Payvandlash transformatorlari
- payvandlashning turiga qarab turli
konstruksiyada tayyorlanadi. Ular elektr yoyi yordamida yoki kontakt usulida
payvandlash qurilmalarida ishlatiladi. Payvandlash transformatori tarmoq
kuchlanishini pasaytiruvchi oddiy bir fazali ikki chulg‘amli transformatordir.
Bunday transformator uchun ikkilamchi chulg‘amning qisqa tutashish sharoitida
ishlashi normal sharoit xisoblanadi. Qisqa tutashish tokining qiymatini
kamaytirish maqsadida chulg‘amlarning induktiv qarshiligi katta qilib
tayyorlanadi. Shuning uchun payvandlash transformatorlarining quvvat
koeffitsienti kichkina bo‘ladi. Induktiv qarshilikni kattalashtirish uchun bunday
transformatorlarda maxsus konstruksiyadagi chulg‘am yoki ikkilamchi chulg‘am
zanjiriga qo‘shimcha induktiv qarshilik ulanadi.
Chulg‘amning induktiv qarshiligini kattalashtirish uchun sochilma oqim
qiymatini kattalashtirish lozim. Buning uchun chulg‘am o‘zakning ikkita yoki
bitta sterjenida turli balandlikda o‘rnatiladi. Magnit o‘tkazgichda magnit
shuntlarni qo‘llash ham sochilma oqimni va chulg‘amning induktiv qarshiligini
ancha oshiradi (4.3.5–rasm, a).
4.3.5-rasm. a – magnit shuntli payvandlash transformatiri, b – reaktiv g’altakli
payvandlash transformatiri, c - payvandlash transformatirining tashqi
xarakteristikasi.
221
Payvandlash transformatorining ikkilamchi chulg‘amining kuchlanishi 60 . .
.70V va nominal yuklama bilan ishlaganda 30 V bo‘ladi. Elektr yoyning
uzluksiz va turg‘un yonib turishi uchun zanjirda tok deyarli o‘zg‘armasligi,
induktivlik esa ancha o‘zgarishi lozim. Payvandlash zanjirida tokni rostlash
uchun transformatornnng ikkilamchi chulg‘amiga magnit o‘tkazgichli induktiv
g‘altak ketma–ket ulanadi (10.5.–rasm, b).
Payvandlash toki induktiv g‘altakning reaktiv qarshiligini o‘zgartirib
rostlanadi. Tok qiymati elektrod diametriga qarab tanlanadi. Induktiv
g‘altakning o‘zagi qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan qismlardan iborat.
G‘altakning reaktiv qarshiligi uning ko‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan o‘zaklari
orasidagi masofaga bog‘liq bo‘ladi.
Havo oralig‘i (
δ
) katta bo‘lsa, g‘altakning reaktiv qarshiligi kamayadi,
zanjirda tok qiymati oshadi va aksincha. Havo oralig‘ini o‘zgartirib zanjirda
payvandlash tokini 70 A dan 300 A gacha o‘zgartirish mumkin. Payvandlash
vaqtida ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi 30 V gacha kamayishi mumkin. [1]
Bitta transformator bir nechta payvandlash apparatni ta’minlashi mumkin,
lekin har bir apparat o‘zining alohida reaktiv g‘altagiga ega bo‘lishi kerak.
Reaktiv g‘altak payvandlash qurilmasining tashqi xarakteristikasini keskin
tushuvchi qilib uning egriligini oshiradi (4.3.5.–rasm, s) Amalda induktiv
g‘altak transformator bilan bir butun qurilma sifatida tayyorlanishi ham
mumkin.
Turli sohalarda STE–22, STE–34, STN–500 va boshqa markali payvandlash
transformatorlari keng ishlatiladi. (4.3.6 – rasm)
STE–34 markali payvandlash transformatorining texnik ta’rifi quyidagicha:
R
n
=30 kVA;
U
1
/
U
2
= 220/60 V;
I
1
/
I
2
=147/500 A; salt ishlash toki 3,4%; o‘zak
markasi E41 = 0,5; FIK 93%; tok zichligi 3,2 A/mm
2
. Induktiv g‘altakniki:
kuchlanishi 50 V, po‘lat markasi 341-0,5; tok zichligi 3,48 A/mm
2
.
222
4.3.6-rasm. Payvandlash transformatorining tuzilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |