Icmailov Astan Ibragimovich Bokiyev Abdujolol Abdulxamitovich


IV bob. 4.4. Elektr ta’minoti



Download 9,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/229
Sana03.03.2023
Hajmi9,5 Mb.
#915982
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   229
IV bob. 4.4. Elektr ta’minoti 
Reja: 
4.4.1. Umumiy tushunchalar. 
4.4.2. Suv xo‘jaligi va melioratsiyada elektr iste’molchilarining xususiyatlari. 
4.4.3. Yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari.
4.4.4. 1000 V gacha kuchlanishli iste’molchilar.
4.4.5. Rele himoyasi. 
4.4.1. Umumiy tushunchalar. 
Elektr energiyasi turli xil elektrostansiyalarda ishlab chiqariladi. Odatda, 
elektrostansiyalar tabiiy energetika resurslari mavjud bo‘lgan rayonlarda 
quriladi. Bunday rayonlar esa ko‘pincha sanoat markazlaridan ancha uzoqda 
bo‘ladi. Elektrostansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi elektr uzatish 
liniyalari orqali sanoat markazlariga, ya’ni iste’molchilarga uzatiladi.
So‘nggi vaqtlarda elektr energiyasi uzatilishi lozim bo‘lgan masofa va 
uzatiladigan quvvatlar tobora ortib bormoqda. Elektr energiyasi ma’lum 
masofaga uzatilganda liniya simlarida sodir bo‘ladigan quvvat isrofi mumkin 
qadar kam bo‘lishi lozim. SHundagina elektr uzatish liniyasining foydali ish 
koeffitsienti katta bo‘ladi, ya’ni iste’molchilarga ko‘proq energiya etib boradi.
Energiya uzatuvchi liniya simlarida quvvat isrofi, asosan, ulardan o‘tuvchi 
tok kuchining kvadratiga hamda liniya simlarining aktiv qarshiligiga bog‘liqdir. 
Tok kuchi qancha katta bo‘lsa, quvvat isrofi shuncha katta bo‘ladi. Liniyalarda 
tok kuchi katta bo‘lsa, bu simlarning ko‘ndalang kesim yuzalarini katta qilib 
olishga to‘g‘ri keladi. Quvvat isrofini kamaytirish uchun simlarning aktiv 
qarshiligini kamaytirish lozim. Ma’lum uzunlikdagi simning aktiv qarshiligini
asosan, uning ko‘ndalang kesim yuzini kattalashtirish yo‘li bilan kamaytirish 
mumkin. 
Liniyalarda ko‘ndalang kesim yuzi katta bo‘lgan simlarning ishlatilishi 
elektr uzatuvchi liniyalar uchun sarflanadigan rangli metallar (mis, alyuminiy 
va boshqalar) sarfini ko‘paytiradi hamda simlarning og‘irligini oshirib yuboradi. 
Og‘ir simlarni ko‘tarib turish uchun baqquvat tayanchlar o‘rnatish lozim 
bo‘ladi. O‘z navbatida bunday tayanchlar uchun ko‘p metall va yog‘och 
materiallar sarflash talab qilinadi. Bunday sharoitda elektr energiyasini ma’lum 
masofaga uzatish ancha qimmatga tushadi va ba’zan maqsadga muvofiq 
bo‘lmay qoladi. 


226 
Bu masalani boshqacha hal qilish mumkin. Ma’lumki, elektr tokining 
quvvati, asosan, kuchlanish va tok kuchi qiymatlarining ko‘paytmasi 
R= UI 
bilan aniqlanadi. Bu formulaga muvofik, ma’lum quvvatda kuchlanish katta 
bo‘lsa, tok kuchi kichkina bo‘ladi va aksincha. Ma’lum quvvatni uzoq 
masofaga uzatishda kuchlanish qiymati necha marta oshirilsa, simlardan 
o‘tadigan tok kuchining qiymati shuncha marta kamayadi. Energiya uzatishda 
liniya simlarida tok kuchi kichik bo‘lsa, kuchlanish pasayishi ham, quvvat 
isrofi ham kam bo‘ladi. Bundan tashqari, tok kuchi kichkina bo‘lganda elektr 
uzatish liniyalarida ko‘ndalang kesim yuzi kichikroq bo‘lgan simlar ishlatishga 
imkon yaratiladi. Natijada liniya qurish uchun sarflanadigan rangli metallar 
hamda tayanchlar qurish uchun ishlatiladigan metall va yog‘och materiallar 
sarfi kamayadi. Elektr energiyasini uzoq masofaga uzatish tannarxi 
arzonlashadi. Demak, elektr energiyasini uzoq masofaga kuchlanish qiymatini 
oshirib uzatish foydali ekan. [1,2] 

Download 9,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish