SHARQ VA YEVROPA MAMLAKATLARIDA
ESTETIK QARASHLAR TARIXI
Biz bilamizki, o‘tmishda estetik qarashlar, g‘oyalar, fikr- mulohazalar, ta’limot va nazariyalar falsafa fani bag‘rida paydo bo‘ldi. Ayni paytda falsafiy ta’limotlardagi xilma-xil yo‘nalishlar estetik qarashlarning ham turli ko‘rinishi va yo‘nalishlariga kuchli ta’sir o‘tkazib keldi.
Nafosat mohiyati, estetik ong va estetik faoliyat tabiati, san’atning voqelikka munosabati masalalarida turlicha qarashlar paydo bo‘ldi.
Estetik g‘oyalar dastavval qadimgi Sharq o‘lkalarida, jumla- dan, Misr, Mesopotamiya, Bobil, Hindiston, Xitoy, Eron va Turon mamlakatlarida vujudga keldi.
Qadimgi Sharq mamlakatlarining xalqlari bizga meros qilib qoldirgan yozuvlar (Finikiya alifbosi, O‘rxun-Enasoy bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmatbaho ma’danlardan ishlangan san’at asarlari, Misrda fir’avn Tutanxamon maqbarasidan topilgan osori-atiqalar, Amudaryo xazinasi, Doro I tasviri solingan oltin buyumlar va boshqalar) qimmatli va bebahodir. Afsuski, mazkur boy estetik meros hozirgacha deyarli o‘rganilmagan va ilmiy jihatdan sharhlab berilmagan.
Qadimgi Yunoniston ziyolilaridan Gerodot Sharq mamlakatlarining ko‘plarida bo‘lib, ular haqida o‘z tarixiy asarlarida bayon qilgan. Qadimgi Sharq estetik qarashlarini o‘rganib, ularni umumlashtirib, nazariy jihatdan yanada boyitish xalqlar tarixida muhim ahamiyatga ega. Boshqa hayot jabhalarida bo‘lganidek, estetik qarashlar tarixida ham qadimgi Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlar zaminida Ovro‘po mamlakatlari badiiy madaniyati tarkib topganligi sir emas.
Qadimgi Yunon san’atkorlari va faylasuflari qadimgi Sharq badiiy madaniyati merosiga tayangan holda estetik g‘oyalar va fikr-mulohazalarni ishlab chiqdilar. Shu asos tartibga solingan estetik maktablar hamda oqimlarga zamin bo‘lib xizmat qildi.Qadimgi yunon estetik ta’li- motining ibtidosi mashhur ma- tematik olim va faylasuf Pifagor (eramizdan avvalgi VI—V asrlar), yunon shoiri Homer (eramizdan avvalgi XII—XI asrlar) «Iliada» va «Odisseya» dostonlarida, Aristofan (eramizdan avvalgi 446—385- yillar), Arxilox, Gesiod (eramizdan avvalgi XII asr) ning poe- malarida, Sofokl (eramizdan avvalgi 497—406-yillar), Esxil (eramizdan avvalgi 525—456- yillar tragediyalarida, Aflotunning «Dialoglar»ida, Arestotelning «Poetika», «Ritorika» asarlarida insoniy go‘zallik, hayot nafosati, ulug‘vorlik, oliyjanoblik ulug‘langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |