Yog‘ochlik tolalar
(libriform) uncha uzun emas (2,5 mm dan oshmaydi). Hujayra qobig‘i
doimo yog‘ochlanadi, ammo qalinlashishi lub tolalariniki kabi kuchli emas. Libriform asosiy
vazifasidan tashqari ozuqa moddalar to‘plash va suv o‘tkazish kabi vazifalarni ham bajarishi
mumkin. Bunday hollarda hujayraning tiriklik qismi saqlanib qoladi va yupqa yog‘ochlangan
qobiqqa ega bo‘ladi.
Sklereidlar
. Ular o‘simlikning ildiz, barg va mevalarida yakka–yakka yoki to‘da–to‘da
bo‘lib joylashadi. Sklereidlar yumaloq ovalsimon, cho‘ziq va shoxlangan shakllardagi, hujayra
qobig‘i yog‘ochlangan jonsin mexanik to‘qimadir. Hujayra qobig‘ida va teshik kanallar yaxshi
ifodalanadi. Tosh hujayralar nok, behi kabi o‘simlik mevalarining et qismida, yong‘oq po‘chog‘i
va olcha, olxo‘ri kabi o‘simlik mevalarining danaklarida keng tarqalgan. Shoxlangan sklereidlar
choy, kameliya va zaytun o‘simliklari barglarida tayanch hujayralar nomi bilan uchraydi.
Ajratuvchi to‘qimalar.
Hujayralarning hayot faoliyati natijasida bir qator chiqindilar
hosil bo‘ladi. Ularga organik kislotalarining ba’zi tuzlari, smolalar, efir moylar, kauchuk
va boshqalar kiradi. Bu moddalar o‘simliklar organizmidagi maxsus ajratish sistema-si
yordamida chiqarib yuboriladi. Bu sistemalar smola yo‘llari va sut naychalaridir. Ba’zan
oddiy parenxima hujayralari ham chiqindilarni tashqariga chiqarish vazifasini bajaradi.
Ajratuvchi to‘qimalarni o‘rganishning qiyin jihatlari bor. Birinchidan, ajratuvchi
to‘qimalar tuzilishi va o‘simlikda joylashishiga qarab turli xil. Ikkinchidan, o‘simlik
ajratayotgan moddalarning morfologik tuzilishi bir xil bo‘lgani holda ximiyaviy tarkibi
xilma-xil, o‘xshash moddalarni esa turli xil ajratuvchi to‘qimalar ham chiqazishi mumkin.
Uchinchidan, ajratib chiqarilgan moddalar-ning o‘simlikni o‘zi uchun ahamiyati noaniq.
Faqat ularning ayrimlari haqida aniq fikr aytish mumkin.
Aftidan ayrim moddalar chiqindilar bo‘lib, ular moddalar almashinuvi jarayonida
ajralib chiqadi. Meristemalarda ajraladigan moddalar intensiv jarayonlarda ular ko‘proq
chiqadi, degan fikr uyg‘otadi. Lekin chiqindi moddalar evolyusiya jarayonida moslashishi
uchun qo‘shimcha vazifalarni bajarganligi ham ehtimoldan xoli emas. Masalan, ayrim
smola va efir moylari ajratadigan o‘simliklarni hayvonlar yemaydi. Ninabarglilar
yog‘ochidagi smola esa uni chirishdan saqlaydi.
O‘simlik ajratib chiqargan moddalar bir nechta guruhlarga bo‘linadi. Eng tipiklaridan
biri terpenlar bo‘lib, ularga efir yog‘lari, balzamlar, smola va kauchuk kiradi. O‘simliklar,
shuningdek, polisaxaridlar, oqsil moddalari, tuzlar va suv ham ajratishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |