Sharq va yevropa mamlakatlarida estetik qarashlar tarixi


Tutanxamon osoriatiqalari



Download 71,23 Kb.
bet2/4
Sana26.02.2022
Hajmi71,23 Kb.
#469423
1   2   3   4
Bog'liq
SHARQ VA YEVROPA MAMLAKATLARIDA

Tutanxamon osoriatiqalari.
Yunon olimi Demokrit (eramizdan avvalgi 460—370-yillar) birinchi bo‘lib san’atning kelib chiqishini tushuntirishga harakat qilgan. U poeziya, san’atga oid asarlar yozadi. U san’at tabiatga taqlid asosida shakllangan, degan fikrni o‘rtaga tashlaydi.
Qadimgi yunon estetik ta’limoti mashhur matematik olim va faylasuf Pifagor (eramizdan avvalgi VI—V asrlar) nomi va u yaratgan maktab bilan bog‘liq. Pifagor va uning shogirdlari barcha narsalarning mohiyatini raqamlar va ularning o‘zaro muno- sabatlari tashkil etadi, koinot yaxlitligida ham raqam aqidasi, deb uqtirdilar. Ular mazkur qarashlarini nafosat olamiga ham tatbiq etib, estetik tafakkurni boyitishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Pifagorchilarning nafosat asoslari, musiqaviy hamohanglik asoslari, ya’ni «xilma-xil ovozli tomonlarning kelishuvi» umum- bashariy hamohanglik (garmoniya) ekanligi haqidagi qarash- lar va g‘oyalar estetik tafakkur tarixida muhim o‘rin tutadi.
Qadimgi estetika tafakkurida moddiyunchilik (materialistik) yo‘nalishni Geraklit (e.a. 540—480-yillari) boshlab bergan edi. U nafosat xossalari moddiy dunyoning o‘zidan kelib chiqqan, nafosat hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama- qarshiliklar birligini tashkil etadi, deb ko‘rsatadi va nafosatning nisbiyligi g‘oyasini ilgari suradi.Demokrit (e.a. 460-370-yillar) go‘zallikni hamohanglikda, bo‘laklarning to‘g‘ri mutanosibligida, tomonlar mosligi (sim- metriya)da deb bildi va uni me’yor tushunchasi bilan bog‘ladi, u san’at insonning dastlabki ehtiyojlari qondirilgandagina vujudga keladi, deb uqtirdi. Demokrit san’atning mohiyatini voqelikka taqlid qilish (mimesis)da ko‘rdi.Suqrot (e.a. 470—399-yillar) ta’limotida go‘zallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki kechinmalariga ko‘chirilgan bo‘- lib, go‘zallik va ezgulik birligi yoki hozirgi ta’bir bilan aytganda, estetika va axloq birligi yetakchi g‘oya sifatida bayon qilinadi. Suqrot estetik tasavvurlarning nisbiyligi g‘oyasini ilgari surib, estetik va manfaatli belgilar o‘rtasidagi yaqin aloqadorlik mav- judligini ko‘rsatib berdi.Aflotun (e.a. 427—347-yillar) qarashlarida estetika ham go‘zallik falsafasi, ham san’at falsafasi sifatida ta’riflanadi. Aflotun fikricha, nafosat manbayini avvalo g‘oyalar tashkil etadi. His- tuyg‘u beradigan barcha narsalarni abadiy, o‘zgarmas g‘oya «yoritib turgan»dagina go‘zallik kashf etiladi. Uning fikricha, go‘zallik o‘ta hissiyotli bo‘lgani tufayli uning mohiyatini his- tuyg‘u bilan emas, balki aql-idrok bilan anglash mumkin.
Qadim Yunon ilk afsonalariga asoslangan Homer eposlari san’atning, adabiyotning tub ma’nosini, obrazli tafakkurning buyuk vazifasini, badiiy so‘zning qudrati va o‘lmasligini eslatib, ta’kidlab, isbotlab kelmoqda. U davrlarda bu buyuk asarlar axloq, go‘zallik va tarbiya muassasalarining ham, dorilfununlarda falsafa va tarix darsliklarining ham o‘rnini bosgan va qadim dunyo qomusi deb atalgan. Bu asarlarning boqiyligi shundaki, u xalq afsonalari va tarixiy voqealarga asoslangan, dostonlarda qahra- monlik va xiyonat, muhabbat va nafrat, ezgulik va yovuzlik, sadoqat va intiqom, hijron, vafo, taqdir, vijdon, gunoh kabi azaliy insoniy muammolar o‘zining yuksak badiiy-epik ifodasini topgan. Bu dostonlarning umrboqiyligini ta’min etgan yana bir sabab, axloqiy va estetik idealning mustahkamligi, hayot- baxshligi, ezgulik va halollikka, jahoniy uyg‘unlik va mangu go‘zallikka intilishdir. «Iliada» va «Odisseya» dostonlari kitobxonni hozirgacha hayratga soladigan minglab ruhiy kashfiyotlar, inson vujudini titratuvchi tasvirlar, kulfat va fojialar, muhabbat va oddiy insoniy
quvonchlar bilan asrlardan-asrlarga o‘tib keladi. Chemishevskiy aytganidek, bu asarlar «kishilarni kurashga o‘rgatadi, ozodlikka intiladigan qilib tarbiyalaydi, xalqqa sadoqat va unga xizmat qilish istagini yaratadi».
Hegelning aytishicha, Homerning obrazlar dunyosida qahramonlik holati hamisha ustun, bu asarlarda qahramonlar idealga yaqin turadi. Shu bilan birga xususiy va umumiy xususiyatlarning birligi tufayli ular hamma vaqt hayotiydir.
V.G. Belinskiyning aytishicha, insoniyat hozirgi ma’naviy balog‘ati uchun Homerdan, «Iliada»dagi o‘sha tong musaf- foligidan qarzdordir. «Iliada» asarini o‘zbek tiliga H. Mirmuha- medov tarjima qilgan.
L.N. Tolstoy Homer eposlarini originalda o‘qish uchun keksa yoshida atay qadim yunon tilini o‘rgandi. Homer poemalari, Horatsiy, Ovidiy kitoblari A.S. Pushkin, N.V. Gogol, Oybek va Usmon Nosirning sevib o‘qiydigan asarlari edi.
Estetik qarashlar Platonning «Dialoglar», «Ziyofat», «Dav- lat» traktati kabi asarlarida, Aristotelning (eramizdan avvalgi 384—322-yillar) «Poetika», «Ritorika» asarlarida estetik qa­rashlar yaqqol o‘z aksini topgan. Bu qarashlar Qadimgi dunyo estetik tafakkuri cho‘qqisidir.
Arastu (miloddan avvalgi IV asr) barcha zamonlarning olimlari uchun ustoz hisoblangan buyuk yunon faylasuflaridan biri. Miloddan avvalgi 384-yilda Egey dengizi bo‘yidagi Stagir shahrida tug‘iladi. Arastu go‘zallik yoki ajiblik haqidagi fikrlaridan aqliy idrok va hissiy idrok uyg‘unligiga e’tibor beradi. Arastu fikricha, har qanday sezgi, istak-mayl yoki o‘y-xayol biror narsa, hodisaga intilar ekan, o‘sha narsadan qandaydir rohat- farog‘at oladi, shu ma’noda o‘sha narsa ajib yoki go‘zal bo‘ladi. Fojiali voqea-hodisalar zaminida Arastu vahima, dahshat, rahm-shafqat, hamdardlik orqali inson ruhini poklantirish («katarsis») ta’limotini ilgari suradi. Arastu fikricha, hayot voqeasini ko‘rib, tinglab yoki o‘qib dahshatga tushish va qayg‘u- rishdan estetik, hissiy lazzat olinadi, undan olisdagi inson taqdiri, qismati uchun qo‘rquvga tushish, qayg‘urish hislari insonni poklaydi, oliyjanoblashtiradi.


Download 71,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish