O. T. Alayiya, sh. Q, Q o d ir o V a. N. Q q d ir o V, sh. H. H a m r o q u lo V e. H. H a lilo y



Download 12,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/242
Sana27.03.2023
Hajmi12,47 Mb.
#922030
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   242
Bog'liq
9df1158b73cf75933e31ab985e68c3b5 NORMAL FIZIOLOGIYA

A yollar jin s iy gormonlari.
Ayollar jin siy gorm onlari bezlaridan 
(tuxumdon) estrogenlar va progesteron ishlab chiqariladi. Bu gormonlarning 
ajralishi siklik xarakterga egadir, bu qizlarda hayz ko‘rish paytida gipofizni 
gonadotrop gormonlarining sekresiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Estrogenlar faqat 
jinsiy bezlardan emas, bu gormonlar, oz miqdorda buyrak usti bezi po‘stloq 
qavatining to‘rsimon sohasida ham ishlab chiqariladi. Homiladorlik paytida 
estrogenlar sekresiyasi, yoidoshning gormonal faolligi ta ’sirida ortadi. 
Bu guruhda faolligi yuqori bo‘lgan gormon в-estradiol bo‘lib hisoblanadi. 
Sariq tananing gormoni progesteron bo‘lib, hayz ko'rishning oxirlarida 
uning sekresiyasi kuchayadi.
Estrogenlar ta’sirida birlamchi va ikkilamchi ayollar jinsiy belgilarining 
yuzaga chiqishi tezlashadi. B alog‘atga yetish davrida tuxum donlar 
o ‘lch am i, b a c h a d o n , q in va ta sh q i jin s iy a ’z o la rn in g o ‘lcham i 
k attalashadi. P roliferatsiya jaray o n lari va endom etriyada bezning 
kattalashuvi kuzatiladi, bu ta ’sir osteoblastlar faolligini oshirish orqali 
nam oyon b o ‘ladi. Shu bilan bir qatorda, suyakning epifizar tog‘ayiga 
ta ’sir etib, uning uzunasiga o‘sishini tormozlaydi. Bu gormonlarning ta’siri 
natijasida oqsillar biosintezi kuchayadi, yog‘lam ing hosil b o ‘lishi ham 
ortadi, ortiqcha yo g ‘lar teri ostiga shunday to ‘planadiki, ayol qomatini 
xarakterlab beradi. Estrogenlar ta ’sirida ayol terisi nozik, silliq va 
kapillyarlar bilan yaxshi ta’minlanadi, jun bilan qoplanishi ham ayol tipiga 
mansub bo‘ladi.
2 2 2


Progesteron
Menstrual davrning ikkinchi 
yarmida bachadon shilliq 
qavatining rivojlanishi va shira 
ajratishi
Ko'krak bezining o'sishi
Estrogeniar ajralishini 
tormozlash
Tuxumdon
Homiiadoriikda homiianing 
bachadonga impiantasiyasi va 
rivoiianishi
Ikkilamchi jinsiy belgiiarning 
rivojlanishi
5 4 -ra sm . T uxum don gorm onlari va ularning vazifalari.
Homiiadoriikda bachadonning 
o'sishi
Estrogeniar
Menstruai davrning birinchi 
yarmida bachadon shilliq 
qavatining gipertrofiyasi
Progesteronning organizm dagi aham iyati quyidagilardan iborat: 
u ru g ‘langan tuxum h u ja y rasin i en d o m etriy ag a in p la n tatsiy asig a 
tayyorlaydi. Bu gormon ta ’sirida endometriya hujayralarining proliferativ 
va sekretor faolligi ortadi. Proliferativ va sekretor faollik sut bezlarida 
ham kuzatiladi, bu esa uning oicham ining kattalashuviga olib keladi. Bu 
bezlardan jinsiy gormonlaming oz ishlab chiqarilishi quyidagi holatlarga: 
hayzning buzilishi, sut bezlari, qin, bachadonning atrofiyasiga olib keladi. 
Suyak tizimi ham ko‘p o‘zgarishlarga uchraydi, suyakning epifizar sohasi 
o ‘sishdan to ‘xtaydi, bu esa suyakning uzunasiga o ‘sishini tormozlaydi. 
Bunday ayollaming tashqi ko ‘rinishi, erkaklar tashqi ko‘rinishini eslatadi 
va ovoz tembri past b o ia d i.
Estrogen va progesteron ajralib chiqishining boshqarilishi gipofizning 
gonadotropin gormoni orqali idora etiladi. Qiz bolalarda bu gormon 9-10
223


yoshdan ajrala boshlaydi. G o n a dotropinlarning sekresiyasini esa 
qondagi ayollar jinsiy gormonlarini k o ‘payib ketishi tormozlaydi.
Epifizning ichki sekresiyasi.
Epifiz bosh miya markazida, uchinchi qorincha 
tubida joylashgan. Odam epifizining diametri 3-4 mm. Bu bezning borligini 4 
ming yildan beri odamlar bilsa hani uning faoliyati oxirgi 20-30 yillar davomida 
aniqlandi. XVII asrdaR.Dekart epifizni «jon egari» deb farazqilgan. Asrimizning 
boshlarida ovqatga maydalangan epifiz qo‘shib berilganda itbaliqlaming rangi 
oqarganligi aniqlangan edi. Shunga asoslanib, o‘tgan asming 50-yillarida 
amerikalik olim A.Lemer epifizda pigment almashinuviga ta’sir qiladigan modda 
bo‘ Isa kerak, deb taxmin qildi va bir necha 10 ming qora mol epifizidan bir-ikki 
gramm modda ajratib oladi va baqaning organizmiga yuborilganda, uning 
terisi oqarib ketdi. Shunday qilib,, yangi gormon melatonin kashf qilindi. Olimlar 
o‘tkazgan tajribalarda melatoninning ko‘p qirrali samaraga ega gormonligi 
aniqlandi. U boshqa bir biogen aminseratonindan hosil bo‘lib, pigment 
almashinuvini, jinsiy faoliyatni, kecha-kunduzlik va fasllik ritmlarini, hujayralar 
bo‘linishini va rivojlanishini boshqarilishida ishtirok etadi. Epifizdan tashqari, 
melatonin hazm tizimidagi apudotsitlarda, tomirlar endoteliyida, buyrak usti 
bezi po‘stloq qismida, miyachaning Purkine hujayralarida, simpatik tugunlarda 
sintezlanadi. Melatonin ko‘z to‘r pardasida ham topilgan. Gormonning to‘r 
pardasidagi miqdori kamayib ketsa, odamning ranglami ajratish qobiliyati 
buziladi. Melatonin uyqu keltirish qobiliyatiga ham ega. Bir necha tomchi 
gormon eritmasi mushuk bumiga tomizilganda 70-100 daqiqa davom etuvchi 
chuqur uyqu kuzatiladi.
Oxirgi vaqtda melatoninning yana bir juda muhim xossasi aniqlandi. U 
hujayralar bolinishini sekinlashtirib, o ‘smaga qarshi ta ’sir ko‘rsatar ekan.
M elatonin gipofizdan gonadotrop gorm onlarning qonga o ‘tishini 
kamaytiradi. Demak, uning qondagi miqdori ko‘payib ketsa balog‘atga 
yetish ch o ‘zilib ketadi. G orm onning yetishm ovchiligida esa jin siy
rivojlanish tezlashadi.

Download 12,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish