Reja:
1.Tan sulolasi davrida adabiyot
2.Liboning qisqacha hayoti va ijodidan parcha
3. Dufuning hayoti va ijodi
Tan davri sulolasi Xitoy davrining eng muhim davrlaridan hisoblanadi. Bu davri ham iqtisodiy, ham manaviy, ham siyosiy rivojlanish bolgan. Xitoy mumtoz she’riyati Tan davrida eng yuksak choqqiga chiqqan. Tan davri ijodiyoti hokimiyat lavozimiga ishga otish uchun davlat imtixohlari qatoriga kiritilgan. Bu davrida 50000mingdan ortiq she’rlar yozilgan va 2300dan ortiq shoirlar ijod qilishgan. Tan davri she’riyati 4 davrga bolinadi.
1. Tan davri boshlanishidagi she’riyat
2. Tan davri rivojlanishi davridagi she’riyat
3. Tan davri qulayotgan davrdagi she’riyat
4. Tan davri qulagan davrdagi she’riyat
Birinchi davrdagi she’riyat (618-721 yillar). Bu davr 4 shoir davri deb ham ataladi.
Van bo
Lu Chjao Men
Lo Bin Van
Jan Szan aynan ushbu shoirlar she’rlarida qofiyani yaratganlar. Bu davr shoirlari “She’riyat real hayotni aks ettirishi kerak” Bolgan.
Ikkinchi davr (712-762 yillar) bu davrda she’r mavzulari turli xilligi bilan ajralib turadi. Shoirlar oddiy xalq hayoti, vatan, xalq mavzularida she’rlar yozishgan. Libo, Dufu, Van Vey, Xao Han, Yao Shi eng mashxur shoirlaridan.
Uchinchi davr (762-827 yillar) mazkur davrda Parodiya(taqlid) janroga aloha e’tibor berilgan. Bo Szui, Li Xe, Han Shen oz she’rlarini oddiy til bilan yozganligi uchun xalq orasida mashxur bolgan. Shoir Le Xe 20 yoshida vafot etgan oz sh’erlarida qachoqlikni aks ettirgan.
Tortinchi davr (827-859 yillar) Li Shen In, Du Mu ijod etishgan. Du Mu oz she’rlarida qarshlar muhim o`rin egallagan.
Li Bo (李白; 李太白) — Tan sulolasi davridagi mumtoz Xitoy shoiri. «O‘lmas shoir» nomi bilan mashhur bo‘lgan. Li Bo Xitoy she’riyatida eng o‘lmas va o‘qishli she’rlar muallifi sifatida iz qoldirgan.
Li Bay tirikligidayoq afsonalarga burkangan shaxs hisoblangan. Aytishlaricha Li Bay tug’ilishidan oldin onasining tushida Taybo (Zuhra) yulduzining ruhi tashrif buyuradi va bolaning ruhiga qudrat, qismatiga buyuklik tamg’asini bosib ketadi shu saabli bola tug’ilgach unga Taybo deb nom qo’yishadi. Shoir 5 yoshga to’lgach oilasi Xitoyning janubiy-g’arbiy tomonidagi Suchuan viloyatining Sinlyansyan shahriga ko’chib o’tishadi va o’sha yerda shoir “Li” familiyasini oladi.U o‘zidan 1100 asar qoldirgan, undan 900 tasi she’rlardir. Hali hayotlik chog‘laridayoq “Buyuk” degan e’tirofga sazovor bo‘lgan. Uning adabiy merosi she’rlar va ritmik proza – sa’jni o‘z ichiga oladi. Li Bo ijodida asosan Vatan madhi, erkin va hur mehnat jarayoni, tog‘lar va o‘rmonlar go‘zalligi, shuningdek, do‘stlik tuyg‘usi ifodasi yetakchi o‘rinni egallaydi. Uning ko‘plab asarlarida shimoliy ko‘chmanchilardan aziyat chekkan xitoyliklar taqdiridan kuyunish, xavotir hislari ko‘zga tashlanadi.
LUShAN TOG‘IDAGI ShARShARAGA QARAGANIM
Bo‘z tumanlar ketida lovillar oqshom,
Qarayman olisdan bu manzaraga.
Qarayman pastu baland tog‘ tizmalari
Ham sharsharaga.
Bulutli cho‘qqilardan otilib tushar —
O‘tib tog‘lardagi
ne-ne o‘rmondan.
Somon yo‘li uzilib
tushganga o‘xshar
Xuddi osmondan.
LUShAN TOG‘IDAGI ShARQQA, BESh ChOL ChO‘QQISIGA QARAGANIM
Besh Chol cho‘qqisiga uzoq qarayman —
Lushan tog‘i, janubi-sharq tomonga.
Oltin chechak kabi yuksalmish cho‘qqi,
Ko‘rinadi boshi osmonda.
Tepasiga chiqsam, ko‘ringay jahon,
Qani chiqolsamu bahralar olsam…
Koshkn shunda yashab, so‘ngi safarni
Shu cho‘qqida tugata qolsam!
OYDINDA YoLG‘IZ IChGANIM
Gulzor o‘rtasiga qo‘ydim ko‘zani,
Kecha jimjit edi, oy to‘lg‘un.
Jimjit shu kechada ichaman yolg‘iz,
Do‘st yo‘q edi yonimda bugun.
Ulfat bo‘laylik deb chaqirdim oyni,
Suhbat shirin bo‘lg‘usi, inon,
Davraga undadim o‘z soyamni ham,
Ichmakdamiz hozir uchovlon.
O‘z-o‘zimga sekin beraman savol:
Icharmidi axir oy ham may?
May ichganmi soya axir biron vaqt.
Yursa hamki izdan ayrilmay?
Oy bor joyda doim soya ham hozir,
Shu vajdanki, tunlarda men ham –
Roziman uchovlon bazmu aysh qursak,
Tag‘in qaytib kelguncha ko‘klam.
Men qo‘shiq boshlayman – kuy maqomiga
To‘lg‘anadi oy ham ushbu tun,
O‘ynayman – soyam ham o‘yinga tushar –
O‘zi novcha, soqov, beshovqin.
Sho‘x va shodon edi shirin bazmimiz.
Mast ham bo‘ldik axir uchovlon,
Biz o‘bdan mast bo‘lib, ajralishdik-da,
Har kim ketdi o‘z yo‘li tomon.
Toki Somon yo‘li yonida yorni
Uchratkuncha yorug‘ osmonda,
Tag‘in bu hayotda yakka va yolg‘iz
Daydish qoldi menga jahonda.
OQAR SUVDA
Jimir-jimir oqqan suvda
Kuzgi to‘lin oy.
Janubdagi ko‘lda orom,
Sukut va chiroy.
Nilufar-chi menga mungli
Bir gap demoqchi.
Balki mening ko‘nglimga ham
Mung to‘ldirmoqchi.
TINIQ DARYo MAQTOVI
Yuviladi qalbim g‘ubordan
Tiniq daryo qirg‘oqlarida.
Suvlarining rangi g‘alati,
O‘xshamaydi ming daryoga ham.
Sizdan so‘ray… Sinan-ku oqar
Bu ellardan ko‘p yiroqlarda,
Suv tagida har mayda toshni
Shundoq aniq ko‘rarmi odam?
Inson aksi ko‘rinar aniq
Go‘yo tiniq, yorqin ko‘zguda.
Qushlar aksi guldor pardada
Chiziqlarning rangiday ayon.
Maymunlarning g‘alvasi faqat
Oqshom tinchin buzadi juda,
Xunob bo‘lar ne-ne yo‘lovchi
Ham oydinda dayduvchi inson.
BODI ShAHRIDAN ERTAROQ ChIQQANIM
Gulgun bulutlarning qoq o‘rtasida —
Bodi shahrin tashlab ketdim men bugun,
Yuzib bormoqdamiz daryoda jadal,
Ming farsax o‘tkaymiz oqshom tushguncha.
Hali maymunlarning g‘ala-g‘ovuri
Qirg‘oqlarda sado bermasdan burun —
Olisdan qorayib ko‘ringan yuzlab
Tog‘ orqada qoldi, jadallik shuncha!
Du Fu (杜甫) — Tan sulolasi davridagi Xitoy mumtoz shoiri. Ikkinchi ismi Szimey.
Xitoy adabiyotida unga «shishen» unvoni berilgan. Uning ijodida yaqqol ko‘zga tashlanib turgan hassoslik katta ta’sir kuchiga ega bo‘lib, shoirning fuqarolik pafosi uni Xitoy lirikasining yirik vakili sifatida elga tanitdi.
* * *
Mana, mashhur arg‘umoq,
Farg‘ona unga vatan!
Qulog‘i naq bambukning
Yaprog‘idek tikkaygan.
Qara, qanday ko‘rkam u,
Qanday uzun oyog‘i!
Bo‘ronlarni uyg‘otar
Ko‘tarilsa tuyog‘i.
Senga yo‘ldosh bo‘lsa u,
Qo‘rqmay yo‘lga ketarsan.
Qancha uzoq bo‘lmasin,
Manzilingga yetarsan.
Shunday oting bor bo‘lsa,
Hamisha ko‘ngling to‘qdir:
Sen uchun bu dunyoda
Uzoq-yaqin yo‘l yo‘qdir!
TUNDA
Daryo oqar to‘lqinli,
Borliq tuman qo‘ynida.
Tun qo‘ynida pirpirar
Xirarang shamchirog‘im.
Maymunlar qichqirishar
Daryoning zax bo‘yida.
Shom aro uchib o‘tar
Daryoning qushlari jim.
Istayman: sovuq qilich
Mening sirdoshim bo‘lsin.
O‘y surib o‘tiribman
Choponimga o‘ranib.
Poytaxtni chulg‘ab olgan
Chang-tutun misli to‘sin.
Umrimning shomi yetdi —
Tugadi shamdek yonib…
OQ TULPOR
Garbi-sharq tomonlardan
Elib keldi oq tulpor.
Egarida besanoq
Novaklarning izi bor.
Egasi halok bo‘lgan
Jang-jadalda beomon —
Endi u sira qaytmas,
Qadrdon uyi tomon.
Balki,o‘sha maydonda
Yotar unga yonma-yon
Bahodir sarkardamiz —
Usti-boshi qora qon?
Ajal kezib yuribdi
Har bir yo‘lda,so‘qmoqda —
Hali qancha ko‘zyoshi
To‘kiladi so‘qmoqda…
OYDIN TUN
Fuchjouda bu qora tun
Ko‘kdan oy nuri oqar.
Huv,yiroqda yolg‘iz,dilxun
Xotinim oyga boqar.
Bolalarim sog‘inganman,
G‘am bo‘gizimni paypaslar.
Ular hali Chan’an haqda
O‘y surmoqni bilmaslar.
Xotinimning qora sochi
Engildir bulutlardek,
Oy nurida tovlanadi
Qo‘llari oq marmardek,
Qachon oyga boqarmiz jim,
Bizlar birga tunlari
Va oy nuri quritadi
Ko‘zdan oqqan munglarni?
Xurshid Davron tarjimalari
YoLG‘IZLIKDA
Moviy osmon bag‘rida yirtqich
Qush uchadi charx urib tanho.
Suv yuzida ikki chag‘alay
Suzib borar beg‘am, beparvo.
Yirtqichda bor qulay, zo‘r imkon,
Bir urinsa, o‘ljasin yutar.
Chag‘alaylar o‘zin behadik,
Daryoday tinch, osuda tutar.
Oqshom tushar, dala bag‘riga
To‘shaladi g‘ubordan gilam.
Novdalarga nozik to‘rlarin
To‘qib osar o‘rgimchak shu dam.
Tabiatning qonunlaridan
Farq etmaydi insoniy kadar.
Mingta tashvish, yumush ichida
Qoldim yana yolg‘iz, darbadar.
TAFAKKURGA BERILIB…
Ivib ketgan daraxt shoxida
Chug‘urlaydi zarg‘aldoq chunon.
Orolchaga yaqin sohilda
Chag‘alay qush aylanar giryon.
Gullar chehrasida ma’yuslik
Bosh egishar mung‘ayib, behol.
To‘lg‘anadi daryoi azim
Notinch oshiq yuragi misol.
Men – sochiga oq ingan keksa,
Gulbarglardan bo‘za qaynatgum.
Derazamning ortida yomg‘ir,
Yomg‘ir bilan dil gardin artgum.
Sira boqmam taqdirga g‘ayri,
Har on shukur deyman bariga.
Nega kerak shon-shavkat mendek
Yolg‘izlikni sevgan qariga.
Do'stlaringiz bilan baham: |