JALOLIDDIN MANGUBERDI.
O’z dovyurakligi, ustakorligi, makkorligi bilan mashhur bo’lgan Temuchen XII asrning oxirlariga kelib nafaqat mo’g’illarning ko’p sonli urug’-qabilalarini, shu bilan birga ular bilan yonma-yon, qo’shni yashab kelganko’plab turkiy elatlar, chunonchi, jaloirlar, oyratlar, qaritlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg’izlar, uyg’urlar, Qorluqlar va boshqalarni ham birin ketin bo’ysindirib kuchli davlatga asos soldi.Bu davlat harbiylashgan tizimga asoslanganligi bilan ajiralib turadi. Temuchin oliy hokimiyat muryvvatlarini o’zining o’g’illari va eng yaqin kishilariga topshiradi. Jumladan uning yaqin safdoshlaridan Subitoy, Xubiloy, Jebe, farzandlari: Jo’jixon, Chig’atoy, O’qtoy, To’layxonlar birinchi bo’lib tuman sohiblari bo’lganlar. Shunday qilib Chingizxon xoriliy ellarni zabt etishdan iborat o’z oldiga qo’ygan yovuz, agressiv maqsadlarini tez orada amalga oshirishga imkon yarata bordi. Shu tariqa, XIII asr boshlariga kelib Chingizxon etakchiligida kuchli davlat vyjydga keldi.
Endilikda Chingizxon qo’shni davlatlar va xonliklarni bosib olish uchunistelochilik yurishlarini boshlaydi. 1215 yil boshlariga kelib Shimoliy Xitoy poytaxti Pekin ishg’ol etildi. 1217 yilda Xuanxe daryosining simolidagi barcha erlar mo’g’illar tasarrufiga o’tadi.1218 yilga kelib Ettisuv hududining qolgan qismi ham mo’g’ilarga tobe bo’ladi. Endilikda Chingizxonning asosiy bosh maqsadi uning jahonga hukumron bo’lishiga katta to’g’noq bo’lib turgan buyuk Xorazimshohlar qo’shinini tor-mor keltirib, uning erlarini o’z qo’l ostiga kiritish edi. Bu davrda Xorazimshohlar saltanatining ichki ijtimoiy-siyosiy hayoti g’oyatda murakkabm, ziddiyatli kechayotgan edi. U tashqaridan ulug’vor keng hududlarga yoyilgan, qudratli saltanat bo’lib ko’rinsada va uning hukumdori Muhammad Xorazimshoh o’zini "œIskandariy soniy", "Xudoning erdagi soyasi" deb bilsada, haqiqatdaesa Xorazimshohlar sulolasi ichdan emirilishga, tanazzullikka yuz tutgan edi. Buning ustiga Xorazimshohning xalifalik hududlarini qo’lga kiritish da`vosi bilan 1217 yilda Bag’dod sari qo’shin tortish ham xalifalikdagi hukumdorlarni qahru g’zabga keltirgandi. Shunday qilib Chingizxon va Xorazimshohlar o’rtasidagi jang yaqin edi. Chingizxon jang uchun qulay vaziyatni kutayotgan edi. Xuddi shunday qulay vaziyat 1218 yilda sodir b’ldi. Shu yili Chingizxon amri bilan Xorazim davlatiga 500 tuyada sovg’alar, tillo-kumush bisotlar, savdo mollari ortilgan, asosiy tarkibi musulmon savdogarlaridan iborat 450 kishilik karvon yuborildi. Biroq karvon O’trorga kelishi bilanoq, Xorazimshohning maxsus topshirig’ bilan O’tror hokimi uni yo’q qilishga buyruq berdi. Chingizxon uchn endi Movaraunnahrgabostirib kirish fursati etgan edi. Chingizxon qo’shini hujumi xavfi yaqinlashib kelayotganini Xorazimshoh va uning arkoni davlatiham yaxshi bilardi. Shoh mo’yan harbiy tayyorgarliklar ko’rish harakatida bo’ldi, biroq asosiy harbiy strategik masalalarda u o’ta no’noqlik, nodonlik va kaltabinlik qildi. U o’zining sarkarda o’g’li Jaloliddin, Xo’jand hokimi, dovyurak bahodir Temur Malik singari etuk kishilarning harbiy kuchlarini asisiy nuqtalarda to’plab, dushmanga hal qiluvchi zarbalar berish kerakligi to’risidagi, to’g’ri, dono maslahatlarning ahamiyatini tushunmadi, ularga quloq solmadi. Sulton o’z qo’shinlarini turli shaharlarda alohida-alohida joylashtirishdan iborat xato taktikani qo’lladi.Chingizxonning son-sanoqsiz qo’shinlari mamlakatga boatirib kira boshlagach Xorazimshoh o’z tinchini, halovatini ko’zlab, mamlakat taqdirini o’z holiga tashlab, yaqin xeshu aqrabolari bilan janubga tomon siljishi ham xoinlik bo’ldi. Bunday holat tez orada butun mamlakat uchun fojiali oqibatlarga olib keldi, yurt himoyachilari taqdiri, ruhiyatida o’chmas, asoratli iz qoldirdi. Xaqning cog’lom, vatanparvar kuchlari yurt ulug’larining bunday ikkilanishiga, xiyonatiga qaramay , muqaddas ona zaminni ko’krak kerib himoya qilish, bosqinchilarga qarshi qahramonlarcha kurashga tashlandilar.
Agar Amir Temur haqida yozar ekansiz, uning faoliyatiga xolis baho bering. Yaxshi ishlar qatorida qilgan zolimliklarini ham yoddan chiqarmang. Biz uni milliy qahramon deb atar ekanmiz, Amir Temur tomonidan zabt etilgan mamlakatlar aholisi uni bosqinchi deb bilishadi
O'tmishda bo'lib o'tgan voqealarning hech birida ko'z yumib bo'lmaydi, yaxshiliklardan ham yomonliklardan ham,..
...beshinchi-oltinchi sinf bolalari tergov qilinganini qaerda eshitgansiz!..
...Xotinim og‘ir kasal, bir-ikki kun ruxsat beringlar, tepasida qarab turay desam, o‘lsa-o‘laversin, bitta o‘lgani bilan o‘zbek xotinlari kamaÂyib qolmaydi, deydi...
...O‘zini tanimagan xalqni esa har ko‘yga solish juda oson... Hatto bekorga o‘ldirib yuborish ham...
...bir necha o‘n ming nafar insonni — paxtakorni, rahbarni qamoqqa tiqishdi, 100 mingdan ortiq oila a’zolarini qon qaqshatdilar!..
O‘sha qutlug‘ kunlarda bu muhtaram zotlarning ustozlari Yusuf Hamadoniy hazratlarining ham muborak nomlari bot-bot tilga olindi. Sababi shundaki, Xojagon, keyinchalik Naqshbandiya deb atalgan tariqatning asoschisi, Xojai Jahon nomi bilan mashhur bo‘lgan Abdulxoliq G‘ijduvoniy Shayx Yusuf Hamadoniyning to‘rtinchi shogirdi, Bahouddin Naqshband hazratlari esa Abdulxoliq G‘ijduvoniy tariqatining eng zabardast davomchisi edi.
Xojagon tariqatining o‘n bitta asosiy qoidasi bo‘lib, shundan to‘rttasini, ya’ni «Xush dar dam», «Nazar bar qadam», «Safar dar Vatan», «Xilvat dar anjuman» qoidalari aslida Yusuf Hamadoniy hazratlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsa, «Yodkard», «Bozgasht», «Nigohdosht», «Yoddosht» kabi qoidalar Abdulxoliq G‘ijduvoniy tomonidan qo‘shilgan. Naqshband hazratlari esa pirlari yo‘lini davom ettirib, ular yaratgan tasavvuf yo‘lining tarkibiga «Vuqufi adadiy», «Vuqufi zamoniy», «Vuqufi qalbiy» qoidalarini kiritib, mukammal holatga keltirdilar.
Bu maqoladan maqsadimiz ushbu qoidalarning mazmun-mohiyati, insonning imon-e’tiqodini mustahkamlash, to‘g‘ri yo‘lga boshlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritish emas. Katta diniy hamda tasavvufiy bilim, mulohaza va mushohada talab etadigan bunday mashaqqatli va sharafli vazifani sohaning mutaxassislariga havola qilamiz.
Gap shundaki, Naqshbandiya tariqati haqida gap ketganda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, so‘zning avvali Yusuf Hamadoniydan boshlanadi. Biroq bu u kishining qayerda tavallud topgani, qanday ilmiy meros qoldirgani, qayerda vafot etgani haqida xalqimizga chuqurroq ma’lumot beradigan tadqiqot yaratilmagani yoki xorijda chop etilgan ishonarli risolalarning chop etilmagani ajablanarli holdir.
To‘g‘ri, 2003 yilda «Fan» nashriyoti tomonidan professor Orif Usmonning «G‘ijduvoniy ta’limoti» nomli ixchamgina risolasi nashr qilingan. Bu kitobchada Yusuf Hamadoniy hazratlari haqida ham birmuncha ma’lumotlar qalamga olingan bo‘lib, jumladan «Bul ulkan mutasavvif donishmand zot aslan Eronning Hamadon shahri yonidagi Buzonjird qishlog‘ida 1048 yilda dunyoga kelgan. O‘n sakkiz yoshida Bag‘dodga borib fiqh ilmini o‘rgangan. Isfahon, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Hirot shaharlarida bo‘lgan. Umrining yarmini A’rob, Xuroson yurtlarida o‘tkazgandan so‘ng Turkistonni yoqtirib qolib, Buxoroga kelgan va shu yerda xonaqoh, masjid ochib, shogirdlarni tarbiyalashga kirishgan, tasavvufiy ta’limot ishlarini boshlagan. Uning Barraqiy, Andoqiy, Yassaviy va G‘ijduvoniy kabi eng yirik to‘rt nafar mumtoz shogirdlari bo‘lgan. Boshqa shogirdlari ham ko‘p bo‘lib, sanog‘i hech kimga ma’lum emas» deyiladi.
Yana shu kitobchada «Xojai Jahon — Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy risolasida Shayx Yusuf Hamadoniyning tug‘ilgan joyi Eronning Hamadon shahri yonidagi «G‘animiyo» degan mahalla ekani ta’kidlanadi», deb yozilgan.
Muhtaram olimimizning ta’kidlashlaricha, «G‘ijduvoniy yozuvlarida Yusuf Hamadoniy Samarqandda vafot etib, o‘sha yerda dafn etilganliklari haqida ishoratan aytiladi. Ul mo‘’tabar zotning vafotlari haqida boshqa ma’lumotlar ham bor. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Shayx Yusuf Hamadoniy 1140 yilda Hirotga boradi. U yerdan qaytib kelayotib, 90 dan oshib, keksayib qolgan Yusuf Hamadoniy baland va sovuq Shibor dovonidan oshib o‘tayotib, shamollab qoladi. Natijada Bomiyon (Afg‘oniston) shahriga yetib kelib, qattiq betob bo‘lib qoladi va o‘sha yerda olamdan o‘tadi. Shayxning vasiyatlariga ko‘ra, u Marvga dafn etiladi. Hozir ham Shayxush-shuyux Yusuf Hamadoniyning qabrlari Marv shahrida saqlanadi. Ul mo‘’tabar zotning sharofatlari bilan (u kishi dafn etilgandan so‘ng) Marv «Xuroson Ka’basi» deb atala boshlagan ekan.
Har holda buzrukvor zotlarning dafn etilgan joylari bitta emas, bir nechta joyda bo‘ladi. Shuning uchun hazrati G‘ijduvoniy yozib qoldirgan ma’lumot bilan birga so‘nggi ma’lumotlarni ham keltirib o‘tdik. Keyinchalik olimlarimizning izlanishlari bu bahsli masalaga ham aniqlik kiritsa kerak, deb o‘ylaymiz».
Ammo, asarda ushbu so‘nggi ma’lumotlarning qaysi manbadan olingani aytilmaydi. Muammo ochiqligicha qoldiriladi.
Shu yil gazetalardan birida e’lon qilingan jurnalist Sotim Avazning «Xoja Yusuf Hamadoniy» maqolasida esa ushbu masalaga sal chuqurroq yondashiladi. Muallif Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» asarlaridagi Xoja Yusuf Hamadoniyning vafoti munosabati bilan aytilgan «...Marv azimatiga murojaat qilganda, yo‘lda besh yuz o‘ttiz beshda favt bo‘ldi va andaki favt bo‘ldi dafn qildilar va necha vaqtdan so‘ngra Marvga naql qildilar va mozori Marvdadir,» degan fikrni keltiradi.
Maqola muallifi ayni paytda Yusuf Hamadoniyning «Rutbat ul hayot» («Hayot mezoni») asari haqida so‘z boshi yozgan tarjimonlar Sayfiddin Sayfulloh hamda Nodirxon Hasanlarning hazratning 535 hijriy (1141 milodiy) yilda Afg‘onistonning Bomiyon shahrida vafot etganligini va dafn qilinganligini, vasiyatiga ko‘ra jasadi muridlar tomonidan Marvga ko‘chirib ketilganligini va dafn qilinganligini aytganlarini ta’kidlab, «Albatta, tarjimon olimlar ishonchli bir dalilga ega bo‘lsalar kerakki, hatto eng mo‘’tabar manbaga ham aniqlik kiritmoqchi bo‘lishgan,» degan xulosaga keladi, biroq, «mo‘’tabar manba» deganda nimani nazarda tutayotganini bayon etmaydi.
Shu o‘rinda professor Orif Usmonning ham, jurnalist Sotim Avazning ham mulohazasini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, deyishdan yiroqmiz.
Aksincha, Sotim Avazning ushbu masalani chuqurroq o‘rganishga harakat qilgani, qiziqarli dalillarni keltirgani maqtovga sazovordir. U Hazratning qabri Marv shahridagi mo‘’tabar ziyoratgoh ekani bugungi kunda haqiqatga zid ekanini qayd etib, «Turkmanistonning hozirgi Bayramoldi shahri hududida qadimiy Marvning vayronalari joylashgan va u yerda haqiqatan ham Yusuf Hamadoniyning qabri bor. Uning atrofida salobatli maqbara yoki ziyoratgoh majmua emas, odam bo‘yidan xiyla baland ko‘shksimon minora o‘rnatilgan. Ajabki, bundan bir necha yil oldin xorazmlik bir guruh ilmu ijod namoyandalari tashrif buyurgan paytimizda u yerda juda kam odamni uchratdik», deydi.
Qizig‘i shundaki, Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi uch gumbazli ulkan maqbara ichida Yusuf Hamadoniy bilan birga G‘avsul A’zam pir hamda Saidiy Hamadoniy hazratlarining qabrlari bor. Muallifning ta’kidlashicha, «Nafaqat Xorazm, balki yaqinu yiroqdan, shu jumladan Turkmanistonning katta qismidan ham mahalliy aholi Yusuf Hamadoniyning qabri shu yerda degan ishonchda. Har kuni kamida yuzdan ziyod, chorshanba kunlari va hayit bayramlarida esa mingga yaqin ziyoratchilar bu maskanga tashrif buyurishadi.»
Do'stlaringiz bilan baham: |