haqida bir qator qiziq ma’lumotlar
uchraydi. Miloddan avvalgi II asrning 20-yillarida Farg‘ona, So‘g‘diyona,
Baqtriyada safarda bo‘lgan xitoylik elchi Chjan Syanning guvohlik berishicha,
Farg‘onaning aholisi bir necha yuz ming kishidan iborat bo‘lib, harbiy qo‘shini soni
60 mingdan iborat bo‘lgan. Farg‘ona boshqaruv tizimida hukmdor, uning ikki
yordamchisi (vaziri) va oqsoqollar kengashi faoliyat ko‘rsatganligi xitoy
manbalaridan ma’lum. Yordamchilar asosan oliy hukmdorning qarindoshlari
orasidan tayinlangan bo‘lishi kerak. Ammo, oqsoqollar kengashi mamlakat ijtimoiy,
siyosiy va tashqi munosabatlarida faol ishtirok etish bilan bir qatorda oliy hukmdor
faoliyati bilan bog‘liq tadbirlarda qatnashish qudratiga ham ega bo‘lgan. Urush
ochish, sulh tuzish, yangi hukmdorni tayinlash, uni taxtdan mahrum etish kabi
tadbirlarda oqsoqollar kengashi yetakchi o‘rin tutganligini ko‘rsatuvchi guvohliklar
talaygina. Masalan, xitoyliklarning Farg‘onaga tajovuzlari chog‘ida oqsoqollar
kengashi o‘zaro sulh tuzish tarafdori bo‘lib chiqadi va bunga erishadi ham. YO
bo‘lmasa, xitoyliklar bosqini bilan bog‘liq voqealar sababchisi deb topilgan Mug‘uy
oqsoqollar kengashi hukmi bilan qatl qilingan
1
.
Miloddan avvalgi 263-yilda Salavqiylar davlatida hokimiyat uchun olib
borilgan urushlar tufayli hozirgi Turkmaniston respublikasi hududida Parfiya
podsholigi
tashkil topdi. Keyinchalik Parfiya jahondagi eng qudratli davlatlardan
biriga aylanadi. Uning ijtimoiy tuzumi zodagon jangchilar, yengil qurollangan
suvoriylar; erkin jamoachi dehqonlar va qullardan iborat bo‘lgan. Davlat boshlig‘i
podshoh bo‘lib, uning hokimiyati ikkita kengash bilan cheklangan edi. Birinchi
kengash urug‘ zadogonlari, ikkinchisi kohinlar kengashi. Bu ikki kengash birgalikda
avvalgi davlat boshlig‘ining merosxo‘r haqidagi vasiyatini hisobga olgan holda
yangi podshohni saylagan. Parfiya davlati bir necha kichik podsholiklarga bo‘lingan
bo‘lib, ularning hukmdorlari o‘zlarining tangalarini zarb etish huquqidan
foydalangan. Bu kichik podsholiklar satrapliklarga, ular gipaxariylarga, ular esa
statmilarga bo‘lingan. Bir guruh satraplarga marzpanlar boshchilik qilgan
2
.
Har bir qishloq alohida qal’ani tashkil qilib, dizpat nomi bilan yuritilgan qal’a
boshlig‘i tomonidan boshqarilgan. Dizpatlar satrapga bo‘ysungan. Otliq qo‘shin
boshlig‘i Tiridat. Bir necha xazinachilar bo‘lgan. Soliqlarni yig‘ish, yig‘ilgan
mahsulotlarni saqlash bilan shug‘ullanuvchi, mirza, muhrdor, hisobchi kabi
mansabdor shaxslar faoliyat ko‘rsatgan. Mahalliy ma’murlarning asosiy vazifasi
soliqlarni yig‘ish, xalqni mavjud tartiblarga itoatda tutib turish bo‘lgan. Ayrim
ma’lumotlarga qaraganda yirik shaharlarda o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lgan,
shaharlarning tanga pullari bo‘lgan.
Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning oxiri va milodning birinchi ming
yilligi boshlarida Osiyoda katta mavqega ega bo‘lgan davlatlardan biri – Xunnlar
1
Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари. – Т.: Ўқитувчи, 2001. 114-b
2
A. Аскаров. ―Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. – T., 2007. 91-b
11
davlatidir. Uyg‘urlar va boshqa turkiy xalqlarning ajdodlari bo‘lmish xunlar
miloddan burungi 209-yiligacha 500 yil hukm surgan qudratli Xun Tangriqutligi
(imperiyasi)ni vujudga keltirdilar. Mazkur imperiyaning hududi kunchiqarda ulug‘
okean qirg‘oqlarigacha borib tutashgan, shimolda Lena daryosi, Boyko‘l (Baykal
ko‘li), Yansi daryosining o‘rta iqlimlarigacha, janubda Xitoy devorigacha, g‘arbi
janubda Hindiston (Sind)ning shimoligacha, yaksartlar, abinlar, assionlar va boshqa
qabilalar istiqomat qiluvchi Sirdaryoning shimoliy va shimoliy sharqiy qismlari,
g‘arbda Kaspiy dengizining sohillarigacha cho‘zilgan.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, xunlar qo‘shni davlatlarga tez-tez
hujumlar uyushtirib turganlar. Bu hujumlar ko‘pchilik hollarda ularga muvaffaqiyat
keltirgan. Lekin ko‘p o‘tmay, xunnlar o‘rtasida nizo vujudga kelib, janubiy xunnlar
(Oq xunnlar) va shimoliy xunnlar (Ko‘k xunnlar)ga bo‘linish yuz bergan. Ana
shunday urushlardan birida Kushonlar–Oq xunnlar Ko‘k xunnlardan yengilib
Qoshg‘ardan siqib chiqariladi va Farg‘ona orqali Baqtriyaga o‘tib, uni bosib
oladilar. Xunnu qabilalarining bir qismi miloddan avvalgi III–II asrlarda Sibirda
qo‘nim topgan. Miloddan avvalgi II asrda Xunnular Markaziy Osiyodan Ural oldi
rayonlariga ko‘chib o‘tgan. Ularning mahalliy sarmatlar bilan qo‘shilibchatishib
ketishlari natijasida xunn qabilalari (Gunlar) paydo bo‘lgan. Xun qabila ittifoqining
bir qismi Yettisuv va Sirdaryo bo‘ylaridagi poyonsiz cho‘llarga ko‘chib o‘tadilar va
bu yerli sak, massaget qabilalari bilan aralashib ketadilar.
Xunnlar davlati tepasida shanyuy (ulug‘ azim) turgan. Shanyuy lavozimini
xunnlar qabilasiga kiruvchi 24 ta urug‘ boshliqlaridan eng ulug‘i egallagan. U katta
vakolatlarga ega bo‘lsa-da, uning hokimiyati mutlaq emas edi. Shanyuy hokimiyati
har biri 2 mingdan 10 minggacha otliq qo‘shinga ega bo‘lgan urug‘ boshliqlari
tomonidan cheklangan edi. Dastlabki davrlarda Shanyuy urug‘ boshliqlari
tomonidan saylangan, keyinchalik esa saylov o‘rnini taxtga o‘tqazish marosimi
egallagan. Xunnlar davlatining so‘nggi davriga kelib davlat boshlig‘ining
hokimiyati vasiyat asosida meros tariqasida otadan o‘g‘ilga o‘tadigan bo‘lgan.
Davlat boshlig‘i – shanyuy harbiy, diplomatik va diniy sohalarga boshchilik qilgan.
Qonunchilik hokimiyati ham uning qo‘lida bo‘lgan.
Xunnlar qabilasidagi urug‘lardan Xuyan, Lan va Syuybu urug‘lari asilzoda
urug‘lar hisoblanib, davlat idoralaridagi yuqori mansablarga ularning vakillari
tayinlangan. Masalan, sudya lavozimiga Syuybu urug‘i vakili tayinlangan. Boshqa
urug‘lar asilzoda urug‘lar foydalangan imtiyozlardan mahrum etilgan bo‘lsalarda,
biroq ular o‘zlarining ichki ishlari borasida mustaqil bo‘lganlar. Ularning o‘z
hukmdorlari bo‘lib, ularning hokimiyati meros tariqasida o‘g‘illariga o‘tgan.
Xunnlar davlatining markaziy boshqaruv devonida asosiy vazifalar
shahzodalar, xizmatchi asilzodalar va urug‘ zodagonlari o‘rtasida taqsimlangan.
Qadimgi davr davlatchiligi va huquq tarixini o‘rganishda diniy, tarixiy, huquqiy
hujjatlarning ahamiyati beqiyosdir. Ahamoniylar davlatining turli mintaqalarida
huquq tizimi va institutlari har xil bo‘lgan. Doro davrida yagona huquq tizimini
12
tashkil qilish maqsadida qonunlar qabul qilinganligi haqida ma’lumotlar bor. Lekin
bu qonunlar bizgacha yetib kelmagan. Bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra,
Ahamoniylar davlatida podshohning fikri, xulosasi, qarori hal qiluvchi rol o‘ynagan.
Uning qarori qat’iy bo‘lib, o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan. Lekin podshoh
davlatni boshqarishda forslarning an’analarini hurmat qilish, yettita asilzodalar
urug‘larining vakillari bilan maslahatlashib ish ko‘rishi lozim edi.
Doro I ayrim ishlarni shaxsan o‘zi ko‘rib hal qilgan alohida ishlarni ko‘rish
uchun sudyalar tayinlagan. Oddiy jinoyatlar podshoh tomonidan tayinlanadigan
sudyalar tomonidan ko‘rilgan. Sudyalik lavozimi meros tariqasida farzandga o‘tgan.
Podshohga, uning oila a’zolariga qarshi qaratilgan jinoyatlar eng og‘ir jinoyatlar
hisoblanib, o‘lim jazosi bilan jazolangan. Ko‘pchilik hollarda butun oila a’zolari
o‘limga hukm qilingan. Boshqa jinoyatlar birinchi marta sodir etilganda o‘lim jazosi
qo‘llanilmagan, faqat bir necha jinoyatlarni sodir qilganligi uchun o‘lim jazosi
qo‘llanilgan
1
.
Qadimgi davr huquq manbalaridan biri «Avesto»dir. Miloddan avvalgi IX
asrlarda mazdaparastlik va bu dinning muqaddas kitobi «Avesto» yuzaga keldi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, «Avesto» taxminan Miloddan avvalgi IX asrdan IV asrgacha
tuzilgan. Bu nodir kitob shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlariga
qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosdir. «Avesto» kitobi ayni zamonda bu o‘lkada
buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi
tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi. Manbalarda ko‘rsatilishicha,
Avesto 21 kitob (nasx)dan, gatlar (eng qadimgi qismlar), yashtlar, urf-odat hamda
marosimlar bayoni iborat. Uning matni o‘n ikki ming oshlangan mol terisiga oltin
harflar bilan bitilgan. Bu nusxa to Iskandar zamonasiga qadar Istahr shahrida
saqlangan. Iskandar bu yurtni bosib olgach, uni yo‘q qilib yuborgan.
Avesto 348 bobdan iborat bo‘lgan, unda 345700 so‘z bo‘lgan. Avestoning
Vendidot kitobida huquqiy qoidalar o‘z aksini topgan. U qadimiy mug‘larning odat
va an’analari, rasm-rusumlari, axloq-odob, madaniyat va maorifini, qonunlarini o‘z
ichiga olgan. Avestoda jinoyat, oila-nikoh, fuqarolik, harbiy, sud huquqi normalari
mavjud. Vandidodda mehnat, yaratuvchilik, saxiylik, ezgulik, poklik, yaxshi niyat
va yaxshi so‘z ulug‘lanadi. Uning 13, 14-boblarida suvning qadriga yetish, undan
unumli foydalanish haqida, har kuni ekinni ikki marta sug‘orish mumkinligi, har
kishi «bir belkurak» kenglikda va chuqurlikda ariqqa sig‘adigan suv olishga haqli
ekanligi, suvni taqsimlash bilan kohinlar shug‘ullanishi, suvni ifloslantirmaslik,
yerga ishlov berish, bug‘doy, giyoh va mevali daraxt ekish to‘g‘risidagi normalar
bor. Bu normalarni buzganlik uchun majburiy mehnatga jalb qilish jazosi
belgilangan.
1
Матбобоев B.X. ―Ўзбек давлатчилигининг илк босқичларида Фарғона. Тошкент-2001. 154-b
13
Tozalikka rioya qilmaganlarga nisbatan qattiq jazo belgilangan. O‘lgan
odamni yoki itni yerga ko‘mib 6 oygacha qazib olmasa besh yuz qamchin «aspahih-
ashatra», besh yuz qamchi «saravushu-charana» bilan jazolangan. Agar bir yilgacha
qazib olmasa, 2000 darra urish bilan jazolangan. Kim o‘likni yoqsa o‘lim jazosiga
hukm qilingan. Oila-nikoh borasida oilani mustahkamlash va bola tarbiyasi bilan
bog‘liq masalalarga alohida e’tibor berilgan. Er-xotinning bir-biriga xiyonat
qilganligi, nikohsiz er-xotinlik munosabatida bo‘lganlik uchun tan jazosi
belgilangan.
Qadimgi davrlarda mansabdorlik jinoyatlari – mansabni suiiste’mol qilish,
poraxo‘rlik, adolatsiz hukm chiqarish, xudolarga va kohinlarga qarshi, shaxsga
qarshi (odam o‘ldirish, tan jarohati yetkazish, urish, zahar va nasha tayyorlash),
mulkiy (o‘g‘irlik, mulklarni yoqib yuborish, chegara belgilarini yo‘q qilish) uchun
ham jazo borligi haqida ma’lumotlar bor. Jinoyatchilarga nisbatan o‘lim jazosi, tan
jazosi, mol-mulkni musodara qilish, pul jarimasi, qamoq jazosi qo‘llanilgan. Dalil
sifatida sudda aybdorning o‘z aybini bo‘yniga olish, guvohlarning ko‘rsatmalari,
qasam ichish kabilar tan olingan. Sud jarayonida olov, qizdirilgan temirni bosish,
eritilgan qo‘rg‘oshinni ko‘krakka quyish kabi turli qiynoqlar qo‘llanilgan.
Shunday qilib, Avesto va uning huquqiy qismi bo‘lgan Vandidod jamiyatni
pok saqlash, ezgulikni ulug‘lash, yomon illatlarni bartaraf etish, xalqni farovon va
yaxshi turmush kechirishini ta’minlashga xizmat qilgan.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |