2-mavzu. O‘simlik to‘qimalari. Reja



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana01.02.2023
Hajmi0,52 Mb.
#906288
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 Tuqimalar

Kollenxima
. Hujayralarning ko‘ndalang kesimi har xil shaklda bo‘lib, asosan 4–5 qirrali 
tuzilishga yaqin. Bo‘yiga kesimi o‘z o‘qi bo‘ylab cho‘zilgan, hujayra uchlari to‘mtoq yoki biroz 
etilgan bo‘ladi. Hujayra qobig‘i sellyuloza hisobiga qisman qalinlashadi, shuning uchun ular 
tiriklik xususiyatini saqlab qoladi. Kollenximaning xarakterli xususiyati hujayralarida 
xloroplastning uchrashidadir. Hujayra qobig‘ining qalinlashish xarakteriga ko‘ra burchakli
plastinkali va g‘ovak kollenxima turlari farq qilinadi. Kollenxima poyalarda, barg bandlari va barg 
yaproqlarida kuzatiladi. U qovoq poyasining birlamchi po‘stlog‘ida, kartoshkagulda, kartoshkada 
va marmarakda ham yaxshi taraqqiy etgan bo‘ladi. 
1.5-rasm. Kollenximaning turli ko‘rinishlari: 
A — plastinkasimon; Б — g‘ovakli; В — burchakli. 
Plastinkali kollenximada hujayralarning tangental devorlari ichki va tashqi tomonlari 
qalinlashadi. Plastinkali kollenxima poyalarda olma, yertut va qoraqatning barg bandlarida 
uchraydi. G‘ovak kollenximada hujayra oraliqlari yaxshi rivojlangan. Bunday hujayralarda faqat 
hujayra oraliqlari bilan chegaralangan qismlari qilanlashadi. G‘ovak kollenxima oq sho‘ra, rovoch 
va boshqa o‘simliklarning poya va barg bandlarida uchraydi. Kollenxima faqat mexanik vazifani 
bajarib qolmay, balki assimilyatsion vazifani ham bajaradi. Barg plastinkasida kollenxima 
o‘tkazuvchi boylamlarni ostki va ustki tomonlaridan o‘rab turadi. Shunday qilib, kollenxima 
birlamchi kelib chiqishga ega va yosh o‘suvchi organlar uchun xarakterli mexanik to‘qima 
hisoblanadi. 
Sklerenxima
. Sklerenxima muhim mexanik to‘qima hisoblanib, o‘simlikning ildiz, poya 
kabi o‘q organlari va o‘tkazuvchi nay tolali boylamlar tarkibiga kiradi. Ko‘pchilik o‘simliklarda 
uni birlamchi po‘stloqda va peritsiklda mexanik halqa sifatida yoki mexanik to‘qima boylamlari 
sifatida uchratish mumkin. Sklerenxima hujayralari uzun prozenxima va bir–birlari bilan juda zich 
joylashib, uchi o‘tkirlashgan tolalar shaklini oladi. Hujayra qobig‘i bir tekis qalinlashadi va unda 
qavat–qavat tuzilish ifodalanadi. Qavat–qavatlilikning yaxshi rivojlanishi natija-sida, hatto 
hujayra bo‘shlig‘i, ko‘rinmay qolishi mumkin. Hujayra qobig‘ining yog‘ochlanishi nihoyatda 
mastahkamlik va elastlakni vujudga keltiradi. 
Sklerenxima hujayralarida qalinlashish bilan birgalikda yaxshi ifodalangan teshik kanallari 
ham hosil bo‘ladi. Sklerenxima hujayralari qobig‘i shakllanib bo‘lgandan so‘ng hujayralarning 
tiriklik qismi nobud bo‘ladi. Shuning uchun o‘lik mexanik to‘qima hisoblanadi. U kelib chiqishga 
ko‘ra birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. O‘simlik organlarida joylashshishiga qarab lub tolalari va 
yog‘ochlik tolalarga bo‘linadi. Lub tolalari o‘simlik organlarining po‘stloq qismida uchrab, ular 
birmuncha uzunligi bilan ajralib turadi. Masalan, lub tolalari uzunligi zig‘irda 40–120 mm, 
gazandada – 80 mm, ramida 350–420 mm ga boradi. Lub tolalarining hujayra qobig‘i zig‘ir, kendir 
o‘simligida odatda, tezda yog‘ochlanadi. Ulardan dag‘al matolar to‘qish va arqonlar tayyorlashda 
foydalaniladi. 



Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish