7
XIX asrning oxirlariga kelib uch fazali o‘zgaruvchan tok hosil qilindi va
uning asosiy iste’molchisi bo‘lmish uch fazali asinxron dvigatel kashf etdi.
Hozirgi kunda esa butun dunyodagi elektr dpigatellarpiig asosiy qismini
asinxron dvigatellar tashkil etadi. 1.2-rasm.
1.1.2-rasm. Uch fazali asinxron dvigatel va uning turlari.
XX asr radio va yarim o‘tkazgichlar texnikasining paydo bo‘lishi,
televideniening kashf egilishi, avtomatika va telemexanikaning taraqqiy eti
щ
i,
mikroelektronika va energetikaning yuqori suratlarda o‘sishi,
integral
sxemalarning va atom energiyasining kashf etilishi va taraqqiyoti bilan
chambarchas bog‘liqdir.
Umuman, elektrotexnikaning yutuqlaridan xalq xo‘jaligining barcha
sohalarida foydalaniladi. Ayniksa, xalq xo’jaligini mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish sohalarida erishilgan yutuqlarni elektrlashtirishsiz tasavvur
qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun elektrotexnikaning va uning sohasi bo‘lmish
elektroenergetikaning o‘sish sur’atlari xalq xo‘jaligining
elektr energiyasiga
bo‘lgan talabidan doimo ustun bo‘lishi kerak
Elektrotexnika va elektroenergetika sohasidagi tadkiqotlarning samarasi
o‘laroq yakka generatorlarning quvvagi tobora ortmoqda. Hozirgi vaqtda
quvvati 500, 640 MVt bo‘lgan gidrogeneratorlar,- quvvati 800, 1200 MVt
bo‘lgan turbogeneratorlar va quvvati 1000 MVt bo‘lgan reaktorlarni ishlab
chiqarish to‘la o‘zlashtirilgan. Bunday katta quvvatli
elektr energiyasini
uzatish uchun 500, 750, 1150 kV kuchlanishli o‘zgaruvchan tok uzatish
liniyalari ishlab turibdi natijada transformatorlarni 3-5 million Volt kuchlanish
bilan tekshirish imkoniyati yaratildi. 1.3-rasm.
Hozirda ishlab chiqarishni boshqarish sistemasini avtomatlashtirish,
asosan, elektrotexnik va yarim o‘tkazgichli hamda mikropretsessorli
asboblardan foydalanish bilan hal etilmoqda. Shuning uchun bo‘lajak
8
injenerlar halq xo‘jaligining turli sohalaridagi
vazifalarni samarali xal
etishlari uchun ixtisosligi elektrik bo‘lmagan xolda xam etarli darajada
elektrotexnik bilimga va tayyorgarlikka ega bo‘lishlari talab etiladi.
1.1.3-rasm. Zamonaviy nazorat-o’lchov asboblarining qo’llanilishi.
Bugungi
kunda
O‘zbekiston
elektr
energiyasi
tarmog‘ida
45
elektrostansiya mavjud bo‘lib, ularning umumiy quvvati 12,5 ming MVtni
tashkil qiladi. Ushbu quvvatning 12,1 ming MVti «O‘zbekenergo» tizimidagi
elektr stansiyalari tomonidan, qolganlari
esa kichik avtonom yoki
gidroelektrostansiyalar tomonidan ishlab chiqariladi.
Ushbu ishlab chiqarilayotgan elektr energiyani ehtiyojga ko’ra turli
elektr jihozlari yordamida boshqa energiya turlariga almashtirib tegishli
texnologik jarayonlar amalga oshiriladi. Xususan, elektr energiyasining
yorug’lik effektidan foydalanishda turli rusumdagi yoritgichlardan foydalaniladi.
1.4-rasm.
1.1.4-rasm. Turli rusumdagi yoritgichlar va ularning qo’llanilishi