1
Reja
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. O‘rta Osiyodagi eng qadimgi davlatlar paydo bo’lishiga omillar
2. Baqtriya, Parfiya va qator qadimgi davlatlar
vujudga kelishi
3. O’zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
2
Kirish
Mustaqillik biz o‘tmishimizni to‘la va haqqoniy yoritib berish imkonini
yaratib berdi. O‘zbekiston tarixining ko‘plab sahifalari biz uchun “ochilmagan
quriqdir”. Shu nuqtai-nazardan vatanimiz tarixining turli davrlardagi ahvoli, uning
sohalarida erishilgan muvafaqqiyatlar va muammolarini o‘rganib, keng
jamoatchillik e’tiboriga havola qilish bugungi kunning dolzarb vazifasiga
aylanmoqda. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi” PF-4947-sonli Farmoni
va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirish kun tartibidagi muhim masalalardan
biri ekanligini ta’kidlash lozim
1
.
Mustaqillik tufayli O‘zbekiston tarixini ixtisoslashish jarayoniga keng yo‘l
ochildi. Xususan, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy soha tarixlari alohida-
alohida
tadqiq etilib, mazkur tarmoqlar faoliyati maxsus yoritilgan tarixiy asarlar
ko‘paymoqda. Jumladan, birgina iqtisodiy soha tarixining o‘zi bir qator
yo‘nalishlarga ega. Masalan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, yer egaligi, soliq tizimi tarixi
bo‘limlarining har biri o‘z xususiyatlariga ega. Har qanday soha qanchalik chuqur
ixtisoslashib borsa, uni o‘rganish shunchalik takomillanib boradi. Tarixda o‘tgan
davlatlarda boshqaruv tizimi va yer egaligi munosabatlarini o‘rganish, o‘sha davlat
ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida yaqqol tassavvur hosil qilishga imkon yaratadi.
O‘zbekiston tarixida uch xonlik davri muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. O‘zbek
davlatchiligimiz tarixidagi salbiy omillardan biri-bu
yagona davlatning bir necha
mustaqil siyosiy bo‘laklarga bo‘linib ketishidir. Bu bo‘linish sabablarini eng avvalo
bizda
“davlatni milliylik belgisiga qarab tashkil etish an’analari”
shakllanmaganidan, qolaversa shaybonilar hukmronligi yillaridagi qo‘sh
hokimmiyatchilik holatidan, XVII-XIX asrlarida kuchayib borgan urug‘-
aymoqchilik, mahalliychilik kabi illatlardan qidirish kerak. O‘rta Osiyo xonliklarida
davlat mansablari, yer egaligi, soliq va majburiyatlarida ko‘p jihatlarida o‘xshashlik
bilan birga jiddiy farqlar ham mavjud edi.
Har uchala xonlikda markaziy boshqaruv to‘laligicha oliy hukumdor amir
yoki xon qo‘lida to‘plangan. Bosh vazir o‘rnida qabul qilinadigan qo‘shbegi
mamlakat boshqaruvi, moliya, soliq, xazina, poytaxtagi ahvol bilan bog‘liq eng
muhim masalalarni nazorat qilgan. Barcha viloyatlar unga bo‘ysungan. Shuningdek,
barcha xonliklarning jamiyat boshqaruvida otalik, inoq, mehtar, shayxulislom, qozi
kalon muhim o‘rinni egallagan. Masalan, shayxulislom mamlakatdagi mafkuraviy
munosabatlarda
eng oliy daraja hisoblanib, jamiyat ma’naviy hayotida, hukmdor
xonadoni va oliy hukumdor turish-turmushiga ta’siri jihatidan nihoyatda katta
mavqega ega bo‘lgan. Bu davrda siyosiy munosabatlar
bashqaruv tartiblari
1
Mirziyoyev SH. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik
qoidasi bо‘lishi kerak. Toshkent - “О‘zbekiston” - 2017.
3
qanchalik murakkab bo‘lishidan qat’iy nazar, yer egaligi va soliq hamda
majburiyatga e’tibor susaymagan. Chunki mamlakat iqtisodiy rivoji ko‘p jihatdan
mazkur masalalarga ham bog‘liq bo‘lgan. Shu jihatdan, O‘rta Osiyo xonliklari
hukmronligi yillarida davlat boshqaruvi, yer egaligi munosabatlari, soliq tizimi va
majburiyatlar muammosini o‘rganish dolzarb masaladir. O‘rta Osiyo xalqlarining
kelib chiqishi va ularning
tarixi haqida turli qarashlar, konsepsiyalar, hatto
g‘ayrilmiy talqinlar mavjud. Ularning kelib chiqishi haqida mavjud ilmiy asarlar
hamda chet el manbashunosligida bayon qilingan ob‘ektiv ma‘lumotlarga tayanib,
haqiqatni yuzaga chiqarish hozirgi kunning dolzarb vazifasidir.
Ma'lumki
sobiq SSSR parchalanib, uning o'rnida vujudga kelgan mustaqil
milliy respublikalar o'zlarining yangi tarixini yozib, chop qildira boshladilar. Ba'zi-
bir milliy respublikalar rahbarlari, tarixchi olimlari tomonidan chop qilingan
kitoblarida o'z millatni ulug'lash, O'rta Osiyoda yashavchi boshqa xalqlardan ustun
qo'yish, tarixiy jarayonlarni soxtalashtirish hollari ko'zga tashlanmoqda. Masalan,
sobiq Turkmanboshi Safarmurod Niyozovning “Ruxnoma” asarida turkmanlar O'rta
Osiyoning eng qadimiy va eng madaniy
xalqi sifatida talqin qilinib, go‘yo ular
mintaqada dastlabki davlatchilikka asos solganligini aytib o‘tgan. Tarixda
“Xorazmshohlar - anushteginlar davlati” deb atalgan davlatni “Ko’hna Urganch
Turkman davlati” deb atab tarixiy haqiqatni soxtalashtiradi. “Ruxnoma”da
o'zbeklar, o'zbek xalqi umuman tilga ham olinmagan.
Fanga ma'lumki, O'rta Osiyo hududlarida istiqomat qilayotgan eng qadimgi
xalqlar - bu baktriyaliklar, so'g'diylar, parfyanlar,
xorazmiylar va turli sak
kabilalaridir. Bular haqida mil. avv. VI-V asrlarga doir yozma manbalarda,
ahamoniy podsholarning epigrafik yozuvlarida ma'lumotlar mavjud.