Vatanimiz tarixiga nazar tashlasak, uning turli voqealarga boy bo’lganligini ko’ramiz. O’zbekiston tarixi juda qadimdan shakillanib kelgan. Tariximiz voqealarga boy b’lishi bilan bir qatorda juda ko’p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan. Bu qiyinchiliklarni sanayversak uning cheki yo’q. Ahamoniylar bosqiniyu, Iskandar Zulqarnayin hujumlari, Arablaru, Mo’g’illar va keyinchalik Chor Possiyasining zulmlari. Shu bosqinlarga qaramasdan o’zbek xalqi o’zining borlig’i, urf-odatlari, an’analarini, hamma- hammasini saqlab qola oldi. Har bir bosqinga qarshi ajdodlarimiz shunday janglar olib bordiki ta’riflashga til ojizlik qiladi. Bu bosqinlarga qarshi ko’plab jasur va mard ajdodlarimiz mardonavar jang olib borishgan. Massagetlarning jasur malikasi To’maris, sak qabilasidan bo’lgan mard yigiti Shiroqning jasorati, Iskandarga qarshi so’g’d o’g’loni Spitamenning ko’rsatgan ajoyib jasorati, Arablarga qarshi Muqanna, Mahmud Tarobiy, Mo’g’illarga qarshi Xorazim o’g’lonlari Sulton Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik jasoratlarini aytib o’tish mumkin.
Bular ichida buyuk Sohibqiron Amir Temurning qilgan ishlarini alohida aytib o’tish mumkin. U o’zbeklarning elat bo’lib shakillanishida katta yo’llarni ochib berdi. Birinchi navbatda u vatanimizni mo’g’illardan tozaladi va Movaraunnahr va Xurosonda buyuk davlatga asos soldi. Bulardan tashqari vatanimiz hududidan ko’plab buyuk davlat arboblari, buyuk mutaffakkirlar, olimlar, shoirlar etishib chiqqan. Ular jahon sivilizatsiyasining rivojiga katta hissa qo’shgan. Bular ichida Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Al-Farobiy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy Alisher Navoiy Zahriddin Muhammad Bobur va boshqalarning ijodini alohida aytib o’tish mumkin. Xorazmiy o’zining "œAl-jabr Val Muqobala" asari bilan algebra faniga asos soldi. Beruniy esa dunyoda birinchi bo’lib erning dumaloq ekanligini isbotlab berdi va globusni yaratdi. Ibn Sino esa o’zining "œTib qonunlari" kitobi bilan dunyoga mashxurdir. Alisher Navoiy qilgan ishlarni vatanimiz balki jahonda ham ko’plab odamlar biladi deb aytsak ham xato qilmagan bo’lamiz. U o’zbek tilini yaratdi va o’zbeklarning hech kimdan kam emasligini isbotladi. Bularni sanayversak cheki yo’q.
Biz ajdodlarimizning qilgan ishlaridan faxrlansak arziydi. Biz ulardan o’rnak olishimiz va ularday vatanparvar, erksevar va vatan uchun hamma narsaga tayyor bo’lishimiz kerak va avlodlarga o’rnak bo’lishimiz zarur. Biz tariximizni ko’z qorchig’day asrashimiz va ularni to’laligicha kelgusi avlodlarga etkazib berishimiz shart va zarurdir.
Vatanimizda yashayotgan har bir inson millatidan, dinidan qat’iy nazar tariximizni bilishi kerak. Tarixni bilmagan insonning kelajagi ham bo’lmaydi. Tarixni bilmaslik bu o’zligini bimaslik degani. Tarixni bilgan insonning kelajagi porloq va sokin bo’ladi. Shunday ekan har-birimiz tariximizni o’rganaylik va uning ochilmagan qirralarini topib xalqimizga havola qilaylik va ajdodlarimizni ham tarixni bilishga undaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |