2-mavzu. O‘simlik to‘qimalari.
Reja:
1.
To‘qimalarning turlari.
2.
Hosil qiluvchi to‘qima.
3.
Birlamchi va ikkilamchi qoplovchi to‘qima.
4.
Mexanik to‘qima va uning vazifasi
5.
Mexanik to‘qimalarning turlari
Tayanch so‘z va iboralar
: epiderma, og‘izcha apparati, yordamchi hujayralar, trixomalar,
periderma, fellema, fellogen, felloderma, po‘kak to‘qima, po‘stloq, ritidom, kollenxima,
sklerenxima, sklereidlar, lub tolalari, yog‘ochlik tolalari (libriform), assimilyatsion to‘qima,
bulutsimon parenxima, burmali parenxima, aerenxima.
O‘simlikning barcha organlaridagi to‘qimalarni hujayrasining shaklida ko‘ra parenxima va
prozenxima guruhlarga ajratadi. Keyinchalik o‘simlik to‘qimalarini tasniflashda olimlar turlicha
yo‘l tutdilar 1886 yil Y. Saks o‘simlik to‘kimalarining baja-radigan vazifalariga qarab, ya’ni
birinchi fiziologik tasfini taklif etadi. U qoplovchi, o‘tkazuvchi va asosiy to‘qimalarni ajratadi.
Hozirgi vaqtda keng tarqalgan o‘simlik to‘qimalari tasnifi, ularning tarixiy rivojlanishi, kelib
chiqishi, hujayralarning tuzilishi va bajaradigan vazifalarini hisobga olgan holda anatomo–
fiziologik klassifikatsiyalar hisoblanadi.
I.
Hosil qiluvchi (meristemalar):
1. uchki (apikal);
2. yon (laterial):
a) birlamchi (pro-kambiy, peritsikl);
b) ikkilamchi (kambiy, fellogen);
3. oraliq (interkalyar);
4) jarohat (travmatik) to‘qimalar.
II.
Asosiy to‘qimalar
1. assimilyatsion to‘qimalar.
2. g‘amlovchi (zapas) to‘qimalar.
3. aerenxima (shamollatuvchi) to‘qimalar.
III.
Qoplovchi to‘qimalar
IV.
Ajratuvchi to‘qimalar:
V.
Mexanik (tayanch) to‘qimalar:
1. kollenxima;
2. sklerenxima:
a) tolalar;
b) sklereidlar.
VI.
O‘tkazuvchi to‘qimalar:
1. ksilema (yog‘ochlik);
2. floema (lub).
Hosil qiluvchilardan tashqari qolgan barcha to‘kimalar odatda
doimiy to‘qimalar
deb ataladi.
Meristemalar dastalabki yosh embrional to‘qimalar hisoblanib, ular o‘simlikning boshqa
doimiy to‘qimalarini hosil qiladi. Meristemalarning xarakterli belgisi mitoz yo‘li bilan
hujayralarning doimo bo‘linib turish xususiyatidir. Hujayralar shakli parenxima, protoplasti esa
quyuq donador sitoplazma va unda joylashgan yirik yadrodan iborat. Sitoplazmada mitoxondriya
va ribosomalar ham uchraydi. Odatda vakuolalar bo‘lmaydi, lekin ba’zi kichik–kichik vakuolalar
kuzatiladi. Shuning uchun ham yadro doimo hujayra markazidan joy oladi.
Meristema hujayralarining rivojlanish davri bir necha bosqichda o‘tadi: 1) kuchli bo‘linish,
2) hujayra qobig‘ining o‘sishi va vakuolalarning yiriklashishi, 3) hujayralarning ixtisoslashishi,
ya’ni organizmda qolgan to‘qimalarning kelib chiqishi.
Meristemadan hosil bo‘lgan hujayralar bir necha marta bo‘linadi va doimiy to‘qimalardan
biriga aylanadi.
Meristemalar kelib chiqishiga qarab birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Birlamchi
meristemalar urug‘lanish jarayonidan so‘ng zigotadan bo‘linish yo‘li bilan kelib chiqadi.
Rivojlanayotgan murtak dastlab birlamchi meristemadan iborat bo‘lib, voyaga yetgan
o‘simliklarda o‘simlikning ba’zi joylarida saqlanib qoladi. Birlamchi meristemadan birlamchi
doimiy
to‘qimalar
rivojlanadi.
Ikkilamchi
meristemalar
o‘simliklarning individual
rivojlanishining ancha keyingi davrlarida hosil bo‘ladi. Ular ba’zan birlamchi meristemadan yoki
boshqa to‘qimalardan (asosiy yoki qoplovchi) kelib chiqadi. Undan ikkilamchi doimiy to‘qimalar
hosil bo‘ladi.
Birlamchi yon meristemaga prokambiy va peritsikllar misol bo‘la oladi. Ildiz va poyadag
kambiy va fellogenlar ikkilamchi yon meristemalar hisoblanadi. Prokambiy murtak holdagi novda
yoki ildizda ustunsimon yoki silindrsimon qavat hosil qilib, uning ko‘ndalang kesimining
ko‘rinishi esa halqasimondir.
Prokambiy hujayralari prozenxima shaklga ega bo‘lishi bilan xarakterlanadi va periklinal
yo‘nalishda bulinadi. Uning hujayralari differensiyasi natijasida birlamchi mexanik va o‘lkazuvchi
elementlar kelib chiqadi. Urug‘li o‘simliklarda birlamchi o‘sishning oxirida ikkilamchi meristema
– kambiy va fellogenlar paydo bo‘ladi. Ular ham yon meristemalar hisoblanadi.
Kambiy prokambiy hujayralaridan kelib chiqadi. Fellogen tiriq holdagi ixtisoslashgan
hujayralardan hosil bo‘ladi: u poyada epiderma, kollenxima va parenximalardan kelib chiqsa,
ildizda esa odatda peritsikl hujayralari fellogenni keltirib chiqaradi. Ikkilamchi meristema
hujayralarining bo‘linishi tufayli o‘simlik organlarining eniga yo‘g‘onlashishi kuzatiladi. Kambiy
ikkilamchi o‘tkazuvchi to‘o‘imalar – floema va ksilemalarni, fellogen esa ikkilamchi qoplog‘ich
to‘qima peridermani hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |