Antik dunyo estеtikasi



Download 16,62 Kb.
Sana21.01.2017
Hajmi16,62 Kb.
#822

Aim.uz

Antik dunyo estеtikasi

Qadimgi Sharq mamlakatlarining xalqlari bizga meros qilib qoldirgan yozuvlar Finikiya alifbosi, O‘rxun-Yenasoy bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmalbaho ma’danlardan ishlangan san’at asarlari, Misrda fir’avn Tutanxamon maqbarasidan topilgan osori atiqalar, Amudaryo xazinasi, Doro I tasviri solingan oltin tangalar, iskiflar oltin buyumlari va boshqalar) qimmatli va bebahodir. Afsuski, mazkur boy estetik meros hozirgacha deyarli o‘rganilmagan va ilmiy jihatdan sharhlab berilmagan.

Qadimgi Yunoniston ziyolilaridan Gerodot Sharq mamlakatlarining ko‘plarida bo‘lib, o‘z tarixiy asarlarida mar haqida bayon qilgan. Qadimgi Sharq estetik qarashlarini o‘rganib, ularni umumlashtirib, nazariy jihatdan yanada boyitib bayon etish, boshqa hayot jabhalarida bo‘lganidek, estetik qarashlar tarixida ham qadimgi Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlar zaminida Ovro‘po mamlakatlari badiiy madaniyati tarkib topganligi sir emas.

Qadimgi Yunon san’atkorlari va faylasuflari qadimgi Sharq badiiy madaniyati merosiga tayangan holda estetik g‘oyalar va fikr-mulohazalarni ishlab chiqdilar. S’hu asos tartibga solingan estetik maktablar hamda oqimlarga zamin bo‘lib xizmat qildi.

Qadimgi yunon estetik ta’limotining ibtidosi mashhur matematik olim va faylasuf Pifagor (yeramizdan avvalgi VI-V asrlar), yunon shoiri Homer (yeramizdan avvalgi XII-XI asr ) «Iliada» va «Odisseya» dotsonlarida, Aritsofan (yeramizdan avvalgi 446-385-yillar), Arxilox, Gesiod (yeramizdan avvalgi XII asr) ning poyema-larida, Sofokl (yeramizdan avvalgi 497-406-yillar), Esxil (yeramizdan avvalgi 525-456-yillar) tragediyalarida, Aflotunning «Dialoglar»ida, Aritsotelning «Poetika», «Ritorika» asarlarida insoniy go‘zallik, hayot nafosati, ulug‘vorlik, oliyjanoblik ulug‘langan.

Yunon olimi Demokrit (yeramizdan avvalgi 460-370-yillar) birinchi bo‘lib san’atning kelib chiqishini tushuntirishga harakat qilgan. U poyeziya, san’atga oid asarlar yozadi. U san’at tabiatga taqlid asosida shakllangan, degan fikrni o‘rtaga tashlaydi.

Qadimgi yunon estetik ta’limoti mashhur matematik olim va faylasuf Pifagor (yeramizdan avvalgi VI-V asrlar) nomi va u yaratgan maktab bilan bog‘liq. Pifagor va uning shogirdlari barcha narsalarning mohiyatini raqamlar va ularning o‘zaro munosabatlari tashkil etadi, koinot yaxlitligida ham raqam aqidasi yotadi, deb uqtirdilar. Ular mazkur qarashlarini nafosat olamiga ham tatbiq etib, estetik tafakkurni boyitishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Pifagorchilarning nafosat asoslari, musiqaviy hamohanglik asoslari, ya’ni «xilma-xil ovozli tomonlarning kelisluivi» uinumbashariy hamohanglik (garmoniya) ekanligi haqidagi qa rash Ian va g‘oyalari estetik tafakkur tarixida muhim o‘rin tutadi.

Qadimgi estetika tafakkurida moddiyunchilik (materialitsik) yo’nalishni Geraklit (ye.a. 540-480-yillar) boshlab bergail edi.

U nafosat xossalari moddiy dunyoning o‘zidau kelib ehiqqan, nafosat hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama-qarshiliklar birligini tashkil etadi, deb ko‘rsatadi va nafosatning nisbiyligi g‘oyasini ilgari suradi.

Demokrit (ye.a. 460-370-yillar) go‘zallikni hamohanglikda, bo‘laklarning to‘g‘ri mutanosibligida, tomonlar mosligi (simmet-riya)da deb bildi va uni me’yor tushunchasi bilan boglaydi, u san’at insonning datslabki ehtiyojlari qondirilgandagina vujudga keladi, deb uqtirdi. Demokrit san’atning mohiyatini voqelikka taqlid qilish (mimesis)da ko‘rdi.

Suqrot (ye.a. 470-399-yillar) ta’limotida go‘zallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki kechinmalariga ko‘chirilgan bo‘lib, go‘zallik va ezgulik birligi yoki hozirgi ta’bir bilan aytganda estetika va axloq birligi yetakchi g‘oya sifatida bayon qilinadi.

Suqrot estetik tasavvurlarning nisbiyligi g‘oyasini ilgari surib, estetik va manfaatli belgilar o‘rtasidagi yaqin aloqadorlik mavjudligini ko‘rsatib berdi.

Aflotun (ye.a. 427-347-yillar) qarashlarida estetika ham go‘zallik falsafasi, ham san’at falsafasi sifatida ta’riflanadi. Aflotunning fikricha, nafosat manbaini avvalo g‘oyalar tashkil etadi.

His-tuyg‘u beradigan barcha narsalarni abadiy, o‘zgarmas g‘oya «yoritib turgan»dagina go‘zallik kashf etiladi. Uning fikricha go‘zallik o‘ta hissiyotli bo‘lgani tufayli uning mohiyatini his-tuyg‘u bilan emas, balki aql-idrok bilan anglash mumkin.

Qadim Yunon ilk afsonalariga asoslangan Homer eposlari san’atning, adabiyotning tub ma’nosini, obrazli tafakkurning buyuk vazifasini, badiiy so‘zning qudrati va o‘lmasligini eslatib, ta’kidlab, isbotlab kelmoqda. U davrlarda bu buyuk asarlar axloq, go‘zallik va tarbiya muassasalarining ham, dorilfununlarda falsafa va tarix darsliklarining ham o‘rnini bosgan va qadim dunyo qomusi deb atalgan. Bu asarning boqiyligi shundaki, u xalq afsonalari va tarixiy voqealarga asoslangan, dotsonlarda qahramonlik va xiyonat, muhabbat va nafrat, ezgulik va yovuzlik, sacloqal va intiqom, hijron, vafo, taqdir, vijdon, gunoh kabi azaliy insoniy muammolar o‘zining yuksak badiiy-yepik ifodasini topgan.

Bu dotsonlarning umrboqiyligini ta’min etgan yana bir sabab, axloqiy va estetik idealning mutsahkamligi, hayotbaxshligi, ezgulik va halollikka, jahoniy uyg‘unlik va mangu go‘zallikka intilishdir.

«Iliada» va «Odisseya» dotsonlari kitobxonni hozirgacha hayratga soladigan minglab psixologik kashfiyotlar, inson vujudini titratuvchi tasvirlar, kulfat va fojialar, muhabbat va oddiy insoniy quvonchlar asrlardan-asrlarga o‘tib keladi.

N. G. Chernishevskiy aytganidek, bu asarlar «kishilarni kurashga o‘rgatadi, ozodlikka intiladigan qilib tarbiyalaydi, xalqqa sadoqat va unga xizmat qilish itsagini yaratadi».

Hegelning aytishicha, Homerning obrazlar dunyosida qahramonlik holati hamisha utsun, bu asarlarda qahramonlar idealga yaqin turadi. S’hu bilan birga, xususiy va umumiy xususiyatlarning birligi tufayli ular hamma vaqt hayotiydir.

V. G. Bemnskiyning aytishicha, insoniyat hozirgi ma’naviy ba-log‘ati uchun Homerdan, «Iliada»dagi o‘sha tong musaffoligidan qarzdordir. «Illiada» asarini o‘zbek tiliga H.Mirmuhamedov tarjima qilgan.

L.N.Tolsoy Homer eposlarini originalda o‘qish uchun keksa yoshida atay qadim yunon tilini o‘rgandi. Homer poyemalari, Horatsiy, Ovidiy kitoblari A. S. Pushkin, N. V. Gogol, Oybek va Usmon Nosirning sevib o‘qiydigan asarlari edi.

Estetik qarashlar Platonning «Dialoglar», «Ziyofat», «Davlat» traktati kabi asarlarida, Aritsotelning (yeramizdan avvalgi 384-322-yillar) «Poetika», «Ritorika» asarlarida estetik qarashlar yaqqol o‘z aksini topgan. Bu qarashlar Qadimgi dunyo estetik tafakkuri cho‘qqisidir.

Aratsu (miloddan avvalgi IV asr) barcha zamonlarning olimlari uchun utsoz hisoblangan buyuk yunon faylasuflaridan biri. Miloddan avvalgi 384-yilda Egey dengizi bo‘yidagi Stagir shahrida tug‘iladi. Aratsu go‘zallik yoki ajiblik haqidagi fikrlarida aqliy idrok va hissiy idrok uyg‘unligiga e’tibor beradi.

Aratsuning fikricha, har qanday sezgi, itsak-mayl yoki o‘y-xayol biror narsa, hodisaga intilar ekan, o‘sha narsadan qandaydir rohat-farog‘at oladi, shu ma’noda o‘sha narsa ajib yoki go‘zal bo‘ladi. Fojiali voqea-hodisalar zaminida Aratsu vahima, dahshat, rahm-shafqat, hamdardlik orqali inson ruhini poklantirish (katarsis) ta’limotini ilgari suradi. Aratsu fikripha, hayot voqeasini ko‘rib, tinglab yoki o‘qib dahshatga tushish va qayg‘urishdan estetik, hissiy lazzat olinadi, undan olisdagi inson taqdiri, qismati uchun qo‘rquvga tushish, qayg‘urish hislari insonni poklaydi, oliyjanoblashtiradi.



Qadimgi RimEstetikasidaLukretsiy Karning (cramizdan avvalgi 99-55-yillar) «Buyumlar tabiati to‘g‘risida»gi asari alohida o‘rin tutadi. Bu olimlarning g‘oyalari faqat qadimgi fan va san’atgagina emas, balki undan keyingi davrlardagi san’at va estetik qarashlar-ning rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Ba’zan Sharq estetik tafakkuri Eron, Xitoy, Hindiston mamlakatlari badiiy madaniyati va san’ati bilan bog‘liq. Sharq Uyg‘onish davri, xususan, Markaziy Osiyo Uyg‘onish davri ruhi bilan chambarchas bog‘liqlikda taraqqiy etdi.
Download 16,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish