HINDISTONDA ESTETIK QARASHLAR
Hindiston Sharq mamlakatlari orasida eng ko‘hna va qadimiy madaniyat maskanlaridan biridir.
Hindiston mutafakkirlarining estetik qarashlari jamiyat taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. Hind xalqi badiiy ijodi ta- raqqiyoti alohida ta’limotlar asosida rivojlangan. Hind poetikasi alankara, ras, dxvani haqidagi ta’limotlar yo‘lidan borgan va taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan.
Alankara ta’limoti — poetik nutqini tovush va ma’nodor tasvir vositalari bilan bezash uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
Ras ta’limoti — san’at va adabiyotning insondagi muayyan ruhiy kechinmalarini, kayfiyat va holatlarini tasvirlash hamda qo‘zg‘atish qobiliyatini ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |