nomi bilan tarixga kirgan
davlatini tashkil qiladi. V asrning o‘rtalariga kelib butun O‘rta Osiyoda eftalitlar
hukmronligi o‘rnatiladi. Keyinchalik O‘rta Osiyoni, Sharqiy Eron viloyatlarini,
Hindistonning shimoliy qismini va Sharqiy Turkistonni birlashtiruvchi yirik davlatni
barpo etishga muvaffaq bo‘ladilar. Eftalitlar davlatining tuzilishi, markaziy va
mahalliy davlat organlari, sudi va harbiy qo‘shini haqidagi ma’lumotlar bizgacha
yetib kelmagan. Ixtiyorimizda bo‘lgan manbalardagi ayrim ma’lumotlarga tayangan
holda eftalitlar davlat tuzumi va huquqi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lishimiz
mumkin. Vizantiyalik tarixchi Prokopiyning (VI asr) yozishicha, «Eftalitlarni bir
shoh boshqargan, ular qonuniy davlatga ega bo‘lganlar va o‘zlari bilan qo‘shnilari
o‘rtasida romeylar (vizantiyaliklar) va Forslarda mavjud bo‘lgan adolatdan zarracha
kam bo‘lmagan adolatga amal qilganlar».
Xitoy manbalarida qayd qilinishicha, Eftalitlar davlatida taxt otadan bolaga
o‘tmagan, shu suloladan kim davlat boshlig‘i lavozimiga loyiq topilsa, o‘sha kishi
taxtni egallagan. Aynan kimning ushbu lavozimga loyiqligini aniqlash vakolatiga
maxsus kengash ega bo‘lgan.
16
Prokopiyning guvohlik berishicha, eftalitlar davlatni qonunlar asosida
boshqarganlar. Ba’zi manbalarda qayd qilinishicha, eftalitlar davlatida podsho
hokimiyati unchalik kuchli bo‘lmasdan, mahalliy hokimlarning mavqei yuqori
bo‘lgan. Joylarda hokimiyat yirik yer egalari qo‘lida bo‘lib, ular katta mulkka, qal’a
va harbiy qo‘shinga ega edi. Mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida
shaharlarning o‘rni katta bo‘lgan. Vizantiya hukmdori Yustin II ning «Eftalitlar
shaharda yashaydilarmi yoki qishloqdami» degan savoliga ashinaliylarning elchisi
«A’lo hazrat, ular shaharlik sulolalardan», degan javobi fikrimiz dalilidir. Eftalitlar
davlatida yirik shaharlar hokimlar tomonidan boshqarilgan. Ushbu hokimlar ham
o‘z harbiy kuchlariga, o‘z tangalarini zarb qilish huquqiga ega bo‘lganlar. Ichki
savdo munosabatlarida tangalar ayirboshlash vositasi vazifasini bajargan.
Eftalitlar kuchli harbiy qo‘shinga ega bo‘lishgan, qo‘shinning asosiy qismini
otliq lashkar tashkil qilgan. Ayrim manbalarda yozilishicha, eftaliylar davlatida
jinoyat sodir qilganlik uchun qattiq jazo choralari qo‘llanilgan. Masalan, o‘g‘irlik
uchun bo‘ynini kesib qatl etish yoki o‘g‘irlab ketgan mulkni o‘n barobar miqdorida
undirib berish jazosi qo‘llanilgan. Asta-sekinlik bilan markaziy hokimiyatning
kuchsizlanishi, mahalliy hokimlarning mustaqillikka intilishining kuchayishi va ular
o‘rtasidagi raqobat VI asrning o‘rtalariga kelib Eftalitlar davlatining yemirila
boshlashiga olib keldi
1
.
VI asr o‘rtalariga kelib Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyodagi turli qabila va
xalqlarni birlashtiruvchi, katta davlat – Turk hoqonligi
tashkil topadi. Hozirgi
O‘zbekiston hududi Turk hoqonligi tomonidan bosib olinadi. Keyinchalik hoqonlik
hududi Xitoy va Mo‘g‘ilistonning bir qismi hisobiga yanada kengaytirildi. VI
asrning oxirgi choragida Turk xoqonligi davlatga asos solgan sulola namoyandalari
o‘rtasidagi (asoschilar va davlat hududining kengayishida ulkan hissa qo‘shgan
Ashina sulolasi namoyandalari – Bo‘min (Tuman), uning kichik o‘g‘li Mug‘anxon)
kurash natijasida poytaxti Mongoliyada bo‘lgan Sharqiy Turk xoqonligi va markazi
Yettisuvda bo‘lgan G‘arbiy Turk xoqonligiga bo‘linadi. O‘zbekiston hududi G‘arbiy
Turk xoqonligi tarkibida bo‘lgan.
Turk xoqonligida hokimiyat tepasida urug‘, qabila boshliqlari qurultoyida
saylanadigan xoqon turgan. Uning huzurida qabila, urug‘ boshliqlaridan iborat
kengash bo‘lib, unda davlat ahamiyatiga molik masalalar muhokama qilinib tegishli
qarorlar qabul qilingan. Bundan tashqari, davlat hayotida xoqon maslahatchilari,
o‘lkalar hokimi, davlat arboblarining roli katta bo‘lgan. O‘lkalarda hokimiyat
hokimlar qo‘lida to‘plangan. Hokimlik lavozimini o‘lkalardagi hukmron sulolalar
vakillari egallagan. Hokimlarning bir necha muovinlari bo‘lgan. Har bir hokim
huzurida hisob-kitob ishlarini olib boruvchilar, soliq yig‘uvchilar, qo‘riqchilar va
boshqalardan iborat apparat bo‘lgan. Xoqon va alohida o‘lkalarning hokimlari
1
N. A. Abdurahimova, M. Isakova, Z. M. Suleymonova
–
Davlat muassasalari tarixi. Toshkent. 2007. 83-b
17
otliqlar va piyodalardan iborat shaxsiy gvardiyasiga ega bo‘lganlar. Turk xoqonligi
davlati O‘rta Osiyo hududlarining arablar tomonidan bosib olinishi bilan tugatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |