2-mavzu. O‘simlik to‘qimalari. Reja



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana01.02.2023
Hajmi0,52 Mb.
#906288
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 Tuqimalar



2-mavzu. O‘simlik to‘qimalari. 
Reja:
1.
To‘qimalarning turlari. 
2.
Hosil qiluvchi to‘qima. 
3.
Birlamchi va ikkilamchi qoplovchi to‘qima. 
4.
Mexanik to‘qima va uning vazifasi
5.
Mexanik to‘qimalarning turlari 
Tayanch so‘z va iboralar
: epiderma, og‘izcha apparati, yordamchi hujayralar, trixomalar, 
periderma, fellema, fellogen, felloderma, po‘kak to‘qima, po‘stloq, ritidom, kollenxima
sklerenxima, sklereidlar, lub tolalari, yog‘ochlik tolalari (libriform), assimilyatsion to‘qima, 
bulutsimon parenxima, burmali parenxima, aerenxima. 
O‘simlikning barcha organlaridagi to‘qimalarni hujayrasining shaklida ko‘ra parenxima va 
prozenxima guruhlarga ajratadi. Keyinchalik o‘simlik to‘qimalarini tasniflashda olimlar turlicha 
yo‘l tutdilar 1886 yil Y. Saks o‘simlik to‘kimalarining baja-radigan vazifalariga qarab, ya’ni 
birinchi fiziologik tasfini taklif etadi. U qoplovchi, o‘tkazuvchi va asosiy to‘qimalarni ajratadi. 
Hozirgi vaqtda keng tarqalgan o‘simlik to‘qimalari tasnifi, ularning tarixiy rivojlanishi, kelib 
chiqishi, hujayralarning tuzilishi va bajaradigan vazifalarini hisobga olgan holda anatomo–
fiziologik klassifikatsiyalar hisoblanadi. 
I.
Hosil qiluvchi (meristemalar):
1. uchki (apikal); 
2. yon (laterial): 
a) birlamchi (pro-kambiy, peritsikl); 
b) ikkilamchi (kambiy, fellogen); 
3. oraliq (interkalyar); 
4) jarohat (travmatik) to‘qimalar. 
II.
Asosiy to‘qimalar 
1. assimilyatsion to‘qimalar. 
2. g‘amlovchi (zapas) to‘qimalar. 
3. aerenxima (shamollatuvchi) to‘qimalar. 
III.
Qoplovchi to‘qimalar 
IV.
Ajratuvchi to‘qimalar: 
V.
Mexanik (tayanch) to‘qimalar:
1. kollenxima; 
2. sklerenxima: 
a) tolalar; 
b) sklereidlar. 
VI.
O‘tkazuvchi to‘qimalar: 
1. ksilema (yog‘ochlik); 
2. floema (lub). 
Hosil qiluvchilardan tashqari qolgan barcha to‘kimalar odatda 
doimiy to‘qimalar
deb ataladi. 
Meristemalar dastalabki yosh embrional to‘qimalar hisoblanib, ular o‘simlikning boshqa 
doimiy to‘qimalarini hosil qiladi. Meristemalarning xarakterli belgisi mitoz yo‘li bilan 
hujayralarning doimo bo‘linib turish xususiyatidir. Hujayralar shakli parenxima, protoplasti esa 
quyuq donador sitoplazma va unda joylashgan yirik yadrodan iborat. Sitoplazmada mitoxondriya 
va ribosomalar ham uchraydi. Odatda vakuolalar bo‘lmaydi, lekin ba’zi kichik–kichik vakuolalar 
kuzatiladi. Shuning uchun ham yadro doimo hujayra markazidan joy oladi. 
Meristema hujayralarining rivojlanish davri bir necha bosqichda o‘tadi: 1) kuchli bo‘linish, 
2) hujayra qobig‘ining o‘sishi va vakuolalarning yiriklashishi, 3) hujayralarning ixtisoslashishi, 
ya’ni organizmda qolgan to‘qimalarning kelib chiqishi. 


Meristemadan hosil bo‘lgan hujayralar bir necha marta bo‘linadi va doimiy to‘qimalardan 
biriga aylanadi. 
Meristemalar kelib chiqishiga qarab birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Birlamchi 
meristemalar urug‘lanish jarayonidan so‘ng zigotadan bo‘linish yo‘li bilan kelib chiqadi. 
Rivojlanayotgan murtak dastlab birlamchi meristemadan iborat bo‘lib, voyaga yetgan 
o‘simliklarda o‘simlikning ba’zi joylarida saqlanib qoladi. Birlamchi meristemadan birlamchi 
doimiy 
to‘qimalar 
rivojlanadi. 
Ikkilamchi 
meristemalar 
o‘simliklarning individual 
rivojlanishining ancha keyingi davrlarida hosil bo‘ladi. Ular ba’zan birlamchi meristemadan yoki 
boshqa to‘qimalardan (asosiy yoki qoplovchi) kelib chiqadi. Undan ikkilamchi doimiy to‘qimalar 
hosil bo‘ladi. 
Birlamchi yon meristemaga prokambiy va peritsikllar misol bo‘la oladi. Ildiz va poyadag 
kambiy va fellogenlar ikkilamchi yon meristemalar hisoblanadi. Prokambiy murtak holdagi novda 
yoki ildizda ustunsimon yoki silindrsimon qavat hosil qilib, uning ko‘ndalang kesimining 
ko‘rinishi esa halqasimondir. 
Prokambiy hujayralari prozenxima shaklga ega bo‘lishi bilan xarakterlanadi va periklinal 
yo‘nalishda bulinadi. Uning hujayralari differensiyasi natijasida birlamchi mexanik va o‘lkazuvchi 
elementlar kelib chiqadi. Urug‘li o‘simliklarda birlamchi o‘sishning oxirida ikkilamchi meristema 
– kambiy va fellogenlar paydo bo‘ladi. Ular ham yon meristemalar hisoblanadi. 
Kambiy prokambiy hujayralaridan kelib chiqadi. Fellogen tiriq holdagi ixtisoslashgan 
hujayralardan hosil bo‘ladi: u poyada epiderma, kollenxima va parenximalardan kelib chiqsa, 
ildizda esa odatda peritsikl hujayralari fellogenni keltirib chiqaradi. Ikkilamchi meristema 
hujayralarining bo‘linishi tufayli o‘simlik organlarining eniga yo‘g‘onlashishi kuzatiladi. Kambiy 
ikkilamchi o‘tkazuvchi to‘o‘imalar – floema va ksilemalarni, fellogen esa ikkilamchi qoplog‘ich 
to‘qima peridermani hosil qiladi. 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish