Amir Temur
72
Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o`lib ketgan va qochganlarga
tegishli mollarni, kelib-ketayotganlar, savdogarlar mol-mulkidan olinadi-
gan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarib, bularning barchasi-
da to`plangan daromadlarni omonat tarzida saqlagan. Agar g`oyib
bo`lganlar va vafot etganlarning mol-mulki bo`lsa, ularni o`z me-
rosxo`rlariga topshirgan.
To`rtinchi vazir saltanat ishlarini yurituvchi vazir bo`lib, u saltanat-
dagi jami idoralarning kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan xarajat,
hatto otxona va saroydagi boshqa jonzotlarga qilingan xarajatlardan ogoh
bo`lib borgan. Vazirlar Devonbegiga bo`ysungan.
Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan edilar: "Amr
qildimki, sadrlar sadri (sadr, vaqf yerlar va vaqf etilgan boshqa mulkning
hisob-kitobini olib boruvchi mansabdor) sayyidlar va boshqa arboblarga
suyurg`ol tariqasida berilgan yerlar va vaqflarning ahvolini, ularning vazi-
falarini qay darajada ado etayotganliklarini tekshirib, menga arz qilib tur-
sin... Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni
yozib borish uchun bir kitob tayinlansin".
Sohibqiron davrida yerga egalikning beshta asosiy ko`rinishi
bo`lgan:
1. Suyurg`ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan
ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o`tgan. Suyurg`ol egasi markaziy
xazinaga to`lanadigan soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqon-
larni ishlatib, yer solig`i - xiroj olganlar.
2. Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo`lib, ular odamlarga bi-
ron-bir xizmati uchun berilgan.
3. Ushr yerlar. Sayyid va xo`jalarga mansub yerlardir. Bundan
olingan hosilning undan biri davlatga berilgan.
4. Vaqf yerlar, masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari
joylarga doir yerlardir. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar
mol-mulki bilan in'om etilardi. Masalan, Amir Temurning Ahmad Yassa-
viy uchun qurdirgan vaqfnomasi katta ahamiyatga ega. Ahmad Yassaviy
va boshqa avliyolar, din peshvolarining maqbaralari uchun vaqfdan
mablag` ajratilgan.
5. Askarlarga, askarlarning rahbarlariga beriladigan yerlar.
Kimdakim biron sahroni obod qilsa yoki qoriz (er osti suvlarini
tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog` ko`kartirsa
yohud birorta xarob bo`lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan
hech narsa olmaganlar. Ikkinchi yili raiyat o`z roziligi bilan berganini
olgan. Uchinchi yildagina soliq qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig`ilgan.
73
Amir Temur kattayu kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid,
madrasa va xonaqohlar bino qilishni, faqiru miskinlarga langarxona
(yo`lovchilar qo`nib o`tadigan, kambag`al yetim-yesirlarga ovqat
beriladigan joy), g`aribxona qurishni, kasallar uchun shifoxona bunyod
etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni buyurgan edi.
Amir Temur Angliya va Farangiston qirollariga murojaat qilib,
xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirdi. Markaziy Osiyo orqali o`tadigan
Buyuk ipak yo`lida karvonlarning xavfsizligini ta'minladi. Mashriqdan
Mag`ribgacha bo`lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirib, turli ravotlar,
karvonsaroylar, savdo rastalari qurdirdi.
Sohibqiron 1365-1366 yilning qishida qarshi shahrining atrofini,
1370 yili Samarqandni devor bilan o`rab, qo`rg`on bunyod ettirgan. 1380
yilda Shahrisabzda Oqsaroyni qurishga kirishib, shahar atrofini devor bilan
o`ragan. Bu misollar aytib turibdiki, devor va qo`rg`onlar bekorga barpo
bo`lmagan. Ular chegara vazifasini o`tab, shahar aholisini do`st-
dushmandan, bordi-keldidan muhofaza qilgan. Qarshi so`zi ichkari va
tashqari degan ma'nolarga egadir. Ma'lumki, Amir Temur saltanatining
chegarasi harbiy yurishlar vaqtida beqaror edi, lekin shunday bo`lishiga
qaramay, uning yurtidan biron-bir narsa tashqariga so`roqsiz olib chiqib
ketilmagan. Jahongir bu haqda: "Mamlakatni himoya qilib, dushmanni
yo`latmagan navkarni yuqori martabaga ko`tarib, hurmatlasinlar. O`g`ri va
qaroqchilarni jazolasinlar, fasodchi, buzuqi, nafsi yomon kishilarni
mamlakatdan haydasinlar. Atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, chetdan
kirgan va chetga chiqadigan yot kishilar, har mamlakatdan kelgan
karvonlar va hukmdorlik haqidagi xabarlar qo`shni podsholar, ularning
gaplari, ishlari uzoq o`lkalardan bo`lib, mening dargohimda yuzlangan
ulamo, fuzalo haqidagi batafsil xabarlarni (xabarnavislar) rostlik, to`g`rilik
bilan menga yozib tursinlar. Xabarlarni kunma-kun, haftama-hafta, oyma-
oy mening arzimga yetkazib tursinlar", degan edi. Mazkur vazifalarni
bajarmoq uchun har bir shahar va qishloqda qutvol (qal'a boshlig`i)
tayinlanib, ular sipoh va raiyatga soqchilik qilganlar va yana yo`l ustiga
kuzatuvchilar, zobit (idora etuvchi, boshqaruvchi, qo`shin boshlig`i)lar
tayinlanib, ular yo`llarni qo`riqlab, o`tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni
kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarini manzildan-manzilga yetkazib
qo`yganlar. Yo`l ustida bironta odamning biror narsasi yo`qolsa, o`zi
o`ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, buning uchun javob berish
ularning zimmasida bo`lgan.
Buyuk jahongirning mana bu so`zlari yanada qimmatliroqdir: "Har
mamlakat va diyor sayohatchilari musofirlarining boshini siladimki, turli
74
mamlakatlardan menga xabar keltirib turdilar. Har bir mamlakat va diyorga
savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular qayerga borishmasin:
Xitoy, Xo`tan, Chinu Mochin, Hindiston, Arab mamlakatlari, Misr, Shom,
Rum, Jazoir, Farangiston (Ovrupa), u yerlarning nafis matolari va munosib
tuhfalaridan keltirishsin. O`sha mamlakatda yashovchi kishilarning hol-
ahvoli, turish-turmushlari haqida menga xabar olib kelsinlar, har bir
mamlakat hukmdorining o`z raiyatiga qanday muomalayu munosabatda
ekanligini aniqlasinlar".
Amir Temur davrida ulufa (oziq-ovqat, maosh, soliq turi) berish
quyidagicha edi. Amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, o`nboshilar va
sipohiylarga ushbu tartibda maosh berilgan: oddiy sipohiyga o`z vazifasini
o`rinlatib bajarish sharti bilan maoshi mingan otining bahosiga teng
bo`lgan. Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan to`rt otgacha
tayinlangan. O`nboshilar maoshi qo`l ostidagi oddiy sipohiylarnikidan o`n
barobar ortiq bo`lgan. Yuzboshilar maoshi o`nboshilarnikiga qaraganda
ikki barobar, mingboshilarniki esa yuzboshilarnikidan uch barobar ziyoda
edi. Chorpilchor (urush vaqtida) xatoga yo`l qo`ygan sipohiylarning
maoshi o`ndan birga kamaytirilgan. O`nboshi yuzboshi tasdig`i bilan,
yuzboshi mingboshining tasdig`i bilan, mingboshi bosh amir tasdig`i bilan
ulufa olganlar. Bosh amir - amir-ul-umaroning maoshi qo`l ostidagilardan
o`n barobar, devonbegi va vazirlarning maoshlari amirlarnikidan o`n
barobar ortiq bo`lgan. Yasovul (xonlarning kichik xizmatchisi, qo`riqchi),
chopovul (chopqunchi, asosan tunda o`tkaziladigan bosqin qatnashchisi),
kalakchi (aholidan yig`ilgan hosildan xiroj miqdorini belgilovchi
mansabdor)larning maoshi xizmatiga yarasha, mingdan o`n ming
tangagacha bo`lgan. Sayyidlar, olimlar, fozil kishilar, hakimlar, tabiblar,
munajjimlar, qissaxonlar, xabarchilar, tarixdonlarning o`z hollariga qarab
suyurg`ol, vazifa va maosh belgilangan. Xizmatchilar, farrosh (bu yerda
palos to`shovchi ma'nosida)larga yuzdan ming tangagacha maosh berilardi.
Umuman, davlat tomonidan beriladigan maoshlarning to`liq
ma'lumotlarini Devonbegi va vazirlar Amir Temurga bildirib, so`ngra
tanho (bu yerda saroy xizmatchilari, lashkarboshilar va askarlar uchun
maxsus xazinadan beriladigan maosh. Ba'zida alohida xizmat ko`rsatgan
beklarga tanho sifatida yer-suv berilgan) berganlar.
Sohibqiron vasiyatiga ko`ra uning to`ng`ich o`g`li Muhammad
Jahongir Mirzo valiahd va viloyat hokimi bo`lib, o`n ikki ming otliq
askarga ulufa olib, bir viloyat olgandi. Uchinchi o’g`li Mironshoh mirzo
to`qqiz ming otliq askarga teng ulufa olgan va bir viloyatni tasarruf qilgan.
To`rtinchi o`g`li Shohruh Mirzo yetti ming otlik askarga ulufa olgan va bir
75
viloyat egasi bo`lgan. Nabiralari ham uch mingdan yetti minggacha otliqqa
ulufa va bir viloyat oladilar.
Amir
Temur
davrida
piyodalar,
kalakchilar,
yasovullar,
chopovullarning bir yillik maoshlarini hisoblab, belgilangan mablag`ni
devonxonaga keltirib, shu yerda ularga tarqatilgan. Sipohiylar va
bahodirlarning yarim yillik maoshlari ham hisoblanib, tanho xazinasidan
olib berilgan.
O`nboshi, yuzboshilarga maosh shahar aholisidan olinadigan
soliqlardan yig`ilgan xazinadan va podsholiq mulki daromadidan naqd pul
hisobida olingan. Mingboshilarga viloyat ichidagi yerlardan tiyul (xiroj va
soliq yig`ib olish haqi bilan in'om etiladigan yer-mulk)lardan berilgan.
Amirlar va amir-ul-umarolarga viloyatlardan biri tiyul etib belgilangan.
Temur viloyatlardan tushgan daromadlarni taqsimlash haqida shunday
degan edi: "Viloyatlar va mamlakatlardan olingan jami daromadni
taqsimlab, maosh berish yerliklariga biriga kam, biriga ortiq qilib
yozsinlar. So`ng yerliklar devonxonaga keltirilsin. Amirlar, mingboshilar
shu yerliklardan birini chiqarib olsin".
Amirlar, mingboshilar raiyatdan molu jihot (naqd pul va mahsulot
bilan to`lanadigan soliq) yiqqanlarida, xirojdan ortiqcha sovariy (podsho
va xonlar o`z viloyatlaridan o`tayotganlarida xalqdan talab qilinadigan
tortiqlar), qo`nalg`a (choparlar va elchilarga qo`noq berish solig`i) va
shilon (podshohlar va amirlarning ovqati uchun yig`iladigan soliq) talab
qilinmagan. Tiyul qilib berilgan har bir mamlakatga ikkitadan vazir
tayinlagan. Ularning birinchisi viloyatdan yig`ilgan mollarni yozib raiyat
ahvolini tekshirib turib, tiyul egasi (jog`irdor) ning fuqarolarga zulm
yetkazmasligi uchun ularning holidan xabardor bo`lib turgan, yig`ilgan
butun mol-mulklarni kirim daftariga yozgan. Ikkinchisi daromadning xarj
etilgan qismini chiqim daftariga yozib, yig`ilgan mollardan sipohiylarning
maoshiga taqsim qilingan.
Amir Temur bu ishlar haqida yana quyidagilarni yozgan: "Qaysi
amirga tiyul berilar ekan, uni uch yilgacha o`z holiga qo`ysinlar. Uch yil
o`tgandan so`ng uni tekshirib ko`rsinlar. Agar mamlakat obod, raiyat rozi
ekan, shu holicha qoldirsinlar. Agar ahvol bunga xilof ravishda bo`lsa, ul
viloyat holisa (davlat ixtiyoridagi barcha soliqlardan ozod etilgan yer-
suv)ga o`tkazilib, uch yilgacha o`sha jog`irdorga ulufa berilmasin".
Sohibqiron mamlakatlarni fath etish bilan birga, to`plangan mol-
dunyoni, olinadigan boj soliqlarini xayrli maqsadlar uchun sarf qilgan:
"To`plangan xazinadagi naqd pul va qimmatbaho buyumlarni sipohlarga
taqsimlab berdim. Qo`shinga yetarli darajada ozuqa berdim", degan edi.
76
Piri Amir Shamsiddin Kulol haqida: "Ular menga Xorazmga borishimni
maslahat berdilar. Agar g`alaba qozonsam, Samarqandning bir yillik
xirojini ularga nazr qilishga qaror qildim", - deydi.
Ma'lumki, xiroj yer solig`i uchun va umuman daromad solig`i
uchun qo`llanilgan. Xiroj ayrim hollarda daromadning uchdan birini
tashkil etgan. Shuningdek, xirojni "mol" deb ham atashgan. "Raiyatga haq-
nohaq jarimalar soluvchi vazir saltanatni buzadi",- degan edi sohibqiron.
Muruvvatli jahongir: "Kimki mening xizmatimni qilgan bo`lsa,
xizmat haqini ado etdim. Farzandlar, qarindoshlar, oshna-og`aynilar, qo`ni-
qo`shnilar va men bilan bir vaqtlar do`stlik qilgan barcha odamlarni
davlatu ne'mat martabasiga erishganimda unutmadim, molu mulk va naqd
pul bilan haqlarini ado etdim",-deydi. Shuningdek, u amirlar va
sipohiylarni martaba va unvonlar, zaru zarvarlar bilan xushnud etgan,
bazmlarda o`z yonidan joy bergan, xullas, ularning jang vaqtidagi
qahramonliklarini hech vaqt unutmagan. Sohibqiron hayr-ehson ishlari
bilan odamlarning ko`nglini olgan.
Sipoh va raiyatga bir ko`z bilan qarab, bahodirlar, dovyuraklarga
maxsus faxriy o`tova (bosh kiyimiga taqiladigan qimmatbaho toshlar bilan
bezatilgan ziynatli belgi), kamar va tarkash (sadoq - o`qdon) taqdim etib,
martabalarini yanada yuqori ko`tartirdi. Har el va har mamlakatning
ulug`larini, boshliq-oqsoqollarini qadrladi. Ularga sovg`a-salomlar berib,
xizmatlaridan foydalandi. Sipohiylarni hamisha jangda tayyor turishlari
uchun oylik haqlarini so`rattirmay, vaqtida bergan. Sarmoyasi qo`lidan
chiqib ketgan savdogarga o`z sarmoyasini qaytadan tiklab olishi uchun
xazinadan yetarli miqdorda oltin berilgan.
U vaqtlarda bozor ahlidan soliq olish qal'a boshlig`i zimmasiga
yuklangan. Soliq olish Qur'oni Karim ta'limotiga muvofiq edi. Hadis va
"Hidoya" kitoblarida bu to`g`rida to`la ma'lumotlar berilgan. Hech bir
shahar va qishloqqa odamlardan sari shumor (jon boshidan olinadigan
soliq) va xonashumor (har bir xonadondan olinadigan soliq) olinmagan.
Raiyatdan mol-xiroj yig`ishda ularni og`ir ahvolga solishdan yoki
mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo`yishdan saqlanilgan. Negaki, Amir
Temur
"Raiyatni
xonavayron
qilish
davlat
xazinasining
kambag`allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa sipohning
tarqalib ketishiga sabab bo`ladi. Sipohning tarqoqligi esa, o`z navbatida
saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi. Fath etilgan yerlik fuqaro
azaldan berib kelingan xiroj miqdoridan rozi bo`lsa, ularning roziligi bilan
ish ko`rsinlar. Xirojni ekindan olingan hosilga va yerning unumdorligiga
qarab yig`sinlar. Fatx etilgan har bir mamlakatning mol-mulkini,
77
buyumlarini talon-tarojdan saqlasinlar. O`sha mamlakatdan tushgan o`lja
mollarni hisob-kitob qilsinlar", - degan edi.
Yevropadan ancha ilgari bu davlatda budjet tushunchasi bo`lgan.
Davlat xazinasi, kirim, chiqim, hisob-kitob qat'iy olib borilgan, taftish
yo`lga qo`yilgan edi. Buning uchun ma'lum mas'ul shaxslar ajratilgan va
doim hisob berib borganlar.
A.Temurning davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiy fikrlari
"Temur tuzuklari"da to`la bayon etilgan. Tuzuklar Amir Temurning 1342-
1405 yillar oralig`idagi faoliyatini aks ettiradi va ikki qismdan
(maqoladan) iborat. Birinchi qismda asosan yagona davlat barpo etish, uni
mustahkamlash, qo`shni (27) yurt va mamlakatlarni zabt etish masalalari
yoritilgan bo`lsa, ikkinchi qismda sohibqiron nomidan aytilgan o`ziga xos
vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi, shu jumladan ijtimoiy-
iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan.
A.Temur mamlakatda gadolar bo`lmasligi kerak, degan qoidaga
amal qilgan va uning yo`lini ham belgilab bergan. Gadolarning barchasi
to`plangan va ularga bir yillik kerakli yemish, kiyim-kechak berilgan,
ularni biror foydali ish bilan shug`ullanishga jalb etilgan. Odatda,
ko`pchilik gadoylikni tark etib, biror faoliyat bilan kun ko`rgan.
Gadoychilikni tark etmaganlar qul qilib sotilgan yoki mamlakatdan
chiqarib yuborilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |