Mavzu: uzumlarni quritish texnologiyasi



Download 4,2 Mb.
bet1/12
Sana27.06.2022
Hajmi4,2 Mb.
#708786
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Uzum quritish


MAVZU: UZUMLARNI QURITISH TEXNOLOGIYASI
Reja:
KIRISH
I. ASOSIY QISM
1.1. Uzumning mayizbop navlariga quyiladigan talablar
1.2. Quritish uchun mo’ljallangan uzum navlarini tovar va texnologik sifati.
1.3. Yetishtirish sharoitining quritilgan uzum sifatiga ta’siri
1.4. Mayizbop uzum navlari hosilini terish
1.5. Uzumni quritish usullari
II. Hisoblash qismi
2.1. 5000 kg uzumdan quruq modda miqdoriga qarab qancha mayiz chiqishini hisoblash
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha mayiz ishlab chiqarish hajmi 1,220 mln. tonnani tashkil etmoqda. Bu borada Turkiya (353,167 ming tonna), AQSh (332,760 ming tonna), Eron (122,595 ming tonna), Gresiya (72,861 ming tonna), Chili (51,128 ming tonna), Janubiy Afrika (37,049 ming tonna) kabi davlatlar yetakchilik qilmoqda1. Yalpi mayiz ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston jahonda yettinchi o‘rinni egallab (32,893 ming tonna) kelmoqda va unda germiyonning ulushi 8-10 ming tonnani tashkil etmoqda. Mamlakatimizda germiyon mayizini ishlab chiqarish hajmini oshirish tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lgan mahsulot eksporti hajmini oshirishga imkon beradi.
Dunyo bo‘yicha mayiz ishlab chiqarishda yetakchilik qilayotgan mamlakatlarda uzumni qator orasida quritish, tupida novdasini sindirgan holda dastlabki so‘litish, so‘ngra quritish, elektr energiyasi va yoqilg‘i bilan ishlovchi yirik konveyer tipidagi quritigichlarda quritish, xom ashyoga kaustik soda, oltingugurt kabi moddalar bilan ishlov berish konsentratsiyalari va usullari ishlab chiqilgan. Biroq ushbu mamlakatlarda uzumning Sultanina kabi faqatgina urug‘siz kishmish navlari quritiladi. Respublikamizda kishmish navlar bilan bir qatorda Katta Kurgan, Sultani, Kara djandjal, Muskat Xusayni kabi uzumning yirik g‘ujumli navlari ham quritilib, sifatli germiyon ishlab chiqariladi, Shu bois, jahon bozori uchun yangi mahsulot turi bo‘lgan germiyon ishlab chiqarish hajmini tubdan oshirish, ushbu mahsulot turini xalqaro standartlar talablariga mos konditsiyaga yetkazish imkonini beruvchi samarali saqlash va mahalliy xomashyodan tayyorlangan arzon, qulay, zararsiz ishqoriy tarkibga ega bo‘lgan Salsola arbuscula Pall. o‘simligi qaynatmasidan foydalangan holda quritish usullarini ishlab chiqish xalq xo‘jalik ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Respublikamizda so‘nggi yillarda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi, ularning assortimenti va eksport salohiyatini tubdan oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishga bag‘ishlangan 3.3-bandida ham «...mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish» masalalari alohida belgilab qo‘yilgan2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 dekabrdagi PQ-4549-son «Meva-sabzavotchilik va uzumchili tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishda doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, 2018 yil 29 martdagi PF-5388-son «O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4161-son «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmon va Qarorlari hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 4,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish