan an’anaviy o‘quv jarayoniga qaytishi bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Ta’lim muassasasiga qaytishi vaqtida ularni yo‘l-harakati qoidalariga amal qilishliklari haqida tushuntirishlar olib bordim. Har biri bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldim. Muloqot davomida ularning sog‘liklari to‘g‘risida ma’lumot oldim. Va shu bilan birgalikda karantindan qaytgan 20.144, 20.145 20.146 guruh talabalarni ijara xonadonlariga va talabalar turar joylariga kelib joylashishlarini nazoratga oldim.
Karantin tufayli 1-bosqich 21.108; 21.109; 21.110-guruh talabalari yakuniy nazoratlarini HEMIS platformasida onlayn tarzda amalga oshirildi. Shu munosabat bilan yakuniy nazoratlarini o‘z vaqtida topshirishlarini nazoratga oldim.
Menga biriktirilgan guruhlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19-yanvardagi 92-sonli qarori “ Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, universitet kengashining 2022-yiI 28-yanvardagi6-sonli yig‘ilishida ma‘qullangan UNIVERSITETICHKI TARTIBQOIDALARI hamda ODOB-AXLOQ KODEKSI bilan tanishtirdim. Mazkur qoidalarga rioya qilinishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordim va yo‘riqnomadan o‘tkazdim.
Guruh talabalarining dars mashg‘ulotlariga qatnashish bo‘yicha fevral oyi monitoringi o‘tkazildi va dekanatga taqdim etildi.Sababsiz dars qoldirayotgan talabalar bilan suhbatlashib, sabablar va oqibatlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Oila qurgan qizlar bilan alohida suhbatlashdim.
Talabalar bilan olib borgan ishlarim to‘g‘risida kunlik hisobotni fakultetning yoshlar masalalari va ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosariga taqdim etdim.
Universitetyoshlar bilan ishlash va ma’naviyay -ma’rifiy bo‘limi hamda fakultet dekanati tomonidan berilgan topshiriqlarni bajardim.