Icmailov Astan Ibragimovich Bokiyev Abdujolol Abdulxamitovich


G‘o‘zani yomg‘irlatib sug‘orish



Download 9,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/229
Sana03.03.2023
Hajmi9,5 Mb.
#915982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   229
G‘o‘zani yomg‘irlatib sug‘orish. 
YOmg‘irlatib sug‘orish maxsus 
injenerlik qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Mazkur qurilmalar borib-
kelib sug‘oruvchi, o‘z o‘qi atrofida aylanuvchi, dalaga muqim o‘rnatiluvchi 
kabi ko‘rinishlarda bo‘ladi (1.10-rasm). 
1.1.10-rasm. Yomg’irlatib sug’orish qurilmalari. 
XX-asrning 
50-70 yillarida 
DDA-100 M 
tipidagi 
yomg‘irlatish 
mashinalari keng qo‘llanilgan. Ilgarilanma harakatlanuvchi “Voljanka” 
(Qashqadaryo viloyatida) va aylanma harakatlanuvchi “Fregat” (Jizzax viloyati 
Arnasoy tumanida) yomg‘irlatish mashinalari amalda sinab ko‘rilgan. 
Keyinchalik Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida keng elkali “Kuban” 
yomg‘irlatib sug‘orish mashinalaridan foydalanilgan. Tajribalarda bunday 
mashinalar 60-80 gektardan kam bo‘lmagan to‘rtburchak shakldagi paxta 
maydonlaridagina yaxshi samara berishi isbotlangan. 
Olimlar tomonidan mamlakatimiz sharoitida 350 ming gektarga yaqin 
maydonda yomg‘irlatib sug‘orish usulini qo‘llash mumkinligi aniqlangan hamda 
keng elkali va statsionar tipdagi uskunalardan foydalanish tavsiya qilingan. 


17 
YOmg‘irlatib sug‘orish usulini keng qo‘llasa bo‘ladigan hududlar sifatida 
Jizzax, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi maydonlar ajratib ko‘rsatilgan.
G‘o‘zani tomchilatib sug‘orish. 
Suv tejovchi texnologiyalar orasida 
tomchilatib sug‘orish usuli suvni kam ishlatilishi bilan alohida ajralib turadi. Bu 
usulda suv shlanglar yordamida bevosita ekinning ildiz qatlami yaqinida 
joylashgan tomizgichlarga ma’lum bosim ostida etkazib beriladi. Bunday 
sharoitda suv ham, oziqa moddalar ham behudaga sarf bo‘lmaydi (1.11-rasm). 
Tomchilatib sug‘orilganda dalaning ekin joylashgan joylari bir xilda 
namlanadi, tuproqda ortiqcha namlik yuzaga kelmaydi, ildiz qatlamining 
namligi bir xilda ushlab turiladi va ekin o‘z energiyasini hosil to‘plashga 
sarflaydi. Bu usul boshqa sug‘orish usullariga nisbatan hosildorlikni ortishi va 
hosil sifatini yaxshilanishi, suv, mehnat va boshqa resurslar sarfi kamligi bilan 
ahamiyatlidir. Tomchilatib sug‘orishda suvning tuproqqa shimilib isrof bo‘lishi, 
dalaning oxirida oqovaga tashlanishi bartaraf qilinadi. Natijada 20-50% suv 
tejaladi. 
Tomchilatib sug‘orilganda tuproq qotmaydi va kultivatsiya qilinmaydi, 
o‘g‘itlar suv bilan birga berilganligi bois mavsum davomida dalaga texnika 
kam kiradi. Tomchilatib sug‘orishni quyidagi holatlarda ham bemalol qo‘llash 
mumkin: murakkab relefli va nishabligi katta uchastkalarda; suv resurslari o‘ta 
taqchil bo‘lgan hududlarda; tuproq qatlami yupqa va suv shimilishi yuqori 
bo‘lgan maydonlarda; suvni etkazib berish qimmatga tushadigan (suv nasoslar 
yordamida etkazib beriladigan) hududlarda; kam debetli suv manbalaridan 
(quduq va buloqlardan) sug‘oriladigan hududlarda; ekinlarni sug‘orish uchun 
tozalangan chiqit suvlarini ishlatish rejalashtiriladigan sharoitlarda. 
1.1.11-rasm. Tomchilatib sug’orish uskunalari yordamida sug’orilgan dalalar. 


18 
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan 
olib borilgan tadqiqotlar natijalarini ko‘rsatishicha, turli xil ekinlarni (paxta, 
meva, sabzavot) etishtirishda tomchilatib sug‘orish usuli qo‘llanilganda xuddi 
shu dalalarni odatdagi egatlab sug‘orishga nisbatan 30-50 % gacha kam 
miqdorda suv ishlatilgan. Shuningdek mazkur dalalarda hosil etishtirish uchun 
sarflangan o‘g‘it (30-40 %), mehnat va moddiy resurslar (30-40 %) 
xarajatlarini ham tejalishiga erishilgan. 
Yuqorida keltirilgan har ikki texnologiya bevosita elektr energiya 
iste’moli bilan bog’liq bo’lib, turli rusumdagi elektr jihozlari, boshqaruv va 
himoya vositalari, zamonaviy electron raqamli o’lchov vositalarini to’g’ri 
tanlash, samarali va xavfsiz ekspluatatsiya qilishni nazarda tutadi. 
Nazorat savollari 
1.
Elektr energiyasinin qishloq xo’jaligida qo’llanilishi. 
2.
Eelektrotexnik jihozlar, qurilmalar va asboblar. 
3.
Elektrotexnikada elektr va magnit hodisalari 
4.
Elektr energiyasining elektromagnit effektida ishlaydigan jihozlar. 
5.
Suv xo‘jaligi sohasidagi injenerlar uchun elektrotexnikaning ahamiyati. 
6.
Noelektrik kattaliklarni o‘lchash va nazorat qilish.

Download 9,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish