Mexali
200
5,02
0,82
5,84
Dastlabki sovitish bo‘lmasi bo‘lmagan omborlarda avval bo‘lmaning 30–40% uzum
joylashtiriladi, 3–4 kundan keyin yana ma’lum qismi uzum bilan to‘ldiriladi.
Odatda, uzumning O‘rta Osiyoda yetishtiriladigan xo‘raki navlari 3–5
C haroratga chidaydi.
Shu sababli saqlash uchun normal harorat -1–0
C hisoblanadi. Uzum saqlash jarayonida ana shu
harorat doimiy bo‘lishi lozim.
Havoning nisbiy namligi 85–90% atrofida bo‘ladi. Agar 80% dan kam bo‘lsa, uzumning
bandi so‘liy boshlaydi.
Havoning harorati -2
C past bo‘lmasligi lozim. Aks holda mevalar muzlab qolishi va
moddalar almashinuvi jarayoni buzilishi mumkin. Uzum muzlaganda o‘z xossasini qayta
tiklamaydi.
Sovutish batareyalariga yaqin joydagi uzum muzlab qolmasligi uchun batareyalar polietilen
plyonka yoki qop mato bilan to‘sib qo‘yiladi. Saqlanuvchanligi yuqori bo‘lgan
uzumlarni
sovutgichlarning ichkari qismiga joylashtirish lozim.
Saqlanadigan uzumning holatini muntazam tekshirib borish uchun ularning eni to‘rt qator
yashik enidan oshmasligi lozim. Har qator orasida yo‘lakcha qo‘yilishi lozim. Yashiklarning
qavati 10–12 qilib, sovutish va yoritish asboblaridan 50–60 sm, devordan esa 30–40 sm nariga
taxlanadi.
Uzumni saqlashda turli xil antiseptik vositalardan foydalaniladi. Bunda oltingugurt va kaliy
metabisulfit kabi moddalardan foydalaniladi.
Fumigasiya yo‘li bilan qisqa muddatli ishlov berishda omborning 1 m
3
ga 3–5 g hisobidan
oltingugurt yondiriladi. Sulfit angidridni uzum joylashgan bo‘lmaga ballonda ham yuborish
mumkin.
Sulfit angidrid gazi ombor havosi bilan aralashib ketishi
uchun gaz berish vaqtida
ventilyatorni ishga tushirish lozim. Ishlovdan keyin bo‘lma shamollatiladi.
Kaliy metabisulfit esa tabletka holida bevosita uzum joylangan yashiklarga solib qo‘yiladi.
U asta-sekin parchalanib sulfit angidrid ajratib chiqaradi. Ana shunday usulda uzumnni saqlashda
gazli muhit hosil bo‘ladi.
Uzumni polietilen plyonka materiallaridan tayyorlangan qoplarda saqlash ham yaxshi natija
beradi. Oz miqdordagi uzumni sun’iy sovutish qo‘llanilmaydigan yer to‘lalardan saqlasa bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida tokzorlar maydoni kengayishi va agrotexnik tadbirlar
qo‘llanishi tufayli ko‘p miqdorda uzum etishtirilmoqda. Uzumni sifatiga bo‘lgan talablar bir
tomondan oshib borsa, ikkinchi tomondan saqlash va qayta ishlash inson organizmi uchun kerak
bo‘lgan uzum va uzum mahsulotlari bilan ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri
bo‘lib qoldi.
Uzum mevalari juda mazali va foydalidir. Uning tarkibida 15-30% shakar (tupida
so‘litilganda esa 40-50% gacha), organik kislotalar, pektin, oshlovchi, xushbo‘y hidli va bo‘yoq
moddalar,
fermentlar, A,B
1,
B
2
,C vitaminlar va mineral tuzlar bo‘ladi.Uzum tarkibida yaxshi
o‘zlashtiriladigan shakar (glyukoza va fruktoza), organik kislotalar va boshqa moddalarning
bo‘lishi va tarkibiy qismlarining bir-biriga mos ravishda birikkanligi tufayli ular davolash
xususiyatiga ega.
Masalan, fruktozani olsak, u yurak-asab faoliyatini normal rivojlanishi uchun eng kerakli
modda hisoblanadi. Lekin fruktozani tabiatda toza holatda olib bo‘lmaydi,
uzumda esa bu
mahsulot etarli darajada bo‘ladi. Yangi uzum mahsulotini yoki uyda tayyorlangan mahsulotni
iste’mol qilgan insonlar yurak va qon bosimi xastaligidan sog‘ayib ketganlarni juda ko‘p misol
qilib keltirish mumkin.
Uzumdan har xil maqsadlar uchun foydalaniladi. Uzum yangiligicha ko‘p ishlatiladi. Undan
iyundan boshlab noyabrgacha foydalaniladi. Tashishga chidamliligi va sovutgichlarda hamda
maxsus omborlarda uzoq saqlanishi tufayli uzum yangiligicha kelgusi yilning may oyida ham
iste’mol qilinadi.
Uzum oziq-ovqat va sharob sanoati uchun yaxshi xom ashyodir. Uzumdan tayyorlanadigan
mahsulotlar eng yaxshi to‘yimli, parhez va shifobaxsh mahsulotdir.
Uzumdan quritilgan qimmatbaho mahsulotlar: xo‘raki navlardan mayiz, urug‘siz navlardan
kishmish olinadi. Kaloriyasi yuqori bo‘lganligi, uzoq saqlanishi, tashish uchun qulayligi tufayli
mayiz konditer va kulinariya sanoatida ishlatiladigan qimmatbaho
oziq-ovqat mahsulotiga
aylanadi.
Uzumdan har xil sharoblar, shampan sharobi, konyak tayyorlanadi. Iste’mol qilinadigan
sharoblardan uzum sirkasi tayyorlanadi.Uzum turpidan spirt, vino kislotasi, tanin moddasi, uzum
moyi, bo‘yoq moddalari olinadi.
Uzumdan tayyorlanadigan mahsulotlar ishlatilishi va tayyorlanish texnologiyasi bo‘yicha:
1) Sharobchilik mahsulotlari (sharob, konyak, shampan va h.k); 2) Sharbat mahsulotlari (tabiiy va
yarim fabrikat holidagi sharbatlar va h.k.); 3) Konsentratlar (uzum asali, vakuum-suslo, bekmes
va h.k.); 4) Konservalar (kompot, marinad, murabbo, jem, uzum pastasi hamda uzumni dastlabki
ishlanishidan hosil bo‘lgan chiqindilardan iborat). Ikkilamchi mahsulotlarga bo‘linadi. Masalan
uzum
turpidan oziqa uni, po‘stidan bo‘yoq, urug‘idan moy olinadi, oziq-ovqat va konditer
mahsulotlarini tayyorlash uchun foydalaniladi.
Hozirda dunyo bo‘yicha yetishtiriladigan uzumning 80% sharob tayyorlashda, 16% ga
yaqini yangiligicha iste’mol qilinadi va 4% quritish (mayiz) uchun ishlatiladi.
Osiyo
mamlakatlarida uzum asosan yangiligicha eyish, mayiz qilish, alkogolsiz ichimliklar va konserva
mahsulotlarni tayyorlash uchun ishlatiladi.
Dunyo bo‘yicha har yili 1mln.t mayiz tayyorlanadi. Bu borada Turkiya (360 ming.t), AQSH
(340 min.t), mayiz tayyorlab etakchi o‘rinda turadi.
Yangi uzumni iste’mol qilish jon boshiga bir yilda o‘rtacha Suriya, Iordaniyada 40 kg,
Bolgariya, Gretsiya, Turkiya, O‘rta Osiyo respublikalarida 15-30 kg ni, Italiya, Ispaniya,
Portugaliya, Argentina, Yugoslaviya, Ruminiya, Germaniya, Vengriya va Fransiyada 4-10 kg ni
tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: