qo‘yiladi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, uncha pishmagan olma past haroratda pishib etilmaydi,
aks holda ular qattiqlashib, ta’mi va xushbo‘yligi o‘zgarmaydi. Shu sababli, omborda havoning
haroratini olmaning pishganligiga qarab o‘zgartirib turish lozim.
Olmaning sovuqqa chidamli navlari -1– -2
0
C haroratda saqlanadi. Bunday olmalar issiq
haroratda uzoq vaqt saqlanmaydi. Pepin shafran, Kandil sinap, Renet Simirenko, Golden delishes,
Boyken, Renet Kichunova, Sari sinap, Rozmarin kabi olma navlari sovuqqa chidamli hisoblanadi.
Olmaning sovuqqa chidamsiz navlari 2–4
C da saqlanadi. Mart, Suvorovets, Aprel, Jonatan,
Starking, Antonovka,
Renet shampan, Oddiy antonovka navlari sovuqqa chidamsiz navlar
jumlasiga kiradi.
Olma uzilgandan so‘ng 4–8 soatdan kechiktirmasdan meva omboriga olib kelinishi kerak.
2-jadval
Olma sifatining uni saqlash usuliga bog‘liqligi
Olmaning gomologik
navi
Saqlash usuli
Mevaning sifati, %
standart
mevalar
chiqindilar
Simirenko
Kontrol
89,3
11,7
Polietilen qoplar,
kontenerlar
100
-
Rozmarin
Kontrol
97,5
2,5
Polietilen qoplar, kontenerlar
100
-
Olmani saqlashdan oldin ular maxsus bo‘lmalarda sovitiladi. Har kuni meva ombori
bo‘lmasi sig‘imining 10–15 % olma bilan to‘lg‘aziladi. Bo‘lma 7–10
kun deganda butunlay
to‘lg‘aziladi. Bo‘lmalarda havo asta-sekin sovitilib 4–6
C ga yetkazildi, keyin esa nav uchun
kerakli bo‘lgan harorat darajasida qoldiriladi.
Olmani saqlashda havoning nisbiy namligi 85–95% bo‘lishi maqbul hisoblanadi. Omborni
sovitishga saqlash haroratiga etguncha havoni jadal aralashtirib
turish orqali erishiladi, bunda
taxlar orasida havo oqimining tezligi 0,2–0,3 m/sek bo‘lishi tavsiya qilinadi.
Olmani omborda saqlash vaqtida gaz muhitini boshqarish muhim hisoblanadi. Bunda
ayniqsa past haroratga chidamsiz olmani saqlashda foydalanish yaxshi samara beradi.
Odatda olma daraxtining pastki shoxlaridan yig‘ilgan mevalar yaxshi saqlanadi. Shu sababli
ular alohida terib olinadi va saqlashga ham alohida joylanadi.
Oliy va birinchi navli olmalar uzoq muddatga, ikkinchi va uchinchi navli olmalar 2–3 oy
saqlashga qo‘yiladi. Ular yashik, karton quti va kontenerlarda saqlanadi. Mevalarni kontenerlarda
saqlash omborning 1 m
3
hajmidan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Bunda 1 m
3
foydali hajmda
mevalar yashiklarda saqlanganda uning zichligi 250–300
kilogramm, kontenerlarda 400
kilogrammni tashkil qiladi.
Olmani saqlashda ularni polietilen kleyonkalarga joylashtirish keng qo‘llanilmoqda. Bunda
sig‘imi 1–3 kilogramm polietilen xaltachalardan foydalaniladi. Bunday xaltachalar ichida 1,5–2
oy ichida kislorodning miqdori 14–16% ga, karbonat angidrid esa 5–7% ga etadi.
Polietilen xaltachalarni omborga joylashtirgach, ularning og‘zi ikki-uch kun ochib qo‘yiladi
olma sovitilgandan so‘ng ularning og‘zi yopiladi. Polietilen xaltachalar kontenerlarga
joylashtirilgan holda omborlarga joylashtiriladi.
Olmani saqlashda polietilendan yasalgan kontenerlardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Bunda 600–800 kg meva sig‘adigan kontenerlar qo‘llaniladi. Polietilendan yasalgan kontenerlarga
gaz muhitini boshqarish uchun maxsus tuynuklar qo‘yiladi.
Olma navining xilma-xilligi uni saqlashni ancha mushkullashtiradi. Chunki har bir nav
uchun ma’lum saqlash tartibi talab qilinadi. Saqlash davrida olmani ko‘zdan kechirib turish kerak.
Olma joylashtirilgan yashiklar har oyda bir ikki marta qarab chiqiladi.
Saqlanadigan olmada
nuqson bo‘lsa, ular qaytadan sortlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: