1 bob.
ELEKTR ZANJIRLARI
1.1.
Fanga kirish. “Elektrotexnika. elektr yuritmalari” to‘g‘risida umumiy
ma’lumotlar
Reja:
1.1.1.
Ishlab chiqarish qurilmalari, elektr dvigatellar, elektrik, noelektrik
parametrlarni elektr asboblar va qurilmalar yordamida o‘lchash va nazorat
qilish, elektr energiyani boshqa energiya turlariga o’zgartirish.
1.1.2.
Elektrotexnikada elektr va magnit hodisalari
1.1.3.
Suv xo‘jaligi sohasidagi injenerlar uchun elektrotexnikaning ahamiyati.
1.1.1.
Ishlab chiqarish qurilmalari, elektr dvigatellar, elektrik, noelektrik
parametrlarni elektr asboblar va qurilmalar yordamida o‘lchash va
nazorat qilish, elektr energiyani boshqa energiya turlariga
almashtirish.
XIX asrda, ayniqsa uning birinchi yarmida qator dunyo olimlari tomonidan
olib borilgan faol tadqiqotlar natijalari asosida nazariy va amaliy elektrotexnika
rivojlandi. Aynan shu davrlarda tokning issiqlik ta’siri, elektr va magnit
maydonlari orasidagi bog‘lanish, elekktrodinamik hodisalar kashf etildi.
XIX asrning ikkinchi yarmida esa o‘zgarmas tok dvigatellarini yaratish
bo’yicha izlanishlar olib borildi. Shuningdek, katta quvvatli energiya
manbalarini yaratish va elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatish
masalalariustida tadqiqot ishlari avj oldi. Aynan shu davr elektrotexnika
taraqqiyoti ikkinchi bosqichining boshlanishi bo‘lib, bunda sanoat ahamiyatiga
ega bo‘lgan elektrotexnikaga asos solindi.
O’zgaruvchan tok energiyasini uzoq masofalarga uzatish masalasi
transformatorlarni yasash nazariyasini ishlab chiqishga olib keldi. Birinchi
yasalgan transformatorlarning o‘ziyoq kuchlanishni 100 va hatto 1000-2000
Voltgacha kuchaytirib bera olar edi. 1.1-rasm.
1.1.1-rasm. O’zgaruvchan tok energiyasini uzoq masofalarga uzatish.
7
XIX asrning oxirlariga kelib uch fazali o‘zgaruvchan tok hosil qilindi va
uning asosiy iste’molchisi bo‘lmish uch fazali asinxron dvigatel kashf etdi.
Hozirgi kunda esa butun dunyodagi elektr dpigatellarpiig asosiy qismini
asinxron dvigatellar tashkil etadi. 1.2-rasm.
1.1.2-rasm. Uch fazali asinxron dvigatel va uning turlari.
XX asr radio va yarim o‘tkazgichlar texnikasining paydo bo‘lishi,
televideniening kashf egilishi, avtomatika va telemexanikaning taraqqiy eti
щ
i,
mikroelektronika va energetikaning yuqori suratlarda o‘sishi, integral
sxemalarning va atom energiyasining kashf etilishi va taraqqiyoti bilan
chambarchas bog‘liqdir.
Umuman, elektrotexnikaning yutuqlaridan xalq xo‘jaligining barcha
sohalarida foydalaniladi. Ayniksa, xalq xo’jaligini mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish sohalarida erishilgan yutuqlarni elektrlashtirishsiz tasavvur
qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun elektrotexnikaning va uning sohasi bo‘lmish
elektroenergetikaning o‘sish sur’atlari xalq xo‘jaligining elektr energiyasiga
bo‘lgan talabidan doimo ustun bo‘lishi kerak
Elektrotexnika va elektroenergetika sohasidagi tadkiqotlarning samarasi
o‘laroq yakka generatorlarning quvvagi tobora ortmoqda. Hozirgi vaqtda
quvvati 500, 640 MVt bo‘lgan gidrogeneratorlar,- quvvati 800, 1200 MVt
bo‘lgan turbogeneratorlar va quvvati 1000 MVt bo‘lgan reaktorlarni ishlab
chiqarish to‘la o‘zlashtirilgan. Bunday katta quvvatli elektr energiyasini
uzatish uchun 500, 750, 1150 kV kuchlanishli o‘zgaruvchan tok uzatish
liniyalari ishlab turibdi natijada transformatorlarni 3-5 million Volt kuchlanish
bilan tekshirish imkoniyati yaratildi. 1.3-rasm.
Hozirda ishlab chiqarishni boshqarish sistemasini avtomatlashtirish,
asosan, elektrotexnik va yarim o‘tkazgichli hamda mikropretsessorli
asboblardan foydalanish bilan hal etilmoqda. Shuning uchun bo‘lajak
8
injenerlar halq xo‘jaligining turli sohalaridagi vazifalarni samarali xal
etishlari uchun ixtisosligi elektrik bo‘lmagan xolda xam etarli darajada
elektrotexnik bilimga va tayyorgarlikka ega bo‘lishlari talab etiladi.
1.1.3-rasm. Zamonaviy nazorat-o’lchov asboblarining qo’llanilishi.
Bugungi
kunda
O‘zbekiston
elektr
energiyasi
tarmog‘ida
45
elektrostansiya mavjud bo‘lib, ularning umumiy quvvati 12,5 ming MVtni
tashkil qiladi. Ushbu quvvatning 12,1 ming MVti «O‘zbekenergo» tizimidagi
elektr stansiyalari tomonidan, qolganlari esa kichik avtonom yoki
gidroelektrostansiyalar tomonidan ishlab chiqariladi.
Ushbu ishlab chiqarilayotgan elektr energiyani ehtiyojga ko’ra turli
elektr jihozlari yordamida boshqa energiya turlariga almashtirib tegishli
texnologik jarayonlar amalga oshiriladi. Xususan, elektr energiyasining
yorug’lik effektidan foydalanishda turli rusumdagi yoritgichlardan foydalaniladi.
1.4-rasm.
1.1.4-rasm. Turli rusumdagi yoritgichlar va ularning qo’llanilishi
9
Do'stlaringiz bilan baham: |