1. Musulmon kalendari. Eron, Afg‘oniston, O‘rta Osiyo, Kavkaz davlatlari islomga qadar zardo‘shtiylik kalendaridan foydalanishmagan. Islom dini vaqtni hisoblashga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Islomdan avval arablar Oy kalendaridan foydalanganlar. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, arablar yahudiylardan yilga qo‘shimcha oylar qo‘shishni o‘rganganlar va u oyni “ayam an-nasi” deb ataganlar. Bundan biz arablarning Oy-Quyosh kalendaridan foydalanganligini bilishimiz mumkin. Arab kalendarida 12 oy bo‘lib, ular quyidagicha atalgan.
1) Muharram – (30) “ta’qiqlangan”, “man etilgan”, “muqaddas” ma’nolarini beradi. Muharram oyida joxiliyat davrida urush harom qilingan. Bu holat ettinchi (rajab), - o‘n birinchi (zulqa’da) va o‘n ikkinchi (zulhijja) oylariga ham tegishli bo‘lgan.
2) Safar – (29) “sariq”, “za’faron” degan ma’noni berib, bu oyda arablarga halok qiluvchi yara toshar edi. Insonlarga bu kasallik etganida yuzlari sarg‘ayib ketardi. SHu sababli bu oyni safar “sariq” deb nomladi. SHuningdek, boshqa bir farazga ko‘ra, safar oyida arablar “safariya” nomli guruh bilan birgalikda oziq-ovqat qidirganlar.
3) Rabiul-avval. (30) “Rabi’” so‘zi arab tilida “bahor” ma’nosini beradi. Ammo Qadimgi arablar “rabi’” so‘zini “kuz” ma’nosida ham qo‘llaganlar. Ushbu oy kuz faslida kelgani uchun “birinchi kuz” ma’nosini anglatgan.
4) Rabiul-oxir – “ikkinchi kuz” ma’nosini anglatgan.
5) Jumodul-avval - bu ikki oy qish kunlariga, sovuq qattiq bo‘lib, suv muzlagan paytini anglatuvchiga arabcha “jamoda” so‘zidan olingan bo‘lib, “qotib qolmoq”, muzlamoq ma’nosini beradi.
6) Jumodul-oxir – (29) kundan iborat.
7) Rajab – (30) arablar bu oyni ulug‘laydilar, yana bu oyni “kar oyi” ham deb nomlaydilar, chunki ular bu oyda urush ovozini eshitmasdilar.
8) SHa’bon – (29) “tashaaba” so‘zidan olingan bo‘lib, “tarqalmoq” ma’nosini beradi.
9) Ramazon – (30) “yondirmoq”, “jazirama oy” ma’nolarini anglatadi. Bu oy yozning eng issiq paytiga to‘g‘ri kelgan.
10) SHavvol – (29) “ko‘tarilmoq”, “olib bormoq”, “ko‘chirmoq” ma’nolarini beradi. Arab qabilalari bu oyda o‘z joylaridan ko‘chib ketardilar.
11) Zul-qa’da – (30) “o‘tirmoq”, “uyda qolmoq” ma’nolarini anglatadi. Bu oyda urushlar bo‘lmaydi.
12) Zul-xijja – (29-30) “haj” so‘zidan olinib, “haj qilish” ma’nosini beradi. Arablar bu oyda haj qilganlar.
2. Hijriy yil hisobi - musulmonlar yil hisobi. Muhammad (sav) ning Makkadan Madinaga koʻchishi (qarang Hijra) bilan bogʻliq. Qamariya (hijriy-qamariy yil) va shamsiya (hijriy-shamsiy yil)ga boʻlinadi.
Shamsiya 622 yilning bahorgi teng kunlik kuni — 21 martdan boshlab hisoblanadi; keyingi yil boshlari esa 20, 21 yoki 22 martga toʻgʻri keladi. Davomiyligi Grigoriy kalendaridat kabi 365 yoki 366 kundan iborat. Shamsiya boʻyicha oylarning nomlari hut, hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula, mezon, aqrab, qavs, jaddi va dalv boʻlib, bu oylar doimo yilning maʼlum bir vaqtlarida keladi.
Oʻrta Osiyoda yangi uslub keng ommaviylashgunga qadar qamariya hisobi ham, shamsiya hisobi ham ishlatilib kelingan; Shamsiya hisobi boʻyicha yilning dastlabki kunlarida Navroʻz bay-rami oʻtkazilgan.
3. Qamariya boʻyicha yil hisobi 622 yilning 16 iyuli juma kunidan boshlanib, Oyning ketma-ket kelgan ikki bir xil fazasi orasida oʻtgan vaqt — sinodik oy (29,530588 kun) davriga asoslangan. 12 oydan iborat bir qamariy yil 354,3671 kundan iborat. Qa-mariy yilda 1, 3, 5, 7, 9 va 11-oylar 30 kundan, qolganlari 29 kundan butun qilib olingan. Oylar tartibi bilan muharram, safar, rabiul avval, rabiul oxir, jumodul avval, jumo-dul oxir, rajab, shaʼbon, ramazon, shavval, zulqaʼda va zulhijja deb ataladi. Qamariy yil tropik yildan 10— 12 kun qisqa. Qamariy yilning baʼzilari kabisa yil boʻlishiga sabab yilning kasr qismi (0,3671 kun) har 30 yilda 11,013 kunni tashkil etishidir. Uning 19 yili oddiy (354 kunlik), 11 yili kabisa (355 kunlik), 38- yillik arabcha siklning 2, 5, 7, 10, 13, 16, 18, 21, 24, 26 va 29-yillari kabisa deb qabul qilingan. Qamariya hisobi Yaqin va Oʻrta Sharqning koʻp davlatlari va boshqa baʼzi davlatlarda qoʻllanadi.
4. Yurtimizda, umuman, musulmon sharqida yaratilgan barcha yilnomalarda, tarixiy va badiiy asarlarda hijriy yil hisobida ko'rsatilgan sanalarga duch kelamiz. Hijriy-shamsiy yil hisobini milodiyga "o'girish" bir muncha oson. Deylik, 1345 Hijriy shamsiy yil bizning hisobda qaysi yilga teng kelishini bilish uchun 1345 soniga 622 (hijriy yil hisobi boshlangan sana) qo'shiladi. Javob-1967. Demak, bu milodiy 1967 yilga to'g'ri keladi. Milodiy yilni hijriy-shamsiyga aylantirish uchun esa shu amal teskari tartibda bajariladi. Deylik, 2013 yilni hijriy shamsiyga aylantiramiz: 2013-622=1391. Demak, hozir 1391 hijriy shamsiy yil ekan. Biroq tarixiy asarlarda yil hisobi asosan Qamariy taqvimda yuritilgan. Masalan, buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asarida hijriy 899 yil voqealari bilan boshlanadi. Xo'sh, bu milodiy yil hisobi bo'yicha qaysi yilga to'g'ri keladi? Buning uchun oddiy arifmetik amallar bajarish zarur. Avval ko'rsatilgan yil, ya'ni 899 (soni) ga 622 qo'shiladi. Javob: 1521. Endi esa 899 Hijriy qamariy yil shamsiy hisobidan qancha "o'zib" ketganini topishimiz kerak. Buning uchun esa 899 ni 33 ga bo'lamiz. Javob taqriban 28 ga teng. Endi bu "tafovut"ni 1521 dan ayiramiz. Javob 1493. Demak, "Boburnoma" voqealari aynan shu yilda boshlangan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |