- O’zbekiston Respublikasi
- Xalq ta’limi vazirligi
- Toyloq tumani 52-umumiy o’rta ta’lim maktabining
- informatika fani o’qituvchisi
- Isanov Obidjonning
- 9-sinflar uchun
PYTHONDA O‘ZGARUVCHILARNI TAVSIFLASH Har bir tilning alifbosi bo‘lgani kabi dasturlash tilining ham o‘z alifbosi mavjud. O‘zgaruvchilar – o‘z qiymati va turiga ega kattalik, o‘zida qiymatlarni saqlaydigan kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. - O‘zgaruvchilar – o‘z qiymati va turiga ega kattalik, o‘zida qiymatlarni saqlaydigan kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi.
- Doimiy (o‘zgarmas) – faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan qiymatlarni saqlovchi kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi.
- Doimiylar o‘zgaruvchilar kabi o‘z qiymati va turiga ega.
- Identifikatorlar – o‘zgaruvchilar, doimiylar, funksiyalar, protseduralar, modullar va dasturlarning umumiy nomi.
O‘zgaruvchilarni e’lon qilish qoidalari: - o‘zgaruvchi nomida ixtiyoriy harf yoki raqamdan foydalanish mumkin;
- katta va kichik harflar bir-biridan farqlanadi. belgi5, Belgi5, BELGI5 nomli o‘zgaruvchilar har xil o‘zgaruvchi nomlaridir, shu sababli kichik harflardan foydalangan ma’qul;
- o‘zgaruvchi nomlarida probellar ishlatish mumkin emas, uning o‘rniga so‘zlar (‘_’) tagchiziq belgisi yordamida bir-biriga bog‘lanadi;
- o‘zgaruvchining nomi raqamdan boshlanishi mumkin emas;
- –, /, # yoki @ belgilarini ishlatish mumkin emas;
- maxsus buyruq nomlarini ishlatish mumkin emas;
- and, as, assert, break, class, continue, def, del, elif, else, except, finally, for, from, global,
- if, import, in, is, lambda, nonlocal, not, or, pass, print, raise, return, try, while, with, yield kabi xizmatchi so‘zlarni o‘zgaruvchi nomi sifatida ishlatish mumkin emas.
- O‘zgaruvchilarni e’lon qilish qoidalari:
O‘zgaruvchilarni e’lon qilish - O‘zgaruvchilarni e’lon qilish
- O‘zgaruvchi “=” belgisi yordamida satr yoki sonni o‘zlashtirishi mumkin va bu o‘zgaruvchining qiymati deb ataladi.
- >>> age = 15
- >>> print(age)
- 15
- >>> name = 'Anvar'
- >>> print(name)
- Anvar
- O‘zgaruvchi qiymatini o‘zgartirish
- O‘zgaruvchi qiymatini o‘zgartirish uchun unga yangi qiymat berish kifoya.
- >>> age = 15
- >>> age = 18
- >>> print(age)
- 18
- O‘zgaruvchilarni o‘zaro ishlatish
- Ikkita o‘zgaruvchida birining qiymatini ikkinchisiga o‘zlashtirish uchun «=» belgisidan foydalaniladi.
- >>> age = 18
- >>> grad_age = age
- >>> age = 22
- >>> print(age, grad_age)
- 22 18
Darsni yakunlash: o’quvchilar bilan o’tilgan mavzu yuzasidan test o’tkazish. O’quvchilarni baholash: o’quvchilar 1 balldan 5 ballgacha (har bir to’g’ri javob uchun yig’ib borilgan “1” ballik kartochkalar asosida) baholanadilar. Faol ishtirok etgan guruh taqdirlanadi. Uyga vazifa: Xayrlashish E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |