Elektr xabarchilar
ELEKTR
XABARCHILAR
(DATCHIKLAR)
Datchiklar haqida umumiy
ma’lumotlar
Har xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning
ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot olish zarur hisoblanadi. Bu
maqsadda birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki datchiklar) keng
qo‘llaniladi.
Datchik deb nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni
kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida qo‘llash
uchun qulay qiymatga o‘zgartiradigan vositaga aytiladi.
Datchiklarning aniq va ishonchli ishi, butun tizim ishini tegishli
asosiy ko‘rsatkichlarini belgilab beradi. Datchiklar yuqori
ta'sirchanlik (sezgirlik) va aniqlikka, uzoq xizmat muddati va
ishda beshikastlikka, kichik o‘lcham va og‘irlikka, hamda past
narxga ega bo‘lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |