2-mavzu. O‘simlik to‘qimalari. Reja



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana01.02.2023
Hajmi0,52 Mb.
#906288
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 Tuqimalar

Asosiy to‘qimalar. 
Asosiy to‘qimalar o‘simlikda eng ko‘p joyni egallab, ular tashqaridan 
qoplovchi to‘qimalar bilan o‘ralgan, ular orasiga esa o‘tkazuvchi va mexanik to‘qimalar 
joylashgan bo‘ladi. Boshqa to‘qimalardan farq qilib, asosiy to‘qimalar hujayralararo 
bo‘shliqlarga juda boy. Asosiy to‘qimalarning bosh vazifasi esa o‘simliklarni oziqlantirishdan 
iborat. Shunga ko‘ra ular 3 turga: 
assimilyatsion, g‘amlovchi va so‘ruvchi parenximalarga 
bo‘linadi. 
So‘ruvchi parenxima - 
ildizning uchida, uning so‘ruvchi qismida joylashib, ildiz 
tukchalari tomonidan tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalarni so‘radi va uni 
ildizning markaziy qismiga o‘tkazadi. Bu moddalar undan o‘tkazuvchi maxsus tizimga o‘tib, 
o‘simlikni barcha organlariga tarqaladi. 
O‘z tuzilishi va yuksak o‘simliklarda uchrashiga ko‘ra ular juda turli-tuman. Shulardan 
rizodermaning (grek. 
riza-ildiz; derma-teri
) ahamiyati katta bo‘lib, u barcha yosh ildizlarning 
ustki qavatidir. Tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalar rizoderma orqali ildizga o‘tadi.
Assimilyatsion parenxima
yoki 
xlorenxima 
o‘zida ko‘plab xlorofil donachalari borligi 
bilan xarakterlanadi. Uning asosiy vazifasi fotosintez bo‘lib, birlamchi mahsulotlar hosil 
qilishdan iborat. Uglevodlar hosil bo‘lishi faqat xloroplastlar borligi bilan emas, balki quyosh 
nuri tushishiga ham bog‘liq. Shu sababli xlorenxima odatda barg po‘stining ostida, yashil 
novdalarda joylashib ularga chuqur singib boradi. 
Assimilyatsion to‘qimalar nisbatan sodda tuzilishga ega. Ular yupqa po‘stli qariyb bir xil paren-
ximatik hujayralardan iborat. Ularning devoriy qatlamida ko‘plab xloroplastlar joylashgan. Shu 
sababli ham ular ba’zan xlorenximalar ham deb yuritiladi. 
Xloroplastlar odatda bir qavat bo‘lib, hujayra devori bo‘ylab joylashadi. Bu esa maxsus 
moslashuv natijasi bo‘lib, shunday holatda ko‘proq xloroplastlar joylashadi, ular bir-biriga kamroq 
soya beradi va tashqaridan keladigan karbonat angidridning manbaiga yaqinlashadi. Yorug‘likning 
tushishiga qarab xloroplastlar o‘rin almashib turadilar. 
Ba’zi hollarda sitoplazma devoriy qavatining yuzasini kengaytirish maqsadida ular qatlam hosil 
qiladi. Oddiy qarag‘ay misolida bu aniq ko‘rinadi. Elektron mikroskop yordamida kuzatish orqali 
qilingan hisoblashlar xromosomalar sonini 5 va undan ko‘proq marta ortiqligini ko‘rsatadi. 
Xloroplastlarning umumiy hajmi hujayra protoplastining 70-80% hajmini tashkil qiladi. 
Bargning ustki qismida unga perpendikulyar joylashgan prizmasimon hujayralar bo‘lib ular 
polisad
yoki 
ustunsimon
to‘qimalar deyiladi. Barg ostidagi to‘qimalar esa siyrak joylashadi va 
bulutsimon 
yoki 
gubkali
parenxima deyiladi. Gubkali to‘qimalarda xlorofill donachalari bo‘lsa-da, 
ular asosan gaz almashinuvi va suv bug‘latish vazifasini bajaradi. Assimilyatsiya esa uning ikkinchi 
darajali vazifasidir. 
Assimilyatsion to‘qimalar o‘simlik tanasida ko‘pincha rangsiz qoplovchi to‘qima – epidermis 
ostida joylashadi. Bu esa gaz almashinuvi va yoritilish imkoniyatini yaxshilaydi. 
Xlorenximada ko‘plab hujayralararo bo‘shliqlar joylashib, ular gaz almashinuvini 
yengillashtiradi. Yupqa va rangsiz epiderma tagidan ko‘rinib xlorenxima barg va yosh novdalarga 
yashil rang beradi.
G‘amlovchi parenxima. 
Bu to‘qimalar, asosan kraxmal, inulin, shakar, yog‘ kabi zapas 
moddalarni g‘amlashga moslashgan. Ular urug‘li o‘simliklarning barcha organlarida uchraydi. 
G‘amlovchi to‘qimalar kraxmal va oqsil to‘playdigan g‘alla o‘simliklar, kraxmal, oqsil, yog‘ (araxis) 
to‘playdigan dukkakli o‘simliklar urug‘ida, tugunak ildizlarda, daraxt va butalarning novda va 
shoxlarida, shakar to‘playdigan qand lavlagi ildiz mevasida joylash-gan. Hatto lavr, zaytun, 
magnoliya, padub kabi doimiy yashil o‘simliklarning tashqi hujayralarida ham yilning ma’lum 
davrida kraxmal donachalari bo‘ladi. Bu parenximaning hujayralarida faqat zapas moddalar 
to‘planmasdan alkoloid, glyukozid, oshlovchi moddalar, kauchuk va smola qorishmalari kabi organik 
birikmalar ham to‘planadi. 


Bulardan tashqari, ushbu parenxima turli xil eritmalarni o‘simlikning o‘zida o‘tkazish vazifasini 
bajaradi. 
G‘amlovchi parenximaning amaliy ahamiyati aniq. U biz uchun turli xil o‘simlik 
mahsulotlarining manbai hisoblanadi. 
Ayrim o‘simliklarda 
aerenxima
deb ataluvchi maxsus havo tutuvchi parenximalar 
rivojlanib, ular o‘simlikning suvga botib turuvchi ildiz qismining nafas olishi uchun xizmat qiladi. 
Bunaqa parenximalar odatda botqoqlik yoki suvda o‘sishga moslashgan o‘simliklarda uchraydi. 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish