15
mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich 3000 kVt.s gacha boradi. Bunday farq
O‘zbekiston aholisi uchun elektrlashganlik darajasini ko’tarish
orqali yuqori
darajali qulaylik yaratish zarurligini ko‘rsatmoqda. Bu o’z navbatida muqobil
energiya manbalaridan yanada keng miq’yosda foydalanish imkoniyatlarini
yaratishni taqazo etadi.
Gidrotexnik inshoatlar kurilishida yangi davr XIX asr oxiri va XX asr
boshlarida, gidravlik turbinalar ixtiro kilingandan so’ng va sanoatga elektrning
joriy kilinishi bo’lib, unga GESlar qurilishi xamda
beton va temir betonning
paydo bo’lishi kata ahamiyat kasb etdi.
Ushbu davrga kelib suv resurslarining barcha turlari gidroenergetik
potensial sifatida karalib va uning potentsiali baxolandi. Markaziy Osiyoda
gidroenergetika obektning birinchisi Boz suv GESi xisoblanadi. Bu GES
Chirchik-Boz suv yo’lida qurilgan va 1926 yilda ishga tushirilgan. Kuvvati
4000 kVt.
Keyingi yillarda bu suv yulida bir necha GESlar qurilgan. Sirdaryoda esa
irrigatsiya-energetika maksadlarga muljallangan. Kayroqqum, Farxod,
CHordara
gidrouzellari, Norin daryosida esa Uchkurg’on, Koradaryoda –
Andijon, Chirchikda esa – Chorbog’, Amudaryoda – Tuyamo'yin GESlari
qurildi.
Dastlabki xisoblfrga ko’ra O’zbekiston Respublikasining gidroenergetik
resurslarining xisoblangan yillik umumiy gidroenergetik imkoniyatlari turli
tabiiy va texnologik isroflarni chiqarib tashlanganda - 15,0 mlrd. kVt/soatga
yaqin bo‘lib shundan kichik daryo, soy va irmoqlarning imkoniyatlari – 2,0
mlrd. kVt/soatga yaqin miqdorni tashkil qiladi.
Suv resurslari atrof
muhitni kislorodga boyitadi, xududlarning flora va
faunasiga ijobiy ta’sir qiladi. SHu ma’noda tabiiy qiyaliklar, irrigatsiya
tizimlaridagi kanallarga quriladigan kichik GESlar tabiatga zarar keltirmaydi.
Demak, O‘zbekiston Respublikasining gidroenergetik resurslari hajmini
kelajakda kichik gidroenergetikani rivojlantirish
uchun etarli deb olib, ushbu
maqsadlarga yo‘naltirilgan innovatsiya loyihalari yuqori samarali deb xisoblash
mumkin.
16
Kichik GESlar uchun ishlab chiqarilayotgan gidroagregatlar bosim va
sarflarning keng diapazoniga mo‘ljallangan bo‘lib, propellerli, radial-o‘qli va
cho‘mich turbinali shakllarda ishlab chiqariladi. Bundan tashqari komplekt
tarkibiga generator va gidrogeneratorni avtomatik boshqarish tizimi xam kiradi.
Mavjud texnik imkoniyatlarda 5l/s dan -100 l/s gacha diapazondagi suv sarfida
kichik GESlarning quvvati 20 kVt dan 100 kVt gacha borishi mumkin.
Maksimal suv sarfi 0,1 dan 100 m
3
/s gacha bo‘lganda gidroagregatlarning birlik
quvvati diapazoni esa 1 dan 1000 kVtgacha bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: